• Tarbiya jarayoni k up kirrali jarayon
  • Tarbiya qonunvyatlari va tarbiya mazmuni tamoyillarini modellashtirish




    Download 293,04 Kb.
    bet9/14
    Sana14.08.2024
    Hajmi293,04 Kb.
    #269505
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    16-mavzu. O‘qituvchining tarbiya texnologiyalari asosida faoliya

    Tarbiya qonunvyatlari va tarbiya mazmuni tamoyillarini modellashtirish
    Tarbiya texnologiyasida tarbiya jarayoni, mazmun va mohiyatidan kelib chiqib belgilangan vazifalarni o`qituvchi amalga oshiripsh uchun uning o`ziga xos qonuniyatlarini anglab olish muhim ahamiyatga ega.
    Uning eng muhim qonuniyatlaridan biri anik maksadga yo`naltirilganligidir. Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasidagi muayyan maqsadga erishishga qaratilgan samarali hamkorlik. Zero, tarbiya jarayonida o`qituvchi va o`quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. YAgona maqsadga erishish yo`li zamonaviy tarbiya jarayonining maqsadini tavsiflaydi.
    Tarbiya jarayoni k up kirrali jarayon bo`lib, unda tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi (sub`ektiv va ob`ekgiv) omillar ko`zga tashlanadi. Sub`ektiv omillar shaxsning ichki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlari mazmunini anglashga yordam bersa, ob`ektiv omillar shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarni ijobiy hal etish uchun sharoit yaratadi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqarilishida nafaqat o`qituvchi faoliyati, balki o`kuvchining yosh va psixologik shaxsiy xususiyatlari, o`y-fikrlari, hayotiy qarashlari ham muhim ahamiyatga ega.
    Tarbiya jarayonining yana bir qonuniyati uning uzok muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez sur`atda yaqqol ko`zga tashlanmaydi. Uzida insoniy sifatlarni namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga etkazishda uzoq mudtsatli davr talab etiladi. SHaxsning muayyan vaqtning o`zida, turli-tuman qarashlar mavjud bo`lgan bir sharoitda harakat qilishi tarbiya jarayonini murakkablashtiradi. Ta`lim muassasalarida olib borilayotgan tarbiya shaxs ongi, dunyoqarashini shakllantirishda muhim o`rin tutadi. Binobarin, yoshlik yillarida insonning asab tizimi yuqori darajada ta`sirchan hamda beqaror bo`ladi. SHu bois tarbiyada muvaffaqiyatga erishish uchun o`kuvchilik yillarida shaxsga to`gri tarbiya berish lozimligi talab etiladi.
    Tarbiya jarayonining yana bir qonuniyati uning uzluksizligi sanaladi. Ta`lim muassasasida olib borilayotgan tarbiya jarayoni bu - o`qituvchi va o`quvchilarning birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. O`quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo`naltirilgan, bir-birini to`ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi faoliyat alohida ahamiyat kasb etadi. SHu bois oila, ta`lim muassasalari, jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz o`tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir.
    O`quvchilarni tarbiyalashda ta`lim muassasasi etakchi o`rin egallasa ham, o`quvchilarga uzluksiz tarbiyaviy ta`sir o`tkaza olmaydi, chunki, o`quvchilar ma`lum muddatgina ta`lim muassasasida, o`qituvchiniig tarbiyaviy ta`siri ostida bo`lib, qolgan vaqtining asosiy qismini oilada, ko`chada, jamoat orasida o`tkazadilar. Kuegi, qishki, bahorgi va, ayniqsa, yozgi ta`tillar davrida o`quvchilar ta`lim muassasasi o`qituvchisi ta`siridan chetda qoladilar. Demak, ta`lim muassasasida o`quvchilarni tarbiyalash vaqt jihatidan chegaralangan bo`lib, sinfdan va maktabdan tashqarida amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlardan xoli vaqtda ular o`qituvchi yoki tarbiyachining ta`siri hamda nazoratidan uzoqlashadilar. Ayni vaqtda, respublikada o`quvchilarning ta`lim muassasalaridan uzoqpashtirmaslik maqsadida qo`shimcha ta`lim muassasalari faoliyat olib bormokda Qo`shimcha ta`lim muassasalarida o`kuvchilar xususiy fanlar hamda xorijiy tillarni mukammal o`zlashtirishlari, texnik va badiiy yo`nalishlar bo`yicha bilim olishlari, amaliy faoliyat ko`nikma va malakalariga ega bo`lishlari mumkin. Qo`shimcha ta`lim muassasalarida tashkil etilayotgan turli yo`nalish va mavzulardagi uchrashuvlar, ko`rgazmalar, ko`rik-tanlovlar, suhbatlar o`quvchilarning tafakkurini boyitishda, ularda mustahkam xarakter va irodani tarkib toptirishda muhim o`rin tutmokda.
    Tarbiya jarayonining yana bir qonuniyati - bu uning yaxlit xolda tizimli tashkil etilishidir. YAxlitlik shundan iboratki, tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni va metodlarini birligi shaxsni shakllantirish g`oyasini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Bizga ma`lumki. SHaxs ma`naviy-axloqiy sifatlarni navbatma - navbat emas, balki yaxlit tareda o`zlashtira boradi, shu bois pedagogik ta`sir ham yaxlitlik, tizimlilik xarakteriga ega bo`lishi lozim. Tarbiya jarayoiining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati qator pedagogik talablarga amal qilish, o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasidagi hamkorlikni qaror toptirishni talab etadi.
