• Kalit so’zlar
  • Psixologiyada dars o'tish metodlari jovliyeva Mohirabonu




    Download 14.55 Kb.
    bet1/2
    Sana26.05.2023
    Hajmi14.55 Kb.
    #65108
      1   2
    Bog'liq
    PSIXOLOGIYADA D-WPS Office
    1 Oila institutida tarbiyaning din va qadriyatlar bilan uyg unli, хаёт фаолияти pdf, 9 mavzu ISHLAB chiqarish changlari va zaharli moddalarning inson organizmiga salbiy tasiri, NURLAN AKA UCHUN, KICHIK GURUH

    PSIXOLOGIYADA DARS O'TISH METODLARI
    Jovliyeva Mohirabonu
    Termez davlat pedagogika instituti maktabgacha taʼlim fakulteti psixologiya va pedagogika yoʻnalishi 1-bosqich talabasi
    Annotatsiya:Ushbu maqolada psixologiya fanini o'qitishda turli xil metodlardan foydalanish va metodlar misollar keltiriladi. Mazkur maqola keng auditoriya uchun mo'ljallangan.
    Kalit so’zlar: pedagogika, pedagogik jarayon, maqsad, tamoyillar, mazmun, ta'lim mazmuni, metod va metodika, psixologik tuzilish komponentlari, o'qitish shakli va metodlari, o'qitish usullari.
    Pedagogik jarayon bevosita pedagog tomonidan tashkil etiladi. Pedagogik jarayon qaerda va qanday pedagog tomonidan tashkil etilmasin, u bari-bir bitta tuzilishga ega bo'ladi: ya'ni maqsad-tamoyillar mazmuni-metodlari-vosita-shakli. Maqsad - pedagog va o'quvchi intilayotgan birgalikdagi pedagogik harakatlarning yakuniy natijalarini aks ettiradi. Tamoyillar-maqsadga erishishning asosiy yo'nalishlarini aniqlash uchun mo'ljallangan. Mazmuni - bu tanlangan yo'nalish bo'yicha qo'yilgan maqsadlariga erishishi uchun o'quvchilarga beriladigan ajdodlar tajribasining bir qismidir. Ta'lim mazmuni - maxsus tanlab olingan va jamiyat tomonidan (davlat tomonidan) tan olingan ma'lum sohada muvaffaqiyatli faoliyat uchun o'zlashtirilishi zarur bo'lgan insoniyatning obyektiv tajribasi elementlarining tizirnidir. Ta'lim mazmuni - o'quv muassasasi erishishga intiladigan yakuniy natijadir, bilimlar, mahorati, ko'nikmalari, shaxsiy sifatlari kategoriyalarida ifoda etiladigan o'sha darajasi va o'sha yutuqlaridir. Metodika - bu mazmuni yetkaziladigan va qabul qilinadigan pedagog va o'quvchining harakat vositalari, mazmuni bilan moddiylashtirilgan predmetli ish usuli sifatida metod bilan birgalikda foydalaniladi. Pedagogik jarayonni tashkil etish shakli unga mantiqiy yakunlanganlik, tugallanganlikni beradi. Pedagogik jarayonning dinarnikligiga uning uch tarkibi o'zaro bog'liqligi natijasida erishiladi: pedagogik, metodik va psixologik.
    Pedagogik tuzilishning asosiy jarayonlarini tashkil etish masalalarini hal etib ta'lim va tarbiya, uning maqsadlarini, shaklini, mazmunini va shu kabilarni aniqlashni ta'minlaydi. Metodik tuzilishini yaratish uchun maqsad bir qator masalalarga bo'linadi, unga binoan pedagog va o'quvchilarning faoliyat bosqichi ketma-ketligi tartibi aniqlanadi. Masalan, metodik tuzilishiga tayyorlanuvchi yo'l-yo'riq ko'rsatishi, kuzatish joyiga harakatlanish, obyektni kuzatishni,' kO'rganlarini qayd etishni o'z ichiga oladi. Pedagogik jarayonlarning pedagogik va metodik tuzilishlari uzviy ravishda bir-biri bilan bog'liqdir. Bu ikki tuzilishdan tashqari pedagogik jarayon yanada murakkab bo'lgan -psixologik tuzilishni ham o'z ichiga oladi. Psixologik tuzilish esa quyidagi komponentlami qamrab oladi:
    1) idrok etish, fikrlash, anglash, eslash, ma'lumotlami o'zlashtirish jarayonlarini;
    2) o'quvchilarning qiziqishlari, ishtiyoqlari, o'qish sabablari, hissiy kayfiyatlari dinamikasini;
    3) jismoniy va nerv-psixik keskinlikni kuchaytirish va rasaytirish, faollik dinamikasi, ishchanlik qobiliyati va toliqishini.
    Shunday qilib, darsning psixologik tuzilishi uchta tarkibiy qismdan iborat:
    1) idrok etish jarayonlari;
    2) bilim olish sabablari;
    3) keskinlik.
    O'qitish metodlari pedagogik jarayon tuzilishida o'zining alohida o'rniga ega. Ularni o'quv materiallarini ishlab chiqish yordamida ma'lum maqsadga erishishga qaratilgan o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro aloqalari usuIIarini navbatma - navbat aJrnashinishi tushuniladi. *Metod. so'zi (grekcha - biror narsaga yo'l) - maqsadga erishish usuli, bilim olish usulidir.
