-§.Natyurmort kompozitsiyasi




Download 21,87 Mb.
bet5/13
Sana15.05.2024
Hajmi21,87 Mb.
#236248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Гулшан

2.2-§.Natyurmort kompozitsiyasi.
Natyurmort - janrli rangtasvirning faqatgina yordamchi vositasigina emas. Buyumlar tili (yordami) bilan hayotning eng turli-tuman tomonlarini hikoya qilib beriladi. Natyurmort rangtasviri hayot quvonchinи tasdiqlaydi, kishilarni mevalar, sabzavotlar, gullar, oyna, shisha, metallarni yaltirashi - oddiygina predmetlarning shakllaridan bahra olish uchun etaklaydi.
Natyurmort tuzish - ijodiy jarayondir. Bunda rassomning didi va layoqati namoyon bo`ladi. Zero, natyurmort favqulotda tanlangan predmetlardan tuzilmaydi. Predmetlar mavzu bo`yicha bog’langan va amaliy ahamiyati bilan bir-biriga yaqin bo`lishi kerak. Predmetlar to`plami tabiiylik taassurotini bergandagina, natyurmortning kompozitsiyasi ifodaviyligini saqlab qoladi. Natyurmortni qo`yilishida ham hech qanday sun`iylik, zo`rma-zo`rakilik bo`lmasligi kerak. Masalan, sabzavotlar bilan kitobni yoki gips haykalchani yonma-yon qo`yilsa mazmunan tarqoq va notabiylik kelib chiqadi. Natyurmortda predmetlar ixtiyorsiz, tasodifiylik bilan joylanmaydi. Har bir predmet boshqalari bilan albatta mazmunan bog`lanishi shart. Ularni shunday vaziyatda qo`yilsinki, ular uchun eng tabiiy holati topilsin, hayotiy, haqqoniy, organik bog’lanishlari ongli ravishda joylashtirilsin.
Natyurmortda predmetlar faqatgina vazifalari, ahamiyatliligi bilangina yaqinligi emas, ular tasvirning estetik ifodaviyligi asosi talablariga ham javob berishi kerak ular: shakl, materiali, fakturasi (sirti), rangi, toni (tusi) va boshqalardir. Ikki yoki undan ortiq o`lchami va shakli bir xil predmetlar bir butun yaxlit tasavvur berolmaydi. Predmetlar o`lchami o`rtasidagi katta farqlilikdan ham qochish kerak. Masalan, kichkina gugurt qutisi, katta ko`za idish yonida umuman sezilmaydi.
Aslida esa, natyurmort kompozitsiyasida katta va kichik, ochlik va to`qlik, dumaloq va tekis yuzali, uzun va qisqalik, yaltiroq va sipoliklarni kontrast qo`yish har bir predmetni shaklini, uning o`lchamlarini, materialini, fakturasini (sirtini) soya-yoruqliklarini rang-barangligi ifodaviylikni kuchaytiradi, bir xillikdan chetlatadi, vaziyatni jonlantiradi.
Masalan, Shardenning oshxona buyumlaridan tuzilgan natyurmortida, predmetlar shakli, materiali, rangi, vazifasi jixatdan har-xil. Piyozning uzunligi olmalarning sharsimonligi, tuxumning ovalsimonligi, mis qozoncha, sopol idish - shakli va o`lchami va rangi jiqatidan ham barchasi har-xildir. Agarki, tasavvur qiling shu natyurmort faqatgina idishlardangina tuzilgan bo`lganda juda qiziqarsiz, zerikarli taassurot bergan bo`lardi.
Natyurmortda predmetlarni joylashtirish yagona maqsadga bo`ysundirilishi kerak. Natyurmortda kompozitsion markaz bo`lishi kerak. Barcha predmetlar to`plami ichida o`zining mazmun-ahamiyati, o`lchami, shakli, rangi bilan asosiy markaziy predmet bo`lishi shart. Barcha ikkinchi darajalilar ko`rinish jihatidan ham, mazmuni jihatidan ham asosiyga bo`ysundiriladi. Bu asosiy predmetni rassom predmetlar ichida joylashuvida, rangida, yorug’-soya kontrastlarida ham alohida e`tiborda turadi.
