|
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o’zga tilli guruhlarda rus ILI yo’nalishi talabasi Eshmamedova Nilufar
|
bet | 1/3 | Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 21,89 Kb. | | #109312 |
Bog'liq Eliktron raqamli imzo sertifikati
Eliktron raqamli imzo sertifikati
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o’zga tilli guruhlarda rus ili yo’nalishi talabasi
Eshmamedova Nilufar
Kalit so’z: elektron raqamli imzo ERI, kalit, UNICON.UZ, E-KALIT, sertifikat
ANNOTATSIYA
Ushbu tezisda Xozirgi kunda kundalik hayotda juda zarur bo’lgan electron raqamli imzo va uning sertifikati haqida va Elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo. (qonun)Qonunda talab etilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda elektron raqamli imzo qogʻoz hujjatga shaxsan qoʻyilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga egadir. Elektron maʼlumotlarni kriptografik oʻzgartirish natijasida hosil qilingan belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli imzo maʼlumotlar blokiga qoʻshib qoʻyiladi va blokni qabul qiluvchiga, manbani va maʼlumotlarning butunligini tekshirish hamda soxtalashtirishdan muhofazalanish imkonini beradi. Hozirgi kunga kelib, ayrim mamlakatlar qonunchilik yoʻli bilan raqamli imzodan foydalanishni layoqatliligini qonunlashtirib qoʻyganlar. Elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari roʻyxatga olish markazlari tomonidan beriladi.
Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrdagi 562-II-sonli «Elektron rakamli imzo to‘g‘risida» qonuni asosida elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish belgilab qo‘yilgan.
elektron raqamli imzo - yopiq kalitini qo‘llagan holda axborotning kriptografik o‘zgarishi natijasida olingan va imzoning shakllanish vaqtidan boshlab electron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlovchi hamda imzo kaliti sertifikatini imzo egasiga taalluqligini tekshiruvchi elektron hujjatning rekviziti hisoblanadi;
|
| |