-bob. Tasviriy san`atning rangtasvir turida natyurmort janri




Download 21,87 Mb.
bet2/13
Sana15.05.2024
Hajmi21,87 Mb.
#236248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Гулшан

1-bob. Tasviriy san`atning rangtasvir turida natyurmort janri
1-1. Natyurmort janri va uning rivojlanish bosqichlari
Barcha san`at turlarida bo`lgani kabi tasviriy san`atda ham janrlarga ajratish mavjud. Tasviriy san`at turlari ichida janrlarga ajratish rangtasvirda yaqqolroq namoyon bo`ladi. Tasviriy san`at asarlarini janrlarga ajratishda, odatda ular nima tasvirlanganligi asos qilib olinadi. Shunga ko`ra rangtasvir asarlarini natyurmort (narsa-buyumlar tasviri), peyzaj (tabiatni tasvirlash), portret (inson tasviri), syujetli-tematik kartina (hayot hodisalarini tasvirlash) kabi janrlarga ajratish mumkin. Bu janrlar o`zining ichki bo`linishi – janr ko`rinishlariga ega bo`lib, misol uchun natyurmort janrida gullar, meva va sabzavotlar, oziq-ovqatlar, turli predmetlar tasviri, peyzajda qishloq manzarasi, shahar manzarasi, industrial peyzaj va peyzaj-marina, portretda parad, intim, guruhli, syujetli-tematik kartinalarda tarixiy, batal, maishiy, animal, inter`er kabilardir.
Natyurmort so`zi frantsuzchadan olingan bo`lib, “jonsiz tabiat” degan ma`noni anglatadi. Tasviriy san`atning natyurmort janrida gullar, mevalar, sabzavotlar, qushlar, baliqlar, oziq-ovqatlar, turli buyumlar tasvirlanadi.
Bu janr VII-asrda Gollandiya va Ispaniyada vujudga kelgan.1
Natyurmort janrining rivojlanish bosqichida uning ikki xil tipi tarkib topgan. Birinchisida tasvirlangan narsalar o`zlarini go`zalligi, rangi, shakli, fakturasi haqida ma`lumot bersa, ikkinchisida natyurmort o`zi haqida emas, balki u bilan bog’liq shaxs ya`ni egasi haqida ma`lumot beradi. Bunday natyurmortlarda inson aks etmasada, lekin uning didi, ijtimoiy mavqei sezilib turadi.
Natyurmort janrining rivojlanish bosqichida golland rassomlarini hissalari katta bo`lganligini qayd etish lozim. Natyurmortlarni ya`ni turli buyumlar, gullar, meva-sabzavotlarni, qushlar, baliqlar va boshqalarni alohida, qunt bilan aks ettirilishi ildizlari O`rta asrlarning Uyg’onish davriga boradi. O`sha davrlarda yashab ijod etgan rassomlarni ishlarida buyumlarning shakli, materialini berish uchun, ularni alohida, qunt bilan sevib tasvirlanishi natyurmort janrini vujudga kelishiga asos bo`ladi. Golland rassomi Iosa van Kieve (1461 – taxminan 1540 y.) o`zini “Madonna chaqaloq Iso bilan” kartinasida2 chaqaloqning oyoqlari ostidagi gulli shohcha, apelsin va pichoqchani, Madonnani qo`lidagi gulni alohida, qunt bilan tasvirlaganini ko`rish mumkin.
Bunday tasvirlarni Kventin Masseys (1465-1530) kartinalarida ham uchratish mumkin.
Shuningdek, Marinusa van Reymersvalening (taxminan 1493-taxminan 1570 yillar) “Ehson yig’uvchilar” kartinasida3 ehson yig’uvchilarga xos xarakterlarni tasvirlash bilan birga rassom stol ustidagi tangalarni aniq qilib tasvirlaydi. Lekin yuqoridagi kartinalarda tasvirlanganlarning hammasi kartinani to`ldiruvchi detallari sifatida aks ettirilganligini aytib o`tish lozim.
Natyurmort janrini tasviriy san`atning janri sifatida tarkib topishida golland rassomi Piter Artsenani (taxminan 1508-1575) hissasi ulkan hisoblanadi.