    Tarbiyaning yana bir qonuniyati shundan iboratki, bu jarayon ikki tomonlama aloka xususiyatiga ega bo`lib, unda o`quvchining o`zi ham faol ishtirok etadi. Ikki tomonlama aloqa ikki yo`nalishda, ya`ni, o`qituvchining o`quvchiga ko`rsatadigan ta`siri (to`g`ri aloqa) hamda o`quvchining o`qituvchiga nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarzida tashkil etiladi.
    O`qituvchi tarbiya mazmunini shaxsning barkamol inson darajasida shakplanishiga ko`yiluvchi ijtimoiy talablar moxiyatini anglagan xolda modellashtiradi. Ushbu modellashtirilgan moxiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, ijtimoiy muhitda kishilar bilan o`zaro muiosabatlar darajasi, shuningdek, jamiyat mafkurasi goyalari asosida belgilanadi. Modellashtirish asosida o`qituvchi quyidagi zamonaviy tarbiya mazmunining tamoyill^ini belgilab oladi:
    1. Maqsadning aniqligi. O`zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikka erishgan dastlabki yillardayoq yosh avlodni tarbiyalashda aniq maqsadlar belgilab olindi. 1997 yilda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g’risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko`rsatilgan vazifalarga asosan tarbiyaniig asosiy maqsadi - erkin, ijodkor, mustaqil fikrga ega bo`lgan komil inson va mapakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga etkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo`lidagi asosiy vazifa - bo`lajak kadrlar salohiyatini har tomonlama yuksaltirish, ularda madaniyat va ma`naviyat unsurlarini shakllantirish, ya`ni, har bir shaxsning kasbiy bilimlarni puxta egallashda aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, ikggisodiy, ekologik, huquqiy, siyosiy jihatdan ko`nikma va malakalarini rivojlantirishdan iborat.
    2. Birgalikdagi faoliyat. O`qituvchilar o`quvchilar ma`naviy madaniyatini shakllantirishning eng yaxshi namunalariii izlashi, shu asosda tarbiyaviy faoliyatni hayotiy me`yor va qadriyatlar bilan mutanosibligini ta`minlashi, o`quvchilarning tarbiyaviy dunyosiga chuqur kirib borib, o`zaro yaxshi munosabatlar asosida ularning axloqiy tafakkurini shakllantirishi lozim. O`qituvchining pedagogik mahorati, tarbiyaviy faoliyatda doimo o`rnak bo`lishi o`quvchilar faolligini ta`minlaydi. Zero, dunyoqarashi hali mukammal shakllanmagan o`quvchilar uchun o`qituvchilarning ma`naviy dunyosi, hayotiy tajribapari, ularning shaxsiy namunalari ulkan tarbiyaviy ta`sir kuchiga ega.
    3. O`z-uzini anglash Barkamol avlodni tarbiyalashdan asosiy maqsad, yoshlarda e`tiqod, demokratik qarashlar va ijtimoiy hayotda o`z mustaqil fikriga va mustahkam pozitsiyasiga ega bo`lish shakllantiriladi. Insonning hayotda o`z-o`zini anglashi, tarbiya mazmunining eng muhim unsurlaridan biri sanaladi. O`quvchilar o`zlarining shaxsiy hayoti va faoliyatlarini sub`ekt sifatida e`tirof etib, o`z-o`zlarini qanday anglashi bilan tavsiflanadilar. Inson kamolotida fuqarolik, kasbiy va axloqiy jihatdan o`z-o`zini anglashi muhim ahamiyatga egadir.
    4. Iroda erkinligi. Tarbiya jarayoni o`qituvchi tomonidan oqilona tashkil etilsa, bir vaqtning o`zida o`qituvchi va o`quvchi ma`naviyatini boyitadi. Agar o`qituvchi o`quvchining qiziqishini, faoliyatini, o`rtoqlik va fuqarolik burchini his etishini, mustaqillikka intilish tuyg`ularini anglab, uni takomillashtirib borsa, o`quvchida yuksak iroda va erkinlik tuygulari shakllanib boradi.
    5. Tarbiyaning shaxsga yO`naltirilganligi. Mazkur goya barcha ta`lim muassasalari amaliyotining markaziy nuqtasida o`qituvchilarning tarbiyaviy ishlar dasturida, turli tarbiyaviy maqsadlarga yo`naltirilgan tadbirlarda, tarbiyaning shakl, metod va vositalarida asosan o`quvchi shaxsi turganligini anglatadi. Tarbiyaviy jarayonda uning shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, o`ziga xos xarakteri, o`z qadr-qimmatini anglash tuygulari modellashtirish asosida rivojlantnrilib boriladi.
    6. Jamoaning ta`siri. O`quvchilarda barkamol insonga xos xususiyatlar avvalo sinf jamoasida rivojlantiriladi. Sinf jamoasining tarbiyaviy ta`siri ostida o`kuvchining bir-birlariga nisbatan ijobiy munosabatlari qaror topadi, jamoa yordamida o`quvchi har tomonlama kamolotga erishadi, dunyoqarashi shakllantiriladi, insonparvarlik va o`zaro xdmkorlik tuygulari rivojlantirilib boriladi.

    Download 293,04 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 293,04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tarbiya qonunvyatlari va tarbiya mazmuni tamoyillarini modellashtirish

    Download 293,04 Kb.