|
II.Bob Sangina bo`yog`i va ko`mir qalamlardan foydalanish
|
bet | 4/12 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #239469 |
II.Bob Sangina bo`yog`i va ko`mir qalamlardan foydalanish.
2.1 Sangina qalamtasvirlarni ishlashda qo‘llanilishi.
Sangina qalamtasvirlarni ishlashda qo‘llanilishi ham foydali. U bilan har qanday tasvirni tez va ifodali qilib chiqarsa bo‘ladi, faqat buning uchun uning texnikasini egallash kerak bo‘ladi.
Ma’lumki, sanginaning to‘q jigarrang hamda qizg‘imtir jigarrang turlari bo‘ladi. Ularni ham tus berilgan oxrasimon rangli qog‘ozlarda unumli qo‘llash mumkin. Sanginani surkatib soyalarning katta-katta qismlarini yopish imkoniyati ham borligi ish rivojini tezlashtiradi. Yuqorida keltirib o‘tilgan barcha tasvirlash vositalarini uzoq muddatda bajariladigan, hamda tezkorlik bilan ishlanadigan qalamtasvirlarda birdek muvaffaqiyat bilan qo‘llash mumkin.
Odam qomatini turli holatlarda, vaziyatlarda harakatli ko‘rinishlarda interer muhiti sharoitida tasvirlash ancha murakkab vazifalardan hisoblanadi. Agar ular tez muddatda ishlanishi kerak bo‘lsa, tezchizgi lavhalari ko‘rinishida bo‘lsa, bir nechta tasvirni bitta qog‘oz sathida chiroyli kompozitsiyada joylashtirib bajarish ko‘p samara beradi. Chunki bunda har bir chizilgan har turli holatlarda turgan odamlar qiyofasi o‘zaro solishtirib ishlanadi, o‘lchamlari bir-biriga moslanadi va shuning natijasida tasvirlar guruhi bog‘langan mazmun kasb etib badiiy ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan barcha tasvirlash vositalarini uzoq muddatda bajariladigan, hamda tezkorlik bilan ishlanadigan qalamtasvirlarda birdek muvaffaqiyat bilan qo‘llash mumkin.
Odam qomatini turli holatlarda, vaziyatlarda harakatli ko‘rinishlarda interer muhiti sharoitida tasvirlash ancha murakkab vazifalardan hisoblanadi. Agar ular tez muddatda ishlanishi kerak bo‘lsa, tezchizgi lavhalari ko‘rinishida bo‘lsa, bir nechta tasvirni bitta qog‘oz sathida chiroyli kompozitsiyada joylashtirib bajarish ko‘p samara beradi. Chunki bunda har bir chizilgan har turli holatlarda turgan odamlar qiyofasi o‘zaro solishtirib ishlanadi, o‘lchamlari bir-biriga moslanadi va shuning natijasida tasvirlar guruhi bog‘langan mazmun kasb etib badiiy ko‘rinishga ega bo‘ladi. Inson qaddi-qomatini chizishga albatta tezkor tasvirlar ishlash, ko‘proq mashq qilish talab etiladi. Ayniqsa suratning qismlari nisbatlari, katta shaklning yaxlitligiga e’tibor qaratilishi kerak. So‘ng tana holati uning qanday harakat holatida namoyon bo‘layotganligi muhim bo‘lib, uni to‘g‘ri topish va aks ettirishi lozimdir.
O‘n to‘qqizinchi asrning oxirida, allaqachon unutilish darajasiga kelib qolgan tempera yana rassomlar ustaxonalariga qaytganida, Serov, Rerix, Golovin, BorisovMusatov singari taniqli rassomlar uni bajonidil ishlatishdi. Valentin Serov kartonga temperada ishlashni afzal ko‘radi va ba’zida uni guash bilan birgalikda ishlatadi. Ushbu materialdagi uning asarlari, ko‘plari mashhur tarixiy nashrga ishlangan rasmlardan iborat bo‘lgan, kichikligi va rangtasvirda bo‘yoq qatlamining zichligi bilan ajralib turadi.
