Tarbiya ko`rganlikni aniqlash (diagnostika)




Download 293,04 Kb.
bet13/14
Sana14.08.2024
Hajmi293,04 Kb.
#269505
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
16-mavzu. O‘qituvchining tarbiya texnologiyalari asosida faoliya

Tarbiya ko`rganlikni aniqlash (diagnostika)
O`quvchining tarbiya ko`rganligini aniqlash (diagnostika) — bu o`qituvchi tomonidan shaxslararo munosabatlar tizimida amalga oshiriladigan o`kuvchining shaxsiy xususiyatlari va sifatlarining shakllanganlik darajasini belgilash jarayonidir. Uning natijalarini tahlil qilish asosida tarbiyalash texnologiyasi asosiy unsurlarining yo`naltirilganligi va mazmunini aniqlashtirish yoki tuzatish amalga oshiriladi.
Ta`kidlash joizki, hozirgi vaqtda tarbiya ko`rganlikni aniqlash (diagnostika) muammosi pedagogik aniqlashning (diagnostika) yangi yo`nalishlaridan biri bo`lib, nazariy jihatdan ishlab chiqish bosqichi hisoblanadi. Tarbiya ko`rganlikni aniqlash, pedagogik ilmiy adabiyotlarda mukammal darajada o`z aksini topmagan, bu esa uning tarbiyaviy texnologiyalarda ilmiy asoslangan holda amalga oshirilishini murakkablashtiradi. Bir vaqtning o`zida ota-onalar kabi o`qituvchilar va turli toifadagi tarbiyachilar ham, har doim uning yatijalariga etarlicha sub`ektivlikni kiritgan holda, ushbu muammoni hal etishga harakat qilmovdalar. Buning natijasida aynan bir xil xarakterdagi o`quvchilarning tarbiya ko`rganlik darajasi har xil o`qituvchilar tomonidan turlicha baholanmokda. Hozirgi vaqtda ishlab chiqilgan ilmiynazariy holatlarga tayanmasdan turib, ushbu kamchilikni hal etib bo`lmaydi.
Eng avvalo, “tarbiya ko`rganlik” tushunchasining mohiyatini anglab etish zarur. Afsuski, u hech bir lug`atda ushbu daraja bevosita muammo sifatida ko`yilib ta`rif berilmagan. SHu bilan bir vaqtda, bir qator pedagogik tadqiqotlarda shaxsni o`rab turgan ijtimoiy, biologik va geografik muqit, kishilar bilan o`zaro munosabatida namoyon bo`ladigan eng olijanob shaxsiy xususiyatlar tarbiya ko`rganlikni belgilab berishi ta`kidlanadi. Tarbiya ko`rganlikni aniqlash asosida shaxslararo munosabatlar tieimida amalga oshiriladigan o`quvchining shaxsiy xususiyatlari va sifatlarining shakllanganlik (rivojlanganlik) darajasini ham o`rganishga imkoniyat yaratiladi.
Tarbiya ko`rganlik darajasini aniqlash jarayonining asosiy xususiyatlari pedagogika va psixologiyada, shuningdek, boshqa fanlarda ishlab chiqiladigan maxsus metodlar tizimini ko`llash natijasida belgilanadi. Bir qator pedagog olimlar ulgfni uch guruhga birlashtiradilar: ommaviy, an`anaviy va diagnostik metodpar.

Download 293,04 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 293,04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tarbiya ko`rganlikni aniqlash (diagnostika)

Download 293,04 Kb.