II-bob. Natyurmort kompozitsiyasini tuzish




Download 21,87 Mb.
bet4/13
Sana15.05.2024
Hajmi21,87 Mb.
#236248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Гулшан

II-bob. Natyurmort kompozitsiyasini tuzish.
2.1-§. Natyurmort ishlashda ketma-ketlik
Mazmunli natyurmort asari yaratish fikri musavvir hayolida uzoq davom etgan kuzatishlar yoki biror narsadan ta`sirlanishi natijasida paydo bo’lishi mumkin. Ijodkorning ko’z ongida bo’lajak asar-natyurmort gavdalanadi. Unga mos narsalar tanlanib, homaki eskizlar chiziladi. Eskizlar asosida kompazitiya yaratiladi.

  1. Mavzu tanlash.

  2. Natyurmort mavzusiga mos narsalar va gazmol matolar tanlash.

  3. Buyumlarning shakl tuzilishi, rang va tasvirni bir-biriga monand joylashtirish.

  4. Natyurmortni katta-kichikligi, hajmi va yaratilish xususiyatlariga ijodiy yondashish.

Natyurmort tuzulish maqsadiga qarab o’quv va ijodiy bo’lishi mumkin. O’quv natyurmortlari ijodiy natyurmort farq qiladi. O’quv natyurmorti ma`lum dastur talabini o’rganish uchun bajariladi.
Rangtasvir asari buyumlarning barcha xususiyatlari, shakl va rangi,qattiq-yumshoqligi, sirtining yaltiroq yoki xiraligiga qarab tasvirlanadi. Haqqoniy tasvirlangan natyurmort asaridan mevaning mazasi, gullarning hidi kelib turadi. Bunga erishish uchun rangshunoslik nazaqriyasini, bo’yoqlarining xususiyatlarini yaxshi bilmoq kerak, tasvir va natura orasida nisbat-uyg’unliklarini to’g’ri ifodalay olish talab etiladi.
Natyurmortda narsa, buyumlarning yorug’-soya kuchlarini farqlashni o’rganishda, bir hil rangdan foydalanib grizayl usulida bajarish maqsadga muvofiq.
Grizayl usulada akvarel, guash, moy bo’yoq va bashqa materiallardan foydalanish mumkin. Grizayl odatda to’q rang tanlab olinadi.
Natyurmortning qalam eskiziga muvofiq, narsa va buyumlarning chiziqli rasmi bajariladi.
Qog’oz orasida kompazitsiya aniqlab chegarasi belgilab olinadi. Agar rasm kir bo’lib qolsa uni yangi qog’ozga biror yoritish moslamasi orqali ko’chirib olish mumkin. Bu bosqichning vazifasi, narsaning eng yorqin joyi, soya, yarim soya, rafleks, buyumning tushuvchi soyalari aniq chiziqlar vositasida belgilab olishdan iborat.
Natyurmortda rang munosabatlarini aniqlash. Narsaning asl rang tuslarini toza-yorqin birligi qatlami bo’yaladi. Yuzada har bir buyum shakli mayda bo’laklarsiz umumiy yahlit hajmi bo’ylab boriladi. Suvbo’yoq bilan ishlashda oq bo’yoq sifatida qog’ozning o’zidan foydalaniladi.
Natyurmort usutida ishni format tanlashdan boshlash tavsiya etimaydi. Balki o’zaro bog’liq holatdagi predmetlar sifatidan tasvirlanadi. Faqat homaki tasvirlar bajarib olingandan so’ng predmetlardan kiyin format tanlanadi.
Ba`zan format tanlashda joylashtirishdan foydalaniladi va u yordamida tomonlari nisbati aniqlanadi. Rassom joylashtirish bilan goh naturaga yaqilashadi, goh undan uzoqlashadi va nihoyat bir masofa va birxolatda to’xtaydi. Joylashtirish yordamchi moslama sifatida tasvirli kattaligini topishda va predmetlar atrofida qancha bo’shliq joy qolishini topishda ishni qaysidir darajada yengillashadi. Formatni konkretlash naturani nisbatlarini asosiga bog’liq bo’ladi. Asarni kenglik va balandlik o’rtasidagi farq katta bo’lmasa, kvadratga yaqin format tanlanadi. Shuningdek bu predmet format tanlashda chizuvchining natyurmortni ifodalashda qanday g’oyalarini nazarda tutganligiga ham bog’liq holda qo’llaniladi. Ba`zan predmetlarni balandligi ataylab qisqartiladi, ya`ni joylashtirishda shunday siqiqlik zarur bo’lib qoladi. Xuddi shu narsani natyurmortning gorizontal va vertikal siqiqligi haqida ham aytish mumkin.
Formatni tanlashni nozik tomonlaridan biri o’ng yoki chap tomondan quyi yonining aniqlashtirish yoki predmetlaning baland va past tomonlaridan qoldirilishiga ham bog’liq. Bu esa kompazitsiya markazini aniqlab olishda juda ahamiyatlidir. Asoiy predmtlar atrofidagi bo’sh joyning bo’lishi ularning fazaviy bo’shliqda qanday joylashganligiga ham bog’lidir.
Tajribalardan ma`lumki asosiy predmetlar to’plamini ikkinchi planda joylashmoq ma`quldir.