Tempera bo‘yoqlari (10-rasm) bo‘yovchi moddalar (pigmentlar) va ularni bog‘lovchi moddalar (emulsiyalar)dan qo‘shib tayyorlanadi. Emulsiyaning tarkibiga qarab temperalar oqsilli, tuxum-sarig‘ili, tuxum-moyli, mumli va kazeinli xillarga bo‘linadi. Yelimli bo‘yoqlar va tempera o‘zining har xil turlari bilan XV asrgacha rassomlar uchun eng ma’qul va ommabop rangtasvir ashyosi hisoblangan. Tempera bo‘yog‘ida ishlashning asosiy usullari:
1) bo‘yoq aralashmasining oldindan tayyorlab olinishi;
2) kartinadagi ma’lum bir yuzaga tuslarni qo‘yish va tusning toza chiqishini ta’minlash maqsadida qo‘yilgan bo‘yoq chetini oldingi qatlam rangi bilan yedirib qo‘shib yuborish. Bunday ishlash kechki flamandlar usuli sanalib, shu jumladan Rubensga ham tegishli;
3) Qadimdan to Jorjone va Titsian davrigacha
amalda qo‘llab kelingan bo‘yoqni yuqa holatda surkab ishlash;
4) Qadimdan qat’iy prinsiplar asosida qo‘llanib kelinadigan usul -rangtasvirda soyalarni xarir va iliq tuslarda ishlash yoki ularga qarama - qarshi quyuq xamirsimon rang surtmalari holatda sovuq tuslarda ishlash;
5) Bo‘yoq ichidagi oldin qo‘yilgan bo‘yoq rangi yoki grunt rangining ko‘rinib turishiga erishish maqsadida ranglarni yupqa suyuq holda (harir parda ortidan ko‘ringani kabi) ustma – ust qo‘yish usuli.
O‘rta asrlarda yashab ijod qilgan nemis rassomlarining temperada ishlangan rangtasvirlarida asosan oq grunt qo‘llanilganligini ko‘rish mumkin. Ularning asarlarida rangtasvirdagi bo‘yoq qatlami 2-4 ta qatlamdan iborat bo‘lib, unda oldin qo‘yilgan ranglar va gruntning keyingi rang ostidan ko‘rinib, hayratlanarli darajada ranglarning optik aralashuviga erishilgan. Shunday qilib qalin xamirsimon holdagi quyuq qizil rang ustidan yuqa ko‘kish bo‘yoq qo‘yilib undan to‘q jigarrang tus hosil bo‘lishiga erishilgan. Neytral – kulrang hosil qilish uchun o‘sha qizil rang ustidan harir yashil rang qo‘yilishi bilan erishishgan. Shaffof sariq rangni yorqin qizil rang ustidan qo‘yib zarg‘aldoq rang hosil qilingan. Tillarangni ifodalash uchun issiq bargrangni qalin qo‘yilgan qizil (kinovar) ustiga qo‘yilgan. Bundan tashqari to‘q sariq ustidan qizil (kinovar) qo‘yish, tillarang va uning ustidan shaffof jigarrang qo‘yish bilan ham hosil qilishgan.
Tempera bo‘yoqlari bilan yaratilgan asarlar rang qatlami mustahkamligi bilan ajralib turadi, yorilib ketmaydi, tuslari o‘chmaydi, dastlabki holati, tiniqligini ko‘p yillar saqlaydi. Bunday sifat darajasini moybo‘yoqda ham bo‘lmasligini hisobga oladigan bo‘lsak temperaning afzalligini tasavvur qilishimiz oson bo‘ladi. Tempera texnikasi o‘zining rang-barang uslublari bilan ham moybo‘yoq rangtasviridan qolishmaydi. U bilan tezkor «Alla prima», quyuq surtma, lessirovka, ko‘p qavatli ishlov berish yo‘llarini ko‘plab uzoq muddatli rangtasvir ishlarni bajarish mumkin. Bunda moybo‘yoqdagi kabi bo‘yoq qurishini uzoq kutib o‘tirilmaydi, chunki tempera tezroq quriydi. Bir kundan keyin ishni yana davom ettirish imkonini beradi. Bo‘yoq qatlami bir tekis qurishi ham uning xususiyatlaridan biridir. Qo‘llab olingan mo‘yqalam bilan ishlangan sath ustidan bir tekis surkab o‘tish ranglar orasini yumshatib uyg‘unlik kasb etadi. Temperada juda yorqin, shu bilan birga juda nozik rang xususiyatga ega bo‘lgan turli uyg‘unlikdagi rangtasvirlarni bajarish mumkin.
