|
Mavzu: Oltin vodiy mavzusida manzara ishlash
|
bet | 6/13 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 21,87 Mb. | | #236248 |
Bog'liq ГулшанAmaliy auditoriyaviy ish. Birinchi mashq: qajmi, rangi, fakturasi, materiali har xil bo`lgan predmetlardan tuzilgan kompozitsion natyurmortni turli yoritilganlikda xomaki rasmi, qoralama yoki etyudini ishlash.
Eng avvalo naturaning o`zidan qoralama yoki etyud bajariladi. Talabalar natyurmortning maqsadi, uning g’oyasi bilan aniq tanishib olgach, ijodiy izlanishlar boshlanadi. Bunda yorqin emotsional mazmun ifodasi izlanadi. Talabaga mazmun va shakl birligiga erishishda tasviriy-ifodaviy vositalar: rang va tonal munosabatlar, shakl va o`lchamdagi nisbatlardan unumli foydalanish vazifasi qo`yiladi. Natyurmortni joylashtirishda (ikki yoki uch predmet bilan) ikkinchi darajali narsalarni e`tibordan chiqarmagan holda mazmunli-kompozitsion markazni ajratib olinishi zarurki, u tomoshabinni mazmunni nima tashkil etayotganligini tushunish uchun etaklasin.
Bunda qo`yilgan natyurmortni turli ko`rish nuqtasida, turli uzoqlikda bir necha variantlarda mashq qilib ko`rish tavsiya etiladi.
Vazifa agarki shaklni ko`rsatish bo`lsa, unda bir-biridan keskin farq qiluvchi masalan, pastak, yumaloq kuvshin, ingichka, baland vaza bilan yonma-yon yoki sharsimon va to`rtburchakli shaklli buyumlarni yonma-yon qo`yish orqali amalga oshiriladi. Yoki o`zaro shakli yaqin buyumlardan natyutmort tuziladi.
Narsalarni shunday masofada o`z o`rnida tasvirlash zarurki, bunda u yoki bu holda ritm, muvozanat, tinch yoki harakatchanlik hosil bo`lsin.
Natyurmortning tonal va rang munosabatlarini o`zaro yaqin ranglar bilan olinadimi yoki kontrastlar bilanmi, issiq rangdagi yoki sovuq rangdagi kolorit bilan echiladimi, bu chizuvchining iqtiyoriga xavola etiladi.
Ikkinchi mashq: "Nonushta", "Tushlik", "Dasturxon" mavzusida natyurmort ishlash. Maqsad: kompozitsion mazmunli markazni, natyurmortdagi buyumlarni o`z o`rnida o`zaro mutanosibligini topish. Natyurmortni ko`p planli ishlash. Orqa fonda ikkinchi, uchinchi darajali buyumlar borligini tasvirlash.
Uy vazifalari Birinchi topshiriq: "Ona er sahovati" mavzusida ijodiy natyurmort ishlash. Bunda aniq hayotiy natural buyumlardan foydalanish tavsiya etiladi. Imkoni boricha hayotdagi tevarak-atrofdagi voqealarga boqlash maqsadga muvofiqdir. Masalan, bozordan mevalarni olib kelingan holat yoki mevalarni uzilgan holati va boshqalar. Avvalo, naturadan bir necha qoralamalar qilish, so`ng eskizda chiziqli va rangli yechimni topish tavsiya etiladi.
Ikkinchi topshiriq: Berilgan "Dasturxon" mavzusida ijodiy natyurmort ishlash. Эng avvalo, g’oya-maqsad aniqlab olinadi, so`ng shunga mos predmet tanlanadi. Vazifa: qo`yilgan predmetlar orqali insonning kimligini, dunyoqarashi, kasb-korini ko`rsatish. Idishlar, sabzavot va mevalar orqali uy egasini lirik kayfiyatini xarakter darajasini ko`rsatish.
Uchinchi topshiriq: "San`at atributlari", yoki "Kasb-korlik buyumlari" mavzusida ijodiy natyurmort ishlash. Bunda kishilarning ma`lum bir kasb-korligi haqida, ya`ni bunda tanlangan buyumlar xuddi shу inson haqida ma`lumot beradi. Rassom, musiqachi, o`qituvchi, olim, hunarmand, havasmand ijodkor va hokazo kasblarga bog’lash mumkin. Topshiriqlar qog’ozda, qalam, tush`, akvarel' va boshqalarda (grafik usulda ham) bajarilishi mumkin.
