|
Kurs ishi maqsadi va vazifalari
|
bet | 2/12 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #239469 |
Kurs ishi maqsadi va vazifalari: Umumta`lim maktablari, akademik litseylar va kasbhunar kollejlarida darslarni yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib tashkil qilish davrning talabidir. Hozirgi vaqtda yangi pedagogik texnologiyalarning yuzlab turlari mavjuddir. Bu texnologiyalarni mavzularga qarab tanlab olish muhimdir. Mazkur kurs ishi Pastel bo`yoqlari haqida.Sangina bo`yog`i va ko`mir qalamlardan foydalanish haqida mavzusiga bag`ishlangan bo`lib, Rangtasvirning ilmiy negizini rangshunoslik fani tashkil qiladi.
Rangshunoslik bo'lg'usi rassomlarga ranglarni tabiatda hosil bo'lishi va tarqalishi masalalarini ularning atrof-muhit ta'sirida o'zgarib ko'rinishini, bo'yoqlarini tayyorlash va ulardan foydalanish yo'llarini o'rgatadi.
Kurs ishining obyekti: Pastel bo`yoqlari.Sangina bo`yog`i va ko`mir qalamlar.
Kurs ishining predmeti: Pastel bo`yoqlari haqida.Sangina bo`yog`i va ko`mir qalamlardan foydalanish orqali tasviriy sa`natning rivojlanishi haqida.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kirish, asosiy qism, 2 ta bob,
4 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yhatidan iborat.
I.Bob Tasviriy san’atning rivojlanish tarixi.
1.1 Pastel bo`yoqlari haqida.
Sangina intensiv jigarrang tusga ega, sangina mayda tuyilgan kuydirilgan siyenadan va chasov-yarskoy loyidan tayorlanadi. Sangina qalamlari iliq qizil va toʻq jigarrang tusli beradi.
Sanginadan foydalanilganda ishlash uslubi koʻmir qalam bilan ishlash jarayonida ega. Sangina bilan ishlash jarayonida amaliy ish bajarish uchun tehnik va mahoratga ega boʻlinadi. Sangina uchun tag asos qogʻozning barcha turlari va karton boʻlishi mumkun
Pastel ishlab chiqarish XV-asrda paydo bo'lgan.Pastel vositasi tomonidan eslatib o'tilgan Leonardo da Vinchi, bu haqda fransuz rassomidan bilib olgan Jan Perréal o'sha rassom 1499-yilda Milanga kelganidan keyin. Pastel ba'zan XVI-asr rassomlari tomonidan tayyorgarlik ishlari uchun vosita sifatida ishlatilgan, xususan Federiko Barokki. Pastel portretlarga ixtisoslashgan birinchi frantsuz rassomi Jozef Vivien. 18-asrda vosita uchun moda bo'ldi portret bo'yash, ba'zida govush bilan aralash texnikada. Pastel kabi rassomlar uchun muhim vosita edi Jan-Batist Perronno, Moris Kventin de La-tur (hech qachon yog'larga bo'yamagan), va Rosalba Carriera. Pastel natyurmort rasmlari va portretlari Jan-BatistSimyon Shardin shveytsariyalik-frantsuz rassomining asarlari kabi juda hayratda Jan-Etien Liotard. 18-asrda Angliyada taniqli amaliyotchi bo'lgan Jon 1Rassel. Yilda Mustamlaka Amerika, Jon Singleton Kopli portretlar uchun vaqti-vaqti bilan pastel ishlatilgan.