Natyurmortni qanday yoritilganlikda chizish ham (yondan yoki oldidan, kunduzgi yoki kechki) juda ahamiyatlidir. Oldi tomondan yoritish soyalarni juda aniqlashtirib yuboradi, yondan yoritilsa xajmi yuzalarni bo`rttirib ko`rsatadi, orqadan yoritilish esa predmetlarga siluetlik ko`rinishini beradi.
Natyurmortda predmetlar shunday joylanishi zarurki, ular bir-birini to`sib qolmasligi, har biri o`zini xarakterli xususiyatlarini aniq ko`rsatishlari kerak. Buning uchun eng qulay ko`rish nuqtasini tanlash kerak. Ko`rish nuqtasini va gorizont chiziqini muvaffaqiyatli tanlash natyurmort kompozitsiyasidа yuqori ifodaviylikka erishishga olib keladi.
Tarvuzli natyurmortni tuzish jarayonini taqlil qilib ko`ramiz. Natyurmortni ikkita predmetdan tuzish ham mumkin edi. Biroq, unga qog’ozga o`roqlik sabzavotlar qo`shilsa, uning kompozitsiyasi to`liqroq namoyon bo`lardi. Bunday kombinatsiyada xilma-xil shakl va rangdagi predmetlarni o`zaro bog’liqligi hosil qilinadi. Agarki, predmetlar to`plamiga, biron idish yoniga olma qo`yilsa chapgi tonal qism o`ng yoritilganlikka nisbatan muvozanati bir xillashadi.
Stolnnig bir xildagi yuzasini mato-materiallar qo`shish bilan yo`qotish mumkin. Mabodo stol yuzasida turgan predmetlarni aksi ko`rinib tursa kompozitsiyaning mazmuni yanada boyiydi.
Natyurmortlar dunyosi juda rang-barang va chegarasiz. Biroq har qanday holatda ham xajmlardagi muvozanat, yoruq va to`q dog’larning ritmlarini topish zarur bo`ladi.
Rassom o`z oldiga natyurmort ishlashda dekorativ vazifa qo`yishi ham mumkin. Lekin, bu yerda shu narsani aytish zarurki, natyurmort rangtasvirida eng e`tiborli tomoni predmetlarni meteriallilik va gips tarkibiy holatini tasvirlashdan iboratdir. Bokallarni yaltiroq shishaliligi, metalni yaltiroq sovuqligi, silliq va nafis mevalar - gammasi bizni o`zining o`zligi, o`zgachaligi bilan rom etadi. Xuddi shu xoldagina borliq natyurmortlar bizning qarshimizda g’aroyib go`zalligi bilan, yuza va sirtlarining tabiiyligi va rang-barangligi bilan namoyon bo`ladi. Xissiy idrokning boyligi hayotni to`liq go`zalligini his qilish imkonini beradi . Natyurmortda ranglar o`z xolicha aloqida holda harakatda bo`lmay, bir butun to`qlik va rangga bo`ysunadi. har bir predmetning rangi va yoruqligi, soyalari, garchi o`zining rangdorligiga ega bo`lsada, baribir bir butunlikka egadir. Ishda aynan barcha bo`yoqlarning huddi manashu yaqinligiga erishish zarur. Barcha ranglar baribir bir umumiylikka ega bo`lishi kerak.
Vaholanki rangtasvir - bu ranglarni aksini yaqin ranglar gammasi bilan nozik uyg’unlashtirish demakdir.
Predmetning gar bir yuzasi yagona koloritga bo`ysungan holdagi issiq va sovuq akslari bilan joylanishi va harakatlanishi shart. Faqat shu xoldagina natyurmort tevarak atrofidagi predmetlarning go`zalligini, ularning rang boyliklarini namoyon etadi.

Download 21,87 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 21,87 Mb.