To`rtinchi topshiriq: Kompozitsion xomaki tasvirlar chizish. Bunda bitta yoki bir necha odam figurasi ishtirok etishi mo`ljallanadi. Kutubxonada, o`quv zalida, auditoriyada, hovlida, ishchi kabinetda, teatrda, ustaxonada va hokazo vaziyatlar tanlanadi. Xomaki rasmda tanlangan voqeadagi o`zaro bog’liqni ko`rsatiladi. Chizilayotganda aniq va ravon, tushunarli, qiziqarli holat ko`rsatilishigа erishish zarur. Xuddi shu xomaki rasm keyingi ishlanadigan kompozitsiyalarga material bo`lib hizmat qilishi ham mumkin. Shu sababli, chizishdan avval voqeaning eng "zaruriy mag’zi" sini topib olish zarur.
Beshinchi topshiriq. hayotiy kuzatishlar asosida, naturadan oldindan xomaki rasm, qoralama, etyudlar yordamida bir figurali kompozitsiya eskizini ishlash. Bunda odamning keskin harakatli qolatlarini ko`rsatish qiziqarli bo`lishi mumkin. Turgan yoki harakatlanayotan, o`z ishi bilan bandligi, o`y surayotgani, kasb-korlikni belgilaydian detallar orasida turgani kabi ko`rinishlarda bo`lishi mumkin.Эskizni grafik yechimda bajargan ma`qulroq.
Natyurmortlarda ko`pincha turmushda zarur bo`lgan buyumlar, mehnat qurollari, sabzavot va mevalar, gullar, parranda va mayda hayvonlar tasvirlanadi, ya`ni natyurmort janrida insonning maishiy hayoti aks ettiriladi.
Natyurmort asarlarining kompozitsion tuzilishi ijodkor rassom g’oyasini tomoshabinga aniq, oson, tez yetib borishiga xizmat qiladi. Kompozitsiya – asarni tuzish, uning qismlarini mazmuniga javob bera oladigan qilib moslashtirishdir. Natyurmortni tuzishdagi eng asosiy narsa – markaz, kopozitsiya tuguni, ikkinchi darajali qismlarning unga bo`ysundirilishidir. Kompozitsiya ustida ishlash – badiiy obraz yaratish yo`llari va vositalarini izlash, rassom g’oyasini eng yaxshi gavdalantirish yo`li va vositalarini izlashdir. Bu mavzuni tanlash, syujetga mos o`lchamli sath (tasvir ishlanadigan yuza) topish, masshtablar va nisbatlarni moslash, asarga to`g’ri tus va rang berishdir.
Natyurmort tuzish ijodiy jarayon bo`lib, unda rassomning didi va layoqati ko`rinib turadi. Biz o`zimiz tanlagan “Вahor gullari” mavzusidagi natyurmortimizda ishtirok etayotgan buyular mavzu bo`yicha bog’langan va amaliy ahamiyati bilan bir-biriga yaqin bo`lishi lozim edi. Bunda buyumlar to`plami tabiiylik taassurotini beribgina qolmay, natyurmort kompozitsiyasi ifodaviyligini saqlab qola olishi zarur. “Вahor gullari” natyurmortini umumiy rejasini quyidagicha tanladik. Unda asosan bahor gullari tasvirlanadi, bu gullar xona ichida stolga joylashtiriladi Suratni kompozitsion markazida gullarning joylashtirish va boshqalarni unga bo`ysundirish kerak edi.
“Вahor gullari” natyurmortini kompozitsiyasini belgilashda Laylo Salimjonovaning “Xrizontema natyurmorti”, “Oq gullar”, “Moviy fondagi natyurmort”, “Xrizontemalar” kabi asarlarini chuqur o`rganib, undan ijodiy foydalanishga xarakat qildik. Uning “Moviy fondagi natyurmort” asarida tasvirlangan gullar kishida o`zgacha taassurot uyg’otadi va insonni tabiatga bo`lgan munosabatini o`zgartiradi. Bu asarni kompozitsion taxlil qiladigan bo`lsak, unda tasvirlangan gullar kompozitsiya markazida, qolgan buyumlar unga bo`ysundirilgan, natyurmortda oshiqcha detallar yo`q, undan birorta detalni qo`shib ham bo`lmaydi, olib ham, bu uning kompozitsiya butunligini ta`minlagan. Kompozitsiyadagi butunlik, ya`ni yaxlitlik kompozitsiyani asosiy jihati hisoblanadi.
“Вahor gullari” natyurmortini kompozitsiyasi ustida ishlash jarayonida bu omilni nazarda doimo yodda tutdik. Shuni aytish lozimki, yaxlitlik – rassom g’oyasini ifodalashga xizmat qiladi. Yaxlitlikni asosiy belgisi – kompozitsiyaning bo`linmasligi, u kichik darajada alohida bo`laklardan iborat bo`lishidan qat`iy nazar, hech qachon bir necha deb idrok etilmasligi tushuniladi. Shuning uchun biz “ Вahor gullari ” natyurmortini kompozitsiyasini ishlash davomida kompozitsiya markazi deb gullarni tanladik. Agar gullar bo`lmasa, kompozitsiyaning yaxlitligiga putir yetadi va unda tasvirlanayotgan boshqa detallar o`z mazmuniga ega bo`lmay qoladi. Natyurmortda bitta mazmunli kompozitsion markaz o`rniga ikki yoki undan ortiq bo`ysunuvchi bo`lsa, garchi alohida detallar to`g’ri tasvirlansa ham asar yaxlit bo`lmaydi. Shuning uchun gullarga alohida urg’u berishga xarakat qilindi.
Yaxlitlik qonunidan tashqari kompozitsiyada kontrastlar qonuni, tipiklik (yangilik yaratish) qonuni, kompozitsiyaning barcha vositalarini g’oyaviy mazmuniga bo`ysunishi kabi qonunlar ham mavjudki, ular asar yaratish jarayonida muxim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga kompozitsiyani qonun-qoidalari, usul va vositalari ham asar mazmunini tasviriy “mag’zini” tashkil etadi, bular kompozitsiyani qurishga yordam beradi, plastik yechimini ishlab chiqishda zaruriy ahamiyatga ega bo`ladi.
Kompozitsiyaning qonun-qoidalaridan biri ritmdir. Natyurmortda ritm buyumlar, shakllar, unsurlar, ranglar va boshqalarni bir me`yorda almashinuvi yoki takrorlanishi muayyan kayfiyatni yaratishga imkoniyat tug’diradi, shu tufayli kompozitsiya qismlarining katta butunligi va moslashuviga erishiladi hamda uning tomoshabinga ta`sir etishiga erishiladi. Mazmunli-kompozitsion markaz esa kompozitsiyaning g’oyaviy mazmuni, eng asosiysi yetarli va aniq ifoda etib beruvchi kartinaning ma`lum bir qismi tushuniladi. Natyurmortda kompozitsion markaz birinchi navbatda, albatta tomoshabin diqqatini o`ziga jalb etishi lozim. Kompozitsiyanir belgilashda insonni ko`rish xususiyatlarini hisobga olish kerak. Mazmunli-kompozitsion markazni berishda shularni hisobga olish lozim. Yaxlitlik qonuniga ko`ra, rassom mantiqan kompozitsiya markazini boshqa qismlari bilan belgilanganligini asoslash kerak. Bizning natyurmortda kompozitsion markaz qilib gullar olingan bo`lsa, boshqa detallar unga bo`ysunishi va kompozitsiyaning bir-butunligini ta`minlash zarur.
“ Вahor gullari ” natyurmortining ustida izlanishlar davomida bir nechta eskizlar bajarildi. eskizlar ichida ikkita varianti tanlab olindi. Birinchi variantda Xrizontema gullari, deraza oldida joylashtirilgan, derazada esa bahorgi tabiat manzarasi elas-elas tasvirlangan. Ikkinchi variantda ham huddi shu narsalar, lekin Xrizontema gullari o`rni bahorgi gullar lolaqizgoldoq tasvirlangan. Biz ushbu variantlar ichida ikkinchi variantni yaratiladigan kartinamiz uchun ma`qul variant sifatida tanladik. Ushbu kompozitsiyani umumiy ko`rinishi kishida bahoriy kayfiyatni berishi lozim edi. Bu tomoshabinga natyurmort mazmunini chuqurroq anglashga yordam beradi: undagi asosiy g’oyani, ya`ni tabiatdagi go`zallik ajoyib, uni ko`ra bilish va shunga intilish kerak; tabiat, o`simliklar dunyosidan zavq olish, ularning go`zalligini esa himoya qilish va ko`paytirmoq lozim, degan fikrlarni uyg’otish zarur. “ Вahor gullari ” natyurmortini kompozitsiyasida hamma narsani bir-biriga bog’lashga va guruhlashga, shular asosida natyurmortning ma`nodorligi va yaxlitligiga erishishga intildik.
Xulosa qilib aytish mumkinki, buyumlar dunyosini tasvirlash kishilarni faqat nozik badiiy-estetik idrokini tarbiyalab, rivojlantirish bilan birga, eng qimmatli tuyg’u – buyumlar, o`simliklarga muhabbat tuyg’usini ham shakllantiradi. Shu omillarni o`zimiz yaratmoqchi bo`lgan natyurmortni kompozitsiyasini belgilashda nazarda tutdik va ushbularga amal qilindi.
|
| |