Pastel (fransuz. pastel — hamir) - rasm ishlashda foydalaniladigan qalamchalardan iborat turli ranglardan jamlangan qalam. Uning tarkibi presslangan pigment, kaolin, blanfiks, boʻr, charsov-yarskoy loy, oq kul kiritilgan. Qattiq va yumshoq pastellarni yaratish uchun pigmentlar suv va saqich biriktiruvchi xamir bilan maydalanadi, so'ngra prokatlanadi, bosiladi yoki tayoqchalarga siqib chiqariladi. "Pastel" nomi kelib chiqadi O'rta asr lotin tili pastellum, woad pasta, dan Kech lotin pastellus, joylashtiring. Fransuzcha so'z pastel birinchi bo'lib 1662-yilda paydo bo'lgan. Ko'pgina brendlar rangning gradatsiyalarini ishlab chiqaradi, ularning asl pigmenti qorong'i bo'lib, har xil miqdordagi aralashtirish orqali toza pigmentdan oq ranggacha. bo'r. Pigmentlarni tebesir bilan bu aralashtirish "rangpar rang" ga nisbatan "pastel" so'zining kelib chiqishi, chunki u odatda kosmetika va moda joylarda ishlatiladi. Pastel tayoqlarni abraziv zamin bo'ylab siljitib, qog'oz, qumtosh, polotno va hokazo donalarda rang qoldirib tayyorlanadi. Pastel bilan to'liq yopilganda, ish pastel deb nomlanadi. rasm; yo'q bo'lsa, pastel eskiz yoki rasm chizish. Pastel rasmlari, pigmentlarning eng yuqori konsentratsiyasiga ega bo'lgan vosita bilan ishlangan, qorong'ilashmasdan yorug'likni aks ettiradi sinish, juda imkon beradi to'yingan ranglar. Pastelda chizish materiallarni tayyorlashdan va kelajakdagi ijod uchun joydan boshlanishi kerak. Ushbu rassomning vositasi bir necha xil bo'lishi mumkin: quruq, moyli va mumsimon pastellar. O'z navbatida quruq, yumshoq va qattiq bo'lishi mumkin.
Uning xarakterli xususiyatlari - xira, nozik, yaltiramas baxmalsimon rangliklda, chunki boshqa materiallar rangtasvirda bu holatni bera olmaydi.
Qogʻozda pastel yaxshi turmaydi, salgina zarbaga ham tob bermay, toʻkilib ketadi. Shuning uchun pastelda ishlash uchun gʻadur-budur qumqogʻozga oʻxshash materiallar tag asosli boʻla oladi. Bundan tashqari, sotuvda maxsus pastel uchun tag sifati asosida maxsus qogʻozlar sotiladi.Ular turli rangda va turli tusda boʻladi, gʻadur-budurligi ham turlicha. Pastelni fikatsiya qilish uchun " Badiiy jamgʻarma " birlashmasi maxsus " lok fiksativlar " ishlab chiqargan.Ammo unda foydalanilganda pastelning xususiyat oʻzgarib, yaltiray boshlaydi. Shuning uchun ish jarayonining yakuniy qismida lok - fiksativdan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Chunki uning xususiyati oʻzgarib, koloritga oʻzgarish kiritadi va yaltirab qoladi.
Pastelda ishlash uchun planshet tayyorlanib bu planshetga qumqogʻoz tortib chiqiladi va qumqogʻozga koʻzda tutilgan rangtasvir bajariladi.
Rangtasvirlashda retushka - charmdan qalam shaklida ishqalagich tayyorlash kerak boʻladi. Agar retushkadan foydalanmasdan, barmoqda ishlanaversa, barmoq terisi yedirilib qonab ketishi mumkin.
Boshlovchi rassomlar uchun qalam shaklida quruq pastel eng mos keladi. Bu yumshoq yoki qattiq bo'lishi mumkin, siz ikkala turni ham olishingiz va ikkalasini ham chizishga harakat qilishingiz kerak. Bo'yoqlarni tanlashda dastlab nima bo'yalishini va buning uchun qanday rang sxemasi kerakligini tushunishingiz kerak .