Uning ishlarida natyurmort janrini elementlari yaqqol ko`zga tashlanadi. Ioaxima Beykelarani (taxminan 1530-taxminan 1573 yillar) kartinalarida ham shu holatni kuzatish mumkin.
Golland rassomlari natyurmort janrini boshlang’ich bosqichida tabiat va buyumlar dunyosining go`zalligi, turli-tumanligi, boyligini ochib berishga xarakat qilgan bo`lsalar, keyingi bosqichlarida tasvirlanayotgan ob`ektlarni asosiyga bo`ysundirishga urunganliklarini kuzatiladi. Piter Klos (1597-1661 y.) va Villem Klasa Xedini (1594-1682 y.) kartinalarida natyurmort janrini katta imkoniyatlarini ko`rish mumkin. Ular yaratgan kartinalarda faqat natyurmort elementlarni ko`rish mumkin.
Piter Klasni 1653 yilda yaratgan “Baliqli nonushta” kartinasi boshqa kartinalardan tubdan farq qilib, unda tasvirlangan idishlarni shakli, ularda aks etayotgan yorug’liklarni rassom o`ta noziklik bilan aks ettira olgan. Ayniqsa, kartina markazidagi uzun idish(ryumka)ni alohida ta`kidlab chizilganligi e`tiborga loyiq.4
XVII-asrdagi golland tasviriy san`atini qiziqarli tomonlarini biri har bir shahar va xududlarda ijod qilayotgan rassomlarni ishlarida bir-biridan farq qiluvchi o`ziga xos tomonlari, ular tomonidan yaratilgan maktablarni yo`nalish va uslublarini turli tumanligidadir. Bu turli tumanlik natyurmort janrida yaratilgan asarlarda ham o`z aksini topgan. Middel’burgda “Gullar bilan mevalar” natyurmorti ko`proq tasvirlansa, Xarlemomda “Nonushta” natyurmorti, Gagada esa “Baliqli” natyurmortlar keng ommalashgan. Gaagada baliqli natyurmortlarni ko`p tasvirlanishiga sabab, bu shaharni bevosita dengizga yaqinligi bilan izohlanadi.
Piter de Pyutterni (1600 gacha-1659) “Stol ustidagi baliq va ko`za” natyurmorti baliqli natyurmortiga misol bo`ladi.

Unda tasvirlanayotgan narsalar jigarrang tusda bajarilgan bo`lib, detallar bitta parallel chiziqda joylashgan. Bu esa kartinani qiziqarli chiqishiga sababchi bo`lgan.5
Ispaniya bilan 1648 yilda Myunstersk tinchlik shartnomasini imzolanishi Gollandiyada burjua qatlamini mustahkamlanishiga olib keldi. Bu esa golland san`atida yangi davrni boshlanishiga sabab bo`ldi. Yangi dengiz yo`llari va yangi yerlarni ochilishi, yangi yerlarni yer osti va yer usti boyliklari hisobiga boyib olgan burjua qatlami Ispaniyaga qarshi ozodlik kurashi davrida qo`lga kiritilgan demokratik tamoyillarni yo`qqa chiqaradi. Oddiy turmush tarzidan endi bu qatlam dabdabavozlikni ustun qo`ya boshlaydi. Yuqoridagilar natyurmort janrida yaratilgan asarlarda ham o`z aksini topadi. Asarlarda rassomlar oddiy natyurmortlarni emas, balki disertli nonushtani tasvirlay boshlaydilar. Bunday dabdabali nonushtalarda, turli-tuman qimmatbaho idishlar, chinni buyumlar, ko`proq tasvirlana boshlagan bo`lsa ham, lekin golland rassomlari bu kartinalarda yorug’lik, rang tuslarini aks ettirishda katta yutuqlarga erishganlar. Villem Kal’f (1619-1693 y.) Rotterdamda tug’ilib, 1640-1646 yillarda Fransiya bo`ylab sayohat qilib, Amsterdam shahrida yashab ijod etadi. Uning “Dissert” natyurmorti Sankt-Peterburg shahridagi Davlat ermitajini noyob eksponati sifatida bugungi kunda e`zozlanadi. “Dissert” natyurmorti issiq ranglar gammasida ishlanganligi bilan xarakterlanadi. Bu esa Kal’f ijodida Rembrantni ta`siri kuchli bo`lganligini anglatadi.
Yevropaga Turkiyadan keltirilgan lola piyozlari, XVI-asrning ohirida Gollandiyada lolalarni o`stirish juda keng urf bo`lishiga olib keldi. Gollandiya mustamlakalaridan keltiriladigan janubiy tsitrus mevalar rassomlar ijodini markazida bo`ladi. Golland rassomlari bunday gullarni, mevalarni o`z kartinalarida sevib tasvirlay boshladilar. “Gullar” mavzusidagi natyurmortlar Yana van Xeysumni (1682-1749) ijodida yorqin aksini topgan. Uning “Gullar” natyurmortida6 (1722 y.) tosh vazada gullar tasvirlangan. Bunda rassomni nozik ijodkorlik iqtidorini ko`rish mumkin. Chunki vazadagi gullarni pastki qismida yirik, yuqori qismida maydaroq bo`lgan gullarni joylashtiradi. Shu bilan birga rassom noyob gullar bo`lgan atirgul, lolalarni aniq qilib tasvirlaydi.
Golland rassomlari gullarni tasvirlash bilan birga ov qurollari, ov o`ljalarini o`z kartinalarida tasvirlaganlar. Bunday natyurmortlarga Iogannesa Lemansni (taxminan 1633-1687 y.) “Ov” natyurmorti, Ferdinand Bolni natyurmortlari, Mil’xior de Xondekuterni (1636-1695 y.) “Ov o`ljalari” natyurmorti misol bo`la oladi.

