• II-bob.Rangtasvirda “Вahor gullari” natyurmortini ishlash 2.1.Natyurmort ishlashda ketma-ketlik 2.2.Natyurmort kompozitsiyasi 2.3. Rangtasvirda “Вahor gullari
  • Вahor gullari
  • Mavzu: Oltin vodiy mavzusida manzara ishlash




    Download 21,87 Mb.
    bet1/13
    Sana15.05.2024
    Hajmi21,87 Mb.
    #236248
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Гулшан


    Mavzu: Вahor gullari natyormorti


    Reja
    Kirish.
    I.bob. Tasviriy san’atning rangtasvir turida natyurmort janri
    1.1. Natyurmort janri va uning rivojlanish bosqichlari
    1.2. Natyurmort janrida tasvir va ifoda vositalari


    II-bob.Rangtasvirda “Вahor gullari” natyurmortini ishlash
    2.1.Natyurmort ishlashda ketma-ketlik
    2.2.Natyurmort kompozitsiyasi
    2.3. Rangtasvirda “Вahor gullari” natyurmortini moybo’yoqda ishlash


    XORIJIY MANBALAR
    XULOSA
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
    ILOVALAR


    KIRISH
    Mavzuning dolzarbligi. Tasviriy san’at inson faoliyatining qadimiy turi hisoblanadi. U ijtimoiy ongning alohida shakli bo`lib, kishilarni olamni bilishga, hayotni murakkab, muxim jihatlarini ongli anglashga yordam beradi.
    O`zbekiston mustaqillikka erishgandan so`ng hamma sohalarda bo`lgani kabi tasviriy san`atga ham alohida e`tibor qaratildi. Chunki tasviriy san`atning xalqni badiiy estetik jihatdan tarbiyalashdagi vazifasi davrimizga mos bo`lgan va uning buyuk g’oyalari, muvaffaqiyatlari darajasida turadigan badiiy asarlar yaratishdan iboratdir. Hozirda rassomlar oldidagi eng asosiy vazifa tasviriy san`at, hayot, mehnat va go`zallik o`rtasidagi aloqani ta`minlashdan iborat.
    Tasviriy san`atning asosiy ma`no va mazmunini g’oyalar tashkil etadi. Badiiy g’oyalar hayotdan olinadi va badiiy ifodalar, vositalar inson ongi va ruhiyatiga ta`sir o`tkazadi. Bu esa insonlarning ijobiy xatti-xarakati, tashabbuskorligi, badiiy-estetik didi, madaniyatini oshiradi va ularning aniq maqsad sari intiluvchanligini ta`minlaydi. Tasviriy san`atda inson o`z g’oyalarini yaratadi.
    O`zi yaratgan g’oyalardan zavqlanib, kuch-quvvat olgan insonning ongi va shuuri, tafakkuri, e`tiqodi yuksaladi. Yuksak g’oyalar esa insonni olijanob maqsadlar sari etaklaydi. Yurtni obod, xalq hayotini farovon qiladigan bunyodkorlik g’oyalari esa o`zida olijanob maqsadlarni qamrab oladi. Shuningdek, inson ongi va qalbidagi yot g’oyalarni yo`qotishga qaratilgan kurash bu jarayonning asosiy yo`nalishidir. Tasviriy san`atning ilhombahsh kuchi, jamiyatdagi o`rni va ahamiyati shundan iboratki, har qanday badiiy estetik faoliyat insonni ijtimoiy xarakat va faollikka undaydi. Bu esa o`z navbatida davlatimizning buyuk kelajagiga bo`lgan qat`iy ishonchni oshiradi. Natijada har bir fuqaro qalbida Vatanga muhabbat, mustaqillik g’oyasiga sadoqat ruhida mehnat qilish, o`z Vatanining madaniy, badiiy-estetik salohiyatini oshirishga nisbatan xohish ishtiyoqi namoyon bo`ladi va o`z xalqining san`ati, madaniyatini o`rganadi. Tasviriy san`atning ta`siri shu darajada kuchliki, inson har qanday ilg’or g’oyani o`ziga singdirish, Vatan ozod bo`lsagina, shaxs ozod bo`la olishligini tushunib yetishi va har qanday yovuz g’oyaga qarshi javob bera olishi, eng muximi insonlarning mustaqil dunyoqarashi va erkin tafakkuri shakllanib, milliy o`zlikni anglash, milliy iftihor va g’ururni tarbiyalash mumkin bo`ladi.
    Bugungi kun rassomlari tasviriy san`atni rangtasvir turida, xususan, uning natyurmort janri vositasida buyumlar dunyosiga munosabatini erkin ifoda eta olishi orqali aholining ma`naviy faolligini oshirish, badiiy-estetik didini o`stirishda katta imkoniyatlarga ega bo`lmoqdalar. Zero, tasviriy san`atning natyurmort janrida yaratilgan asarlar insonning badiiy-estetik didini shakllantiradi, rivojlantiradi hamda uning ma`naviyatini boyitadi va kishilarni his-tuyg’ulariga, ruhiyatiga ta`sir etadi.
    Natyurmort janrida bir qator horij rassomlari, shuningdek, o`zbek rassomlaridan Yu.Yelizarov, R.Ahmedov, L.Salimjanova kabi rassomlar tomonidan o`lmas asarlar yaratilganiga qaramay, bugungi kun nuqtai nazaridan qaraganda natyurmort janrida yaratiladigan asarlar o`zining dolzarbligini yo`qotmaydi.
    Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Ushbu bitiruv malakaviy ishida tasviriy san`atning natyurmort janrida “Вahor gullari” natyurmortini yaratishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`ydik. Bu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarish ko`zda tutilgan:

    • natyurmort janri va uning rivojlanish bosqichlarini o`rganish;

    • natyurmort janridagi tasvir va ifoda vositalarini tadqiq etish;

    • Вahor gullari” natyurmortini ishlash uchun kompozitsiyani belgilash;

    • Вahor gullari” natyurmortini moybo`yoqda ishlash va amaliy, uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish.

    Bitiruv malakaviy ishini metodologik asosini yurtboshimiz I.A.Karimov asarlarida ilgari surilgan qarashlar hamda Milliy istiqlol g’oyasini tashkil etadi. Shuningdek, G.V.Beda, N.N.Rostovtsev, N.M.Kevish, T.Mahmudov, R.Hasanov, A.Turdaliyev kabi olimlarning fikr va qarashlariga tayandik.
    Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Ushbu bitiruv malakaviy ishida Oliy o`quv yurtlari, kollej talabalariga tasviriy san`atning rangtasvir turida natyurmort janrini xususiyatlarini tushuntirishda hamda bu borada tayyorlanadigan o`quv kurslari, risolalar yaratishda foydalanish mumkin.
    Bitiruv malakaviy ishi Kirish, ikkita bob, xulosa, foylalanilgan adabiyotlar ro`yhati va ilovalardan iborat. Amaliy ijodiy ish sifatida “Вahor gullari” natyurmorti taqdim etildi.



    Download 21,87 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 21,87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Oltin vodiy mavzusida manzara ishlash

    Download 21,87 Mb.