Pastel sotib olayotganda siz bo'yoqlarning sifatiga va ishlab chiqaruvchiga e'tibor berishingiz kerak. Avvaliga biroz ko'proq to'lash yaxshiroq, lekin chizish uchun qulay bo'lgan mos materiallarni sotib olish yaxshiroqdir. Pastel bo'yashning nozik va nuanslarini bilib, mahoratni qadrlab, siz moyli va mumi pastellar bilan bo'yashga harakat qilishingiz mumkin. Ular amaliy texnikada bir-biridan farq qiladi, ammo ma'lum harakatlar bilan ayniqsa qiyin emas. Tasviriy sanatning paydo bo‘lishi, rivojlanish jarayonlari va insoniyatning ilk badiiy ijod namunalari ibtidoiy to‘da davriga borib taqaladi. G‘orlardagi devoriy rasmlar, toshdan va suyakdan yasalgan haykalchalar, tosh plitalardagi va kiyik shoxlari parchalaridagi naqshinkor estetik bezaklar shuni ko‘rsatadiki; san’at, hali inson badiiy ijodiyotini ongli ravishda tasavvur qilishidan birmuncha ilgari yuzaga kelgan. Sanʼatning yuzaga kelishi insoniyat taraqqiyotida buyuk bosqich bo‘lgan.
Jamiyat hayotining ruhiy va iqtisodiy asoslari endi shakllanayotgan bu davrni tarixchi va arxeolog olimlar o‘zlarining olib borgan tadqiqotlari natijasida tasviriy san’atning dastlabki yodgorliklari yuqori poleolit davriga oid ekanligini tasdiqlaydilar. Ularning yozishicha ijod namunalarinig shakillanishi ibtidoiy jamoa tuzumining nisbatan yetilishi, urug‘chilikning shakllanishi, matriarxatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. 2
Ibtidoiy san’atning ilk namunalarida ovchilik bilan shugʻullangan inson oʻz muhitini — ov manzaralarini aks ettirib gʻorlarning devorlariga, qoyatoshlar va boshqalarga ishlagan tasvirlarida (boʻyab, boʻrtma hosil qilib ishlangan), loydan tayyorlangan, toshni yoʻnib ishlagan haykallarida ovlanadigan hayvonlar (zubr, ot, kiyik, mamont, yovvoyi hayvonlar va b.), odamzotlarni (koʻproq ayollar)ni ifodalagan (Fransiyaning La-Ferrasi, Lasko gʻorlari, Ispaniyaning Altamira gʻori, Sahroi Kabirning Tassilin-Ajar degan joyidagi qadimgi odamlar yashagan qarorgoxlar va b.). Ibtidoiy sanʼatkorlar tasviriy sanʼatning hamma turlari (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik) ga mansub asarlarida hayotni sinchkovlik bilan kuzatganlari koʻzga tashlanadi. Odam va odamsifat maxluqlar, qoʻl izlari, chizma belgilar va boshqa tasvirlar kam uchraydi. Gʻordagi tasvirlar qora, qizil, sariq va jigarrang mineral boʻyoqlar bilan ishlangan, barelyef koʻrinishidagi tasvirlar kam, sodda realizmga xos haykaltaroshlik (odam va hayvon shakllari), badiiy (suyak va yogʻoch) oʻymakorlik namunalari paydo boʻlgan. Tabiat ibtidoiy afsonalarga asoslangan insoniy sifatlarga ega boʻlgan obrazlarda aks ettirilgan. Meʼmorlik rivojlanib, uylar yertoʻla tarzida dumaloq, toʻrtburchak shaklida qurilgan, bunday xonalarga uzun yoʻlaklar orqali kirilgan. Baʼzan xom-ashyolar sifatida yirik hayvonlarning suyaklaridan foydalanilgan.
B unday sanʼat namunalari Ukraina, Belorussiya,
Sibirdan koʻplab topilgan.
Ovchilikdan dehqonchilik va chorvachilikka oʻtilishi sanʼatda yangi anʼanalarni yuzaga keltirgan. Mehnatga munosabat va faoliyatining kengayishi natijasida odamlarning fikrlash doirasi ham kengaydi.
Qadimiy qabilalarning bir necha ming yillar davomidagi taraqqiyoti, ularning ko‘z qarashlari, qo‘l harakatlarining mayinlashuvi, asosiy va harakterli holatni ko‘rish, his qilish, tabiatga
xos shakllar uyg‘unligi va
go‘zallikni ilg‘ash qobiliyatlarini shakllantirgan. Tabiat hodisalarining eng sodda shakllariga ham hayratlanish hissi bilan qaragan odam uni o‘rgandi, o‘zlashtirdi. Natijada “obraz” tushunchasi vujudga kelib, ular so‘zda tasvirda, ohanglarda o‘z aksini topdi. Atrof-muhitdan o‘ylamasdan nus’ha ko‘chirish emas, balki tabiatni, hayotiy mehnat tajribalarini ijodiy ifodalash malakasi paydo bo‘la boshladi.