    O'qitish shakli - bu o'qituvchi va o'quvchilarning bilim olish davomidagi uyushtirilgan o'zaro aloqalaridir. Adabiyotlarda quyidagi o'qitish shakllari ko'rsatiladi: frontal, individual, guruhli, sinfda - dars paytida, kechki (hamda shunday shakllari ham mavjudki dars, ekskursiya, seminar, ma'ruza, amaliy mashg'ulot, ishlab chiqarish amaliyoti, imtihonlar, maslahat). Metodni shakldan farq qiladigan asosiy ko'rsatkichi bilim olish usuli ko'rsatilganligi va o'quvchining o'zi ishtirok etishga bog'liqligidir.
    Pedagogik adabiyotlarda *o'qitish metodi. tushunchasini o'rnini aniqlash borasida hech bir fikr aytilmagan. Masalan,. Yu.K.Babanskiy shunday deb hisoblaydi: *O'qitish metodi deb ta'lim masalalarini hal etishga qaratilgan o'qituvchi va o'quvchilarning tartibga solingan va o'zaro bog'langan faoliyati usuliga aytiladi. T.AIIina o'qitish metodi deganda *o'quvchilarning idrok etish faoliyatini tashkil etish usuli., deb tushunadi. Didaktika tarixida o'qitish metodlarini turlicha guruhlarga ajratish yuzaga kelgan - so'z bilan, amaliy, ko'rgazmali - bu usuIIar eng ko'p tarqalgan hisoblanadi. Har qanday usullar va metodik uslublar pedagogika amaliyotida uslublar bilan amalga oshiriladi. Metodik uslublar - o'qitish jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarning alohida harakatlarini ifoda etuvchi u yoki bu usulning elementidir. Metodik uslublarning turli-tumanligi ularni tizimlashtirishni talab etadi. Ular mantiqiy, tashkiliy va texnik xususiyatlarga ega bo'lishi mumkin. Birinchi navbatda turli usuIIarda qo'llanilishi mumkin bo'lgan uslublarga ajratish mumkin.
    Barcha uslublarda ham bir xiI mantiqiy uslublardan foydalaniladi: belgilarini ajratish, hodisalarni (obyektlarni) o'xshashligi va farqi bo'yicha taqqoslash, xulosalar, umumlashtirish va boshqalar. Bu holat o'quvchilar fikrlashi va ularning ishdagi mustaqilliklarini rivojlantirishda hamma usullar imkoniyatlarini muhim darajada belgilaydi. Tashkiliy uslublar o'quvchilarning e'tiborini, idrok etish va faoliyatlarga yo'naltiriladi. Texnik uslublarga turli uskunalar, yordamchi vositalar, metodikalardan foydalanish kiradi.
    Mashg'ulotlarda har bir usul ko'plab xususiyat va turlarga ega bo'lgan metodik uslublar bilan ochib beriladi. Idrok etish qiziqishlarini uyg'otish va rivojlantirish, mehnat madaniyatini tarbiyalash uslublarini ko'rsatish mumkin, lekin ular uchta asosiy guruh metodik uslublar bilan amalga oshiriladilar. Metodik uslublaming ko'pligi va ayniqsa, ulaming birga bo'lishi o'qituvchilaming ijodiy tashabbuskorligini va pedagogik mahoratlarini ko'rsatadi. Ijodiy ishlovchi pedagog yangi uslublar kashf etadi hammaga ma'lum uslublami o'zgartiradi, yanada yaxshiroq ta'lim va tarbiyaviy samaraga erishadi.
    So'zli usullar. Suhbat masalalari hal etishda o'qituvchilar va o'quvchilar ham ishtirok etishi bilan ta'riflanadi. Suhbatning maqsadi o'quvchilaming bilimini hal etilishi kerak bo'lgan masalaga yo'naltirilishi bilan belgilanadi. Suhbat natijasida o'quvchilar o'qituvchi rahbariigi ostida ma'lum xulosaga kelishlari, umumlashtirishlari kerak. O'qituvchilarga noma'lum materiallardan qurilmasligi kerak: o'quvchilarda bo'lmagan bilimlami ulardan qiynab talab etishga vaqtni bekorga o'tkazish murnkin emas. Suhbat yakunlovchi yoki umumlashtiruvchi darslarga va ilgarigi bilimlarini yangilari bilan bog'lovchi darslarda, ayniqsa, ahamiyatga ega bo'ladi.