Natyurmort janri rivojlanishida golland rassomlarini xizmatlari katta bo`lganligi, ularni asarlari jahon san`atini durdonalariga aylanganligi butun dunyo san`atshunoslari bugungi kunda ham katta qoniqish bilan e`tirof yetib kelmoqdalar.
XVII-asrda Ispaniya rangtasvirida katta o`zgarishlar yuz berdi. Ayniqsa, natyurmort janrini vujudga kelish jarayonida, buyumlar dunyosiga rassomlar tomonidan qiziqish, ularning go`zalligi, shakli, inson hayotidagi o`rnini tasvirlashga turtki bo`ldi.
Ispaniya rassomlari uchun tasvirlanayotgan natyurmortida, ular avvalo o`zini go`zalligidan tomoshabin bahra olishi, uning inson hayotida tutgan o`rnini tasvirlash muxim omil bo`lganligini ta`kidlash lozim. Bunday xususiyatlarni ispan rassomi F.Surborana natyurmortlarida ko`rish mumkin.
Natyurmort janrini rivojlanishida Sharden Jan Batist Simeonni xizmati katta. Uning “San`at timsollari” natyurmorti (1766 yil, moybo`yoq, xolst, Davlat ermitaji, Sankt-Peterburg)7 juda mashhur. Bu natyurmort markazida haykal joylashtirilgan. Qolgan narsalar unga bo`ysundirilgan bo`lib, san`at timsoli sifatida e`tirof etiladigan buyumlar bitta parallel chiziqqa joylashtirilgan. Bu natyurmortni kompozitsiyasi mukammal hisoblanadi, uning tomosha qilgan kishi san`at timsollari orqali o`ziga kerakli ma`lumotlarni oladi.
Natyurmort janrida rus rassomlaridan P.P.Konchalovskiy, I.I.Mashkov, V.F.Stojarov, A.Yu.Nikich kabi rassomlar samarali ijod etganlar. Bu rassomlar natyurmort janrini o`ziga xos tomonlarini aks ettirish bilan birga, uning rangtasvirdagi o`rni katta bo`lganligini ko`rsatib berganlar. I.I.Meshkov o`z natyurmortlarida ona tabiat ne`matlari go`zalliklarini ajoyib tarzda bera olgan. U hatto o`z natyurmortlarida non tasvirini yaratish uchun nonvoylar uchun alohida buyurtma berganligi haqida zamondoshlari e`tirof etganliklarini qayd etish lozim.
V.F.Stojarov natyurmortlarida tabiatdagi o`simlik mevalari, qishloqdagi maishiy turmush buyumlarini go`zalligi, shakli, ulardagi inson omili haqida ma`lumot olish mumkin.
Natyurmort janri – rangtasvirdagi eng maroqli janrlardan biridir. Natyurmortdagi tasvirlangan narsalar o`zini mazmundorligi va zamonaviyligini ham ko`z-ko`z qiladi.
O`zbek tasviriy san`atida natyurmort janrida ijod qilgan rassomlardan N.Kashina, Z.Kovalevskaya, R.Ahmedov, M.Kurzin, A.Lunev, V.Ufimtsev, O.Tatevosyan, S.Kolibanov, E.Melnikov, V.Burmakin, Yu.YYelizarov, Yu.Taldikin, R.Choriyevlar ishlarini ta`kidlab o`tishimiz lozim. Shuni qayd etish lozimki, yuqoridagi rassomlardan tashqari natyurmort janrida ijod qilgan boshqa rassomlar ko`plab topiladi, biroq ularni ishlari ommaviy-axborot vositalarida yoritilmaganligi, ko`rgazmalarda qo`yilmaganligi sababli biz uchun noma`lumligicha qolmoqda, ularni ijodiga keng tarzda izoh berish, kelgusida san`atshunoslar e`tiboriga bog’liq. Chunki natyurmort janrining imkoniyatlari bugungi kunda ham o`z mavqeini hali yo`qotgani yo`q. Mustaqillikka erishganimizdan so`ng mamlakatimizda madaniyat, ma`naviyat yo`nalishlariga keng e`tibor qaratildi. Milliy istiqlol g’oyasini asosiy g’oyalaridan biri bo`lgan komil inson g’oyasi asosida yoshlarni barkamol estetik jihatdan tarbiyalashda tasviriy san`atning o`rni kattadir. Natyurmort janri yuqorida ta`kidlab o`tilgandek, yoshlarni estetik barkamol qilib tarbiyalashda asosiy vositalardan hisoblanadi.
O`zbekistonlik rassom A.Lunevning “Kartoshkagul”8 (mato, moybo`yoq, 62x77, 1972 yil) natyurmortida tasvirlangan gullar kishiga estetik jihatdan zavq bag’ishlaydi.
S.Kolibanovning “Palov masallig’i” (1971 yil) natyurmortida o`zbek milliy taomi bo`lgan palov masallig’lari tasvirlangan. Kartinaning markazida to`g’ralgan sabzi taxtakach ustida aks ettirilgan va boshqa masallig’lar unga bo`ysidrilgan. Kartinani tamosha qilar ekansiz, palov qanday tayyorlanishi ko`z oldingizdan o`tadi.
Z.Kavalevskaya “Gulchilar” natyurmortida (1968 yil) gullar bilan birga o`zbek amaliy san`ati buyumlari tasvirlangan, bu tasvirni rus millatiga mansub rassom ishlaganiga kishi ishonmaydi, chunki unda tasvirlangan hamma narsa o`zbekona tarzdadir.
Yuqoridagi rassomlardan tashqari E.Melnikov (“Anor” natyurmorti, 1964 yil), Yu.Yelizarov (“So`zana” natyurmort, 1957 yil) kabi rassomlar natyurmort janrida samarali mehnat qilganlar.
Hozirgi zamon O`zbekiston tasviriy san`atining natyurmort janrida barakali ijod qilayotgan rassomlardan biri Laylo Salimjonovadir.
Laylo Salimjonova 1936 yilda Samarqand viloyatining Urgut shahrida tavallud topgan. U teatr va rassomchilik institutini 1963 yilda tugatib, 30 yil davomida “Saodat” jurnalida ishlaydi. Shu bilan birga “Guliston” jurnalida ham faoliyat yuritadi. Bu yillar davomida iste`dodli rassom O`zbekiston Rassomlar uyushmasining a`zosi bo`ladi. O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi unvoniga sazovor bo`ladi.