Tempera asosan keng miqyosda mahobatli (monumental) rangtasvir asarlar yaratishda qo‘llanadi. Ular devorning katta-katta sathlarida tasvirlar yaratishda qulay vositadir. Temperada natyurmortlar ishlansa ham ajoyib chiqadi. Chunki u bilan juda tiniq, chiroyli tasvirlar ishlashga erishish mumkin. Buning uchun natyurmortdagi «aksesuarlar» - qo‘yilmalar ham yorqin ranglilarini topib, muvofiqlashtirib tashkil qilinishi kerak. Guash va temperada tasvirlar ishlashda maxsus ularga moslangan Ashe, jihozlar kerak bo‘ladi. Avvalo bo‘yoqning o‘zi sifatli bo‘lishi talab etiladi.
Temperada ishlash uchun material gruntlanishi lozim. Ular qog‘ozda, kartonda, matoda, faner yoki taxtaga surtib tayyorlanadi. Buning uchun asosan elimdan foydalaniladi. Eng yaxshi asos bo‘lib maxsus tayyorlangan gruntlangan mato xizmat qiladi. Uni xuddi moybo‘yoq texnikasiga tayyorlanadigan mato singari ishlovdan chiqariladi. Tempera uchun yassi va dumaloq ko‘rinishdagi yumshoq, yarimyumshoq, shuningdek dag‘al mo‘yqalamlar ishlatiladi. Palitra ham yuzasi chuqurroq plastmassadan yoki chinnidan yasalgan bo‘lishi kerak. U chetlari bukib tayyorlangan va emal surtilgan metaldan tayyorlangan bo‘lishi ham mumkin. Shundan undagi suyuqroq qorishtirilgan bo‘yoqlar oqib ketmaydi.
Palitraga chiqarilgan bo‘yoqlar ishlash tugagach usti nam latta bilan olib quyib saqlanadi. Shunda u keyingi safar ishlatishgacha qurib qolishdan saqlanadi. Sous
Sous (12-rasm) sabzavotli yelim yoki loy qo‘shilgan holda piyozdan siqilgan silindrsimon tayoqchalar shaklida tayyorlanadi. Sous bilan ikkita usulda chizishingiz mumkin. “Quruq” usulda chizish maydalangan sous kukuni bilan amalga oshiriladi. Qorong‘i joylarning ohang kuchiga sousni qayta qo‘yish orqali erishiladi. “Ho‘l” usul quyidagicha: maydalangan sous kukuni suv bilan kerakli mustahkamlikka qadar suyultiriladi. Dastlab, cho‘tka bilan o‘rta to‘yingan eritma o‘ziga xos va tushadigan soyalarni qoplaydi, keyin zaif eritma shakl va atrof-muhitning katta qismlarini qoplaydi. So‘ngra tasvirni retush qalamida ishlansa, o‘chirg‘ichdan ham unumli, bilib foydalanilsa har qanday o‘quv-mashq vazifani namunali va chiroyli qilib chiqarish mumkin. Tasvirning eng yorug‘ qismlarini o‘chirg‘ich yordamida ustalik bilan o‘chirib bo‘rttirilsa, eng to‘q soyalarning sathi qora sous bilan bo‘yab yopilsa ish hajm tomondan juda fazoviylik kasb etadi. Shunday qilib, “ho‘l” sous bilan ishlash usuli akvarel texnikasiga (grizayil) o‘xshaydi. Siz sous bilan birgalikda ishlashingiz mumkin.
Tush - bu qora suyuqlik, ishlatilgan retseptga qarab uni san’at bozorida ikkita asosiy turda sotib olish mumkin: suvga chidamli va suvda eriydigan. Ishlab chiqaruvchilar boshqa tarkibiy qismlarning tarkibidagi pigment foiziga qarab har xil turdagi qora rangdagi tus ishlab chiqaradilar. Ularning orasidagi eng muhim farq ularning yengilligi darajasidir. Tarkibi, uning tarkibiga qo‘shilgan shellak yoki jelaten tufayli suvga chidamli (lak ishlab chiqarishda ishlatiladigan ingichka plitalar yoki yoriqlar ko‘rinishidagi material). Ushbu tush eng bardoshli hisoblanadi. Uni suv bilan suyultirish mumkin, suvga chidamli xususiyatlar faqat to‘liq quriganidan keyin paydo bo‘ladi. Suvda eriydigan tush suv bilan yaxshi aralashadi (masalan, tonna gradatsiyasida), lekin quriganidan keyin suv bilan yuviladi va unchalik bardoshli
|
| |