Qattiq jismlardan tosh, yog‘ochdan ishlangan mehnat quroli bilan ishlash jarayonida odamlar narsalarning xususiyatlari va turlari bilan tanishish, bo‘rtma va yuzaning o‘ziga hosliklarini aniq ilg‘ash hamda uni qabul qilishga o‘rgandilar. Bunda ovchilik hayvonot olamining xulq-atvorini kuzatish imkoniyatini berdi.
Odamlar mehnat jarayonida shakl tuyg‘usini his etib, ritm, simmetriya tushunchalarini о’zlashtira boshladilar. Ular mehnat jarayonida tabiat kuchlarini о’zlariga bо’ysundirdilar. Ishlatilayotgan buyumlarning shakli bajarayotgan mehnatlarini osonlashtirishi yoki qiyinlashtirishi mumkinligini tushundilar. Qulay mehnat qurollarining unumi ularda о’z qurollariga nisbatan mehr tuyg‘ularini uyg‘ota bordi. Ular о’z qurollariga bezak berish orqali о’zlarining mehrlarini izhor etishga harakat qila boshladilar. Odamlarda qulaylik va foydalilik tushunchalarining yuzaga kelishi voqelikdagi, hayotdagi gо’zallik va xunukliklarni his etish imkoniyatini rivojlantira boshladi. Inson madaniyati taraqqiyot olamiga qadam qо’ydi. San’atning yuzaga kelishi insonning obyektiv voqelik tо’g‘risidagi bilimlarining chuqurlashishiga, о’z avlodi tajribalaridan bahramand bо’lishga olib keldi. Bu uni tabiat kuchlariga qarshi kurashishga da’vat etdi, uning aqliy kamoloti, estetik qarashlari rivojini jadallashtirdi.
Ibtidoiy odam samarali ov natijasini bir-biriga bayon qilish natijasida, hayvonot dunyosining o‘ziga xos ajoyib harakatlarini ilg‘ay bordi va ularni tasvirlarda ham aks ettirish harakatini kashf qildi.
Tosh asri davri sanat asarlari tabiiy ehtiyoj tufayli vujudga kelgan bo‘lib, qadimiy odam kundalik mehnat faoliyatining in’kosi sifatida o‘z-o‘zidan tug‘ilgan dunyoqarashi natijasidir. Bu davrda inson hayoti mehnat qilish jarayoni, afsonalar majmui, san’at, sehr va ibtidoiy ilmiy tasavvurlar bo‘linmagan, yaxlit holda edi. Ibtidoiy odam o‘zini tabiatdan ajratmaydi, balki unga sehrli tasir etish mumkin deb hisoblaydi va buning asosida tabiatni sehr kuchi bilan o‘zgartirish mumkin degan fikr yuritadi.
Ilk insoniyat fikr va g‘oyalarida ov ko‘rinishlarini sahnalashtiruvchi ovchilar o‘yini, о’zlari yashagan makonlaridagi g‘orlarga, tog‘ qoyalariga, turli jonzotlarning terilariga, toshlarga chizilgan naqshlar, jonivorlarni tasvirlovchi chiziqlar afsunkor urf-odatlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular ibtidoiy odam tasavvuri bo‘yicha ovda muvaffaqqiyat qozonishni taminlashi kerak edi. Jonivorlarni tasvirlay bilishi asosida odamda xuddi ular ustidan g‘alabani qo‘lga kiritganday hissiyot mujassam edi. Bu fantastik fikrlashida insonning dunyoni egallashga bo‘lgan intilishi o‘z aksini topgan. Ushbu ilk ijodiy yaratuvchanlik jarayonida estetik tushunchaning dastlabki kurtaklari mavjud bo‘lib, shu asosda tasviriy sanat rivojlandi.
|
| |