Laylo Salimjonova gullarni juda sevadi. Uning “Xrizontema natyurmorti”, “Oq gullar”, “Moviy fondagi natyurmort”, “Xrizontemalar” kabi asarlarini kuzatib, gullardagi go`zallik – rassom ijodining asosiy mavzusi deyish mumkin.
1991 yilda yaratilgan “Xrizontemalar” nomli natyurmortida rassom gullarning guldonda tartibsiz joylashuvi, ularning issiq rangli fonda jilolanishi hamda qisman ko`ringan stolning perespektiv holati orqali asar kompozitsiyasini yaxlit namoyon etadi.
Laylo Salimjonova moyqalamiga mansub asarlar Angliya, Iordaniya, Isroil, Hindiston kabi mamlakatlarga yyetib borgan. Uning “Qora qahva” nomli natyurmorti esa angliyalik mashhur kolleksioner tomonidan sotib olingan. Laylo Salimjonova yurtimiz rassomlarining keksa avlodiga mansub bo`lishiga qaramay, hanuzgacha ijod bilan band.9
Bugungi kunda o`zbek rassomlari natyurmort janriga oid kartinalarida buyumlar dunyosini tasvirlash orqali, hayotni diqqat bilan kuzatadilar, davrning yuragini tepishini payqaydilar va hozirgi vaqtda butun insoniyatni hayajonga keltiradigan va qiziqtiradigan mavzular bilan katta masalalarni yyechimini sabot bilan izlamoqdalar.

Download 21,87 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 21,87 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Tasviriy san`atning rangtasvir turida natyurmort janri

Download 21,87 Mb.