Bunda tasvirning kattaligi bir necha marotaba qisqaradi. Shu bilan, birga birinchi planda kartina tekkisligining chuqurligiga bo’lgan fazaviy prepektiva ham saqlanadi. Shu sababdan ham tajribala rassomlar kartina tekisligining olchmiga va unda tasvirlanuvchilarga katta ahamiyat beradilar. Xaddan ortiq mayda tasvirlash bo’shliq ichida o’zining ahamiyatini yo`qatadi. Demak muvoffaqiyatli kompazitsiya deb asoiy massa ikkinch darajaga planda joylashgan tasvirni hisoblaymiz. Kiyingi masala bu kompazitsiya markazi bunda bo’sh joydan shu tomonga aralash holda, qarshi tomonga surilib qolishi ham mumkin. Bu holatda natyurmortning o’sha qismi og’irlashgandek ko’rinadi va bunda kompazitsion muvozanat buziladi. Bundan tashqari real borliqni inson tomonidan idrok etishni chalkashtiradi. Kompazitsion markaz aksariyat hollarda tasviriy maydonning geometrik markazi bilan mos kelmaydi, lekin kartina tekisligida undan uzoqroqqa joylashtirilmaydi ham. Kompazitsion markazi u yoki bu tomonga joylashtirilgan xolatlarda muvozanat ikkinchi darajali predmet, detallarini kirlanishiga oib keladi, tonal kontrastlarni izlab ikkinchi darajali qismlarini joylashgan holda rang va tonal kontrastlarini izlash mazmunli kompazitsion markazni muozanatga keltirish bilan ham belgilanadi.10
Agar har qanday pastanovkani ko’rgazmali turli nuqtada va ko’rish darajaining taxlil etadigan bo’lsak, issiq ravshan ko’rish mumkinki, natyurmot har safar har xil tasavvur bo’ladi. Birinchidan predmetlar to’plamini balandlik va tenglik nisbatlarini kattaligi o’zgaradi. Ikkinchidan predmetning yoritilganligi yorug’ va soyalarni o’zgarihiga olib keladi. Masalan naturaning soya tomoni yetarli yaxlid ko’rinadi, yoriq tomono xam bo’lib qoladi. Buning utiga soya va yoruq joylari natyurmot kompazitsiyaini umumiy xolatga, shuningdek uning ko’rih muvozanatiga yetarli ta’sir ko’rsatadi.
Ko’rish o’lchami gorizontal tekkislikning ko’rish darajasi hisoblanadi. Gorizontal tekkislikni ko’rish darajasini hisoblanadi. Ancha ochiq gorizontal tekislik fasat tekkisligini qo’shadi, fazoda detallarni aniqroq ko’rishda natyurmotdagi komponentlarni ritmini yetkazib olishga imkon beradi. Fazoviy chuqurlik har bir predmetning prespektiv o’zgarishlari ham kuchayadi.
Baland gorizontal kompaiztsiyada butunlay boshqacha xarakterda bo’ladi.
Ko’rish nuqtasi past olinganda bunda predmetlar chuqurlikda qattiq qisqargandek tuyuladi va predmetlar baland bo’lib ko’rinadi.
Kompazitsiyanda ishlatishni kiyingi bosqichi ancha aniq rang va ton munosabatlarini tanish natyurmotlarni yaxlitligini saralagan holda kompazitsion markaziy ifodaviylikni kuchaytirishni ko’zda tutiladi.
Tasvirning ifodaviyligi konstratlar qonuni namoyon qilish bilan uzviy bog’liq bo’ladi, qaysiki o’z navbatida u borliqning insonning bilish va idrok etihning xususiuyatlari asoslanadi. Rang va ton, shakl va o’lcham kontrastlatri to’liq ma’noda natyurmot janriga xos va to’liq ishlatiladi. Shu sababli uning ifodasini asoslari sifatida naturadagi kontrastlarni taqqoslab chiqishi va uni eskiz tiliga ko’chirshi talab etiladi.
Natyurmortlarni tonal yechimi odatda yorug’ yuzada to’q predmetlar kontrati yoki aksincha to’q yuzada yorug’ predmetlarni qo’lash ko’riladi.
Asosiy to’plam kompazitsion markazni tashkil qiluvchi xolatlarda tasavvur qoladi. Pastanovkani qolgan qismlari sust kontratlik tasavvurlanadiki, bir tomondan kompazitsion markaz bo’rttiriladi va atrofdagi detallar va qismlar kuchiklantiriladi. Boshqa tomondan ikkinch darajalilarni fon va fazoviy planlar bilan bog’lanadi. Bu bilan o’rab turgan vositalar yozuvchi (trantovk), markaz inteuzimi bo’lib, quvvatlash bilan tomoshabinga kartina tekkisligida fazoviy chuqurlikka kuchaytirib ko’satiladi.
Natyurmortda soyani va kompazition markazni ifodalashda rang kontrastlari ham kam ro’l o’ynaydi. Rang yechimini ham tonal yechim u yoki bu kontrastlarni nafaqat aniqqlab gina qolmay, balki yorqinlik darajasini yoritilgan diopazoni bo’yicha (eng yorug’dan eng to’qlikkacha) yoki ranglarni o’z rangida to’yimliligini intevsevligini nazarda tutadi. Bunday holda yonma-yon turgan predmetlardan reflekslari aniq tasavvur etiladi. O’rab turuvchi sharoit va tushuvchi soya va boshqalar.
Natyurmort tasvirlar ekan doimo kompazition makazni yodda tutmoq kerak. Shuning uchunki kartinani kompazitsion yaxlitligini yo’qotishga olib keluvchi tarqoqlik vujudga keltiruvchi narsa bir xillikdagi rang va tonal kuchlikda tasvirlanadi



Download 21,87 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 21,87 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II-bob. Natyurmort kompozitsiyasini tuzish

Download 21,87 Mb.