|
-§. Natyurmort janrida tasvir va ifoda vositalari
|
bet | 3/13 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 21,87 Mb. | | #236248 |
Bog'liq Гулшан1.2-§. Natyurmort janrida tasvir va ifoda vositalari
Tasviriy san`at asarlarini badiiy-estetik idrok etishda uning tasviriy vositalari (vositasi, texnikasi, materiali va hakozo.) hal qiluvchi rol o`ynaydi. Shuningdek, rassom tomonidan tasviriy san`atning ifodaviy vositalaridan o`rinli foydalanishi tamoshabin tomonidan asarni tushunishida katta ahamiyat kasb etadi.
Tasviriy san`atning ifodaviy vositalari uning turlariga qarab turlicha bo`ladi. Masalan, rangtasvirda asosiy vosita sifatida rang muxim rol o`ynasa, grafikada chiziq, oq-qora ranglar kontraskti, haykaltaroshlikda hajm, amaliy san`atda ritm, simmetriya, shakl va rangdan asosiy tasviriy vosita sifatida foydalaniladi. Ularning barchasi uchun xos bo`lgan asosiy vosita mavjud. Bu – kompozitsiyadir.
Rassomlar tasviriy san`atning rangtasvir turidagi natyurmort janrida asosiy tasviriy vosita sifatida rangdan foydalanadilar.
Natyurmortning emotsional ta`sir kuchini oshirish maqsadida uning mazmun va mohiyatidan kelib chiqqan holda ranglarning issiq va sovuq turlaridan foydalaniladi. Shuningdek, natyurmortlarni yaratishda rang surtmalaridan tasviriy san`atning ifodaviy vositasi sifatida rassomlar keng foydalanganlar.
Rangtasvirchi rassomlar rang surtmalarining turli shakllaridan foydalanadilar. Bu surtmalar rassomning ish uslubini belgilab beradi. Shuni aytib o`tish joizki, tasviriy san`at ixlosmandlari o`rtasida natyurmort asarlarini badiiy-estetik idrok etish jarayonida rang surtmalarining xususiyatlarini noto`g’ri talqin etish holatlari uchrab turadi, ya`ni asar qanchalik silliq ko`rinishda fotografiyaga o`hshab ishlansa, rassomning mahorati shunchalik yuqori baholanadi. Bu aslida to`g’ri xulosa emas, muximi asarning kompozitsion yechimi, mazmundorligi, tasviriy vositalardan o`rinli foydalanishda.
Natyurmort janrining ifodaviy vositalari sifatida yorug’-soyadan ham keng foydalandi. Shuning uchun rassomlar natyurmort ishlashda yorug’lik manbai, uning tasvirlanayotgan ob`ekt, buyumlarning o`ziga xos jihatlarini ifodalashdagi o`rniga alohida e`tibor beradilar. Shuningdek, rassomlar tasviriy san`atning ifodaviy vositasi sifatida rangtasvirda rang dog’laridan ham foydalanadilar.
Yuqorida rangtasvirni asosiy vositasi sifatida rang muxim rol o`ynashini aytib o`tilgandi. Ranglar ikki turga bo`linadi, ya`ni asosiy va qo`shimcha ranglar. Asosiy ranglarga qizil, sariq va zangori ranglar kiradi. Qo`shimcha ranglar ana shu asosiy ranglarni bir-birlari bilan aralashtirish orqali olinadi. Rangshunoslikda ranglarni xromatik va axromatik turlari ham mavjud. Axromatik ranglar qatoriga oq, qora, kulrang kirsa, bulardan boshqa hamma ranglar xromatik ranglar hisoblanadi. Shuningdek, rangshunoslikda iliq va sovuq ranglar tushunchalari ham bor. Iliq ranglar qatoriga sariq, qizil, zarg’aldoq, pushti va boshqa ranglarni kiritish mumkin. Sovuq ranglarga esa zangori, havorang, moviy, yashil, binafsha va boshqalarni kiritiladi.
Ranglar og’ir va yengil ham bo`ladi. Og’ir ranglar qatoriga ko`proq to`q, yengil ranglarga esa och ranglar kiradi.
Ranglarning o`ziga xos xususiyatlaridan biri, ular bir-birlarining yonlarida turganlarida alohida turganidan ko`ra boshqacha ko`rinishi. Ular bir-birlarining tuslarini aniqroq, kuchliroq ko`rinishga yordam beradi. Bu xususiyat ranglar qarama-qarshiligi deyiladi. Bundan rassomlar juda samarali foydalanadilar. Natyurmortda asosiy narsani och rangda tasvirlasalar, uning atrofini yoki fonini to`q rangda oladilar yoki aksincha.
Natyurmort yaratishda “oldingi intiluvchi” va “orqaga intiluvchi” ranglarning xususiyatlarini bilish yaxshi natijalarga olib keladi. “Oldinga intiluvchi” ranglarga iliq ranglar kiradi, “orqaga intiluvchi” ranglar qatoriga asosan to`q ranglar kiradi.
Natyurmortda hamma ranglardan ustunlik qiladigan umumiy yorug’lik va rang birikmalariga kolorit deyiladi. Agar natyurmortda qaysi rang ustunlik qilsa, shu rang bilan kolorit nomlanadi. (Masalan: iliq, sovuq, oltin, kulrang tus kolorit va hakozo).
Kompozitsiyada bir necha ranglarning yig’ilib, chiroyli birikmalar hosil qilishi ranglar garmoniyasi deyiladi. Rang guruhlarining garmonik birikmalari ba`zan gamma deb ham yuritiladi.
Rang natyurmortning go`zalligini oshiradi. Unga yaxlitlik va ta`sirchanlik bahsh etadi. Suratda muayyan birlik va hamkorlikka ega bo`lgan ranglar birikmasi, rang garmoniyasi koloritdir. Natyurmortning rangi va uning tovlanish xususiyati, rang birikmalarining garmoniyasi va go`zalligi, rang tuslarining boyligi – suratning rang jihatdan puxta ishlanishi rassomning hayratda qoldiradigan hadyasidir, Chunki asarlarda rang effekti yaxshi kayfiyat tug’diradi, ayniqsa, tomoshabinning hissiga, uning suratiga emotsional munosabatiga ta`sir etadi. Kolorit – bu yana rassomning obrazli va psixologik xarakteristkasi va kayfiyati, uning ob`ektga munosabatini aks ettiridigan vositadir.
Rassomlarning asarlarida tomoshabinlarga ta`sir etishning boshqa vositalaridan yana biri kompozitsiya hisoblanadi. Kompozitsiya – surat tuzishning umumiy rejasi. Kompozitsiya surat detallarini joylashtirish va suratga rang berishni taqozo qiladi. Kompozitsiya – asarni tuzish, uning qismlarini mazmuniga javob bera oladigan qilib moslashtirishdir. Kompozitsion yechimda tasvirlanadigan voqealikka eng yaxshi qarash nuqtasini tanlash, model yoki buyumlarni to`plash va qo`shish katta ahamiyatga ega.
Rassom uchun eng asosiy narsa – markaz, kompozitsiya tuguni ikkinchi darajali qismlarning unga bo`ysunishidir.
Kompozitsiya ustida ishlash – badiiy obraz yaratish yo`llari va vositalarini izlash, rassom g’oyasini eng yaxshi gavdalantirish yo`li va vositalarini izlashdir.
Bu mavzuni tanlash, syujetga mos o`lchamli sath topish, masshtablar va nisbatlarni moslash, asarga to`g’ri tus va rang berishdir.
Asarning kompozitsion tuzilishi xususiyatlaridan biri ritmdir. Qanday bo`lsa ham qismlarining bir me`yorda almashinuvi yoki takrorlanishi suratda muayyan kayfiyatni yaratishga imkoniyat tug’diradi, shu tufayli kompozitsiya qismlarining katta butunligi va moslashuviga erishiladi hamda uning tomoshabinga ta`sir etishi e`tiborga olinadi. Ritm, yorug’lik va ranglarning takroriy variantlarida, kompozitsiyaning katta elementlari bo`lgan tasvirning kattaroq qismlarini fazoga joylashtirishni almashtirishda namoyon bo`ladi.
Faktura – bu materialning o`ziga xos xususiyatlari, narsalarning tabiiy holatdagi yuzalari (shisha, idishning yaltiroq yuzasi) va ularni asarda tasvirlash, bu materialning xarakterli sifatlari (bo`yoq qatlamining xususiyati, uzib-uzib bo`yoq berish – silliq, g’adir-budur, bo`rttirib ishlangan yuza). Faktura materialdan foydalanish xususiyatiga, natura xususiyatlariga, qo`yilgan vazifa va uni bajarish usullariga bog’liq bo`ladi. Fakturada rassomning dasxati, uning qo`li ko`rinadi.
Aytib o`tilganidek, rangtasvir san`atida rang (ranglar va rang tuslarining nisbati) eng asosiy vositadir. Rang bizning idrokimizni yo`naltiradi, hissiyotlarimizga kuchli ta’sir qiladi, zavqlantiradi, tasvