|
Mundarija Kirish. I. Bob Tasviriy san’atning rivojlanish tarixi
|
bet | 1/12 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #239469 |
Mundarija
Kirish.
I.Bob Tasviriy san’atning rivojlanish tarixi.
1.1 Pastel bo`yoqlari haqida.
1.2 Rangtasvir - rang san’ati.
II.Bob Sangina bo`yog`i va ko`mir qalamlardan foydalanish.
2.1 Sangina qalamtasvirlarni ishlashda qo‘llanilishi.
2.2 Rangi bir xil, turli tusdagi buyumlardan tuzilgan natyurmort kompozitsiyasini kontrast fonda ishlash.
III.Bob Rangtasvir.
Rangtasvir asarlarini yaratishda, qalamtasvirning ahamiyati.
Rangning xususiyatlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini yangi bosqichga ko‘tarish, pedagog kadrlar tayyorlash sifatini ilg‘or xalqaro standartlar asosida takomillashtirish va oliy pedagogik ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Pedagogik ta’lim sohasini yanada takomillashtirish, zamonaviy bilim va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega, mamlakatimizni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirishda munosib hissa qo‘shuvchi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, sohaga oid ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy qilish, pedagogik ta’lim muassasalarining oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-4623 sonli qarorida pedagogika ta’lim sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab o‘tilgan. Yoshlarni badiiy jihatdan barkamol, vatanga va milliy san’atga sadoqat ruhida tarbiyalab voyaga yetkazishda tasviriy san’at xususan, qalamtasvir, rangtasvir, kompozitsiya fanlarining o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘z navbatida oliy o‘quv yurtlari Tasviriy san’at ta’lim yo‘nalishida olib borilayotgan maxsus fanlarning chuqur va asosli bo‘lishini taqozo etib, pedagog va olimlar zimmasiga yuksak vazifalarni yuklaydi. Tasviriy san’at fani umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan barcha maxsus fanlarning asosi hisoblanadi va ular orasidagi bevosita bog‘liqlikni ta’minlaydi. Tasviriy san’at fanidan yetarli bilim va malakalarni egallamay turib, talaba haykaltaroshlik, xalq amaliy san’ati va boshqa fanlarni yuqori darajada o‘zlashtira olmaydi. Tasviriy san’at – bu go‘zalliklar dunyosi. Uni tushunish va qabul qilish uchun eng avvalo tasviriy san’atning ifodaviy tilini o‘zlashtirish, uning turlari va janrlari haqida tushunchaga ega bo‘lish va rangtasvir texnikasi va texnologiyasi haqidagi bilimlarni egallashi lozim Shuning uchun ham tasviriy san’at o‘qituvchisi o‘z ish faoliyatida o‘quvchilarga faqat san’atning nazariy asoslari va uning ifodaviy tilinigina o‘rgatib qolmasdan, balki tasviriy san’at materiallari va asbob-uskunalari haqidagi ma’lumotlarni ham yetkazishlari juda muhim. Tasviriy san’atni o‘rganish, uning texnik asoslarini o‘rganishdan boshlanadi. Xuddi shu bilimlar tasviriy san’atning turli ko‘rinishlari bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishga sharoit yaratadi. Pedagogik Oliy ta’lim muassasalarining tasviriy san’at ta’lim yo‘nalishlarida va san’at maktablarida materialshunoslik va tasviriy san’at vositalariga kam e’tibor qilinadi. Bu esa ta’lim jarayonida juda katta uzilishlarga olib keladi. Ushbu o‘quv qo‘llanmada rangtasvirning rivojlanish jarayoni va ranglarning paydo bo‘lishi, tayyorlanishi haqida hamda turli grafik materiallar bilan tanishtirishni va rangtasvir texnikasi va texnologiyasining ijodiy imkoniyatlarini ochib berishni maqsad qilib qo‘yilgan. Grafik materiallarning xususiyatlari bilan tanishish ijodiy jarayonda muhim rol o‘ynaydi. Talabalar tasviriy san’atning texnik asoslarini o‘rganib bo‘lishganidan so‘nggina pedagog-rassom ularni qalamtasvir va rangtasvirga o‘rgatadi. Kimki rangtasvirni o‘rganmoqchi bo‘lsa, u doimiy amaliy mashqlar bajarishi va rangda har xil tajribalar o‘tkazib turishi zarur. Rangtasvir mashg‘ulotlari orqali yosh rassom-pedagoglar atrof-muhit, borliqni kuzatish, idrok etish, tahlil qilib to‘g‘ri tasvirlashni o‘rganishadi. Bu esa bo‘lajak pedagog-rassom kasbiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan grafik materiallarda tasvirlash texnikasini o‘zlashtirishida katta metodik yordam beradi. Bunday bilimlarni nazariy va amaliy jihatdan puxta egallash orqali talabada ijodkorlik xislatlari shakllanib haqiqiy pedagogik mahoratga erishishi mumkin. Yana shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, faqat kitobni o‘qish bilan mo‘yqalamda ishlash mahorati oshib qolmaydi. Ijodiy mahorat tinimsiz, uzoq vaqt amaliy mashqlar bajarish jarayonida o‘sib boradi. Amaliy mashqlar maqsadga yetishning eng to‘g‘ri yo‘li bo‘lsa, kitob esa undagi harakatlarni boshqaruvchi yo‘l ko‘rsatuvchi mayoq hisoblanadi. Rangtasvir materiallarini yaratish texnologiyasi amaliy kimyo asosida rivojlandi va ilmiy xarakterga ega. Bu texnologiyani rangtasvirchilar amaliy ish jarayonida yaratishgan va yillar davomida o‘rganishgan. Qadimgi davrlardan to hozirgi kungacha yangi tasviriy vositalarning rivojlanishi rangtasvir qonun-qoidalarini san’at, shuningdek hunarmandchilik sifatida ko‘rsatib kelgan.
|
| |