    Har qanday suhbatning asosiy tuzilish elementi o'qhuvchining savollari hisoblanadi. Olar bayon etilayotgan materialdan tabiiy kelib chiqishi va o'quvchilarning diqqati muhimlarini o'zlashtirishga qaratilishi kerak, ilgarigi tayyorgariigi yoki o'quvchining haqiqiy mavjud shaxsiy tajribasiga tayanishi kerak. O'qituvchi o'quvchilar faolligini ularga beriladigan savollarni murakkablashtirib borish yordamida suhbatda ishtirok etishlari darajasini asta oshirib boradi. O'qituvchining savollari o'quvchilaming bilimlaridan o'zlari mustaqil foydalanishlariga o'rgatishlari kerak. Savollarning mos ravishda to'g'ri qo'yilishida javoblar ham rivojlanadi, murakkablashadi, o'quvchilar yanada mantiqiy masalalarni yechib boradilar. Bu esa aqliy rivojlanishning muhim tomoni hisoblanadi.
    Savol - javob usulida bayon etilganida o'quvchiga o'z diqqatini uzoq vaqt jalb etishi kerak bo'lmaydi, chunki murakkab fikrlar uning oldida qismlarga ajratilib ifoda etiladi, ulami o'zlashtirish doimiy tekshirib boradi.
    Hikoya qilish usuli biror bir hodisalar yoki odamlar hayotidan hodisalarni, buyuk kashfiyotlar tarixi, olim1ar hayoti, umuman inson ongi, uning psixologiyasini o'rganish bilan bog'liq ijodiy faoliyati haqida bo'lsa psixologiya mashg'ulotlarida qo'llaniladi. Ba'zi hollarda o'qituvchining hikoyalari mashg'ulotlarda sujetli va obrazli ko'rinish oladi. Aynan hikoyada javob yoki pedagogikadd shunday ataluvchi so'z bilan tasvirlash qo'llaniladi. Hikoya qilish boshqa usullar kabi induktiv qurilishi mumkin, bunda bir qator ma'lumotlardan umumlashtirish kelib chiqadi yoki deduktiv, bunda umumiy holat ma'lumotlar bilan tushuntiriladi.
    Tushuntirish - hikoyadan farq qiladi - o'quv materiallarini faktlami tahlil qilish va xulosalar ifoda etib isbotlash asosida aniq bayon etish hisoblanadi. Amaliy ishlarni bajarish bo'yicha qisqacha, aniq ko'rsatmalar o'tkazish ham tushuntirish hisoblanadi. Maktab ma'ruzasi faqatgina katta sinflarda (kollejlarda) qo'llaniladi. Shunda ham o'qituvchi butun dars davomida materialni aytib berish bilan shug'ullanmaydi: dars paytida u o'quvchilardan so'raydi, topshiriq beradi va uy vazifasini tushuntiradi.
    Har qanday usuldan foydalanishda ham o'qituvchi o'quvchilar nutq madaniyatiga katta e'tibor beradi. Ayniqsa, so'zli usullarda uning rivojlanishini ko'zda tutish juda muhim. O'quvchilarga beriladigan savollar asta-sekin murakkablashtiriladi. O'quvchilar avvaliga qisqacha, keyin esa keng javob berib, mustaqil ravishda taqqoslaydilar, xulosa chiqaradilar, mulohazalami bayon etadilar. Keyinchalik o'quvchilar ilmiy mavzularda qisqacha xabarlar va hi8Obotlar bilan ishtirok etishga o'rgatiladilar.
    Ko'rgazmali usullar. Ko'rgazmali usullarni umumiy yaqqollik, pedagogik tamoyil bilan aralashtirish kerak emas. Darsni ko'rgazmali usuIlar bilan o'tkazganda ko'rgazmali qurollarga yordamchi emas, balki asosiy o'rin beriladi.
    Amaliy usullar. Psixologiya fanida qo'llaniladigan ilmiy tadqiqotlar usuli bevosita ta'sir ko'rsatadi. Ma'lumki, ilmiy psixologik tadqiqotlarda qo'llaniladigan ko'plab usullar ichida, eng ko'p qo'llaniladigani aynan kuzatish va tajriba hisoblanadi, ya'ni narsa va hodisalar inson psixikasini bevosita laboratoriya va tabiiy sharoitlarda o'rganish bilan bog'liq usul hisoblanadi.
    Kuzatish - bu hodisalar berilishiga aralashmay turib, psixik jarayonlarni tabiiy sharoitlarda maqsadga muvofiq bevosita his etib qabul qilishdan iborat. O'quvchilar kuzatishni ko'chada, uyda va darsda shu bilan birga kuzatishni o'quvchilar bevosita o'qituvchi rahbarligi ostida, mustaqil, og'zaki yoki yozma topshiriqlar bo'yicha olib borishlari mumkin.
    Psixologik fan sohasida ilmiy tadqiqot vazifalarining va maktabda psixologiya o'qitishning turlicha bo'lishiga qaramasdan (psixika va ongning yangi faktlari va qonuniyatlarini ochish) maktabda (kollej, litseyda) psixologiyadan dars o'tish usullari o'quvchilarni ilmiy tadqiqot metodikasi boshlanishi bilan tanishtirishi yaqqol ko'rinib turadi Shuningdek, kuzatishlar ulami amalga oshirish muddati bilan ikki guruhga ajratiladi.

    Download 14.55 Kb.
      1   2




    Download 14.55 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Psixologiyada dars o'tish metodlari jovliyeva Mohirabonu

    Download 14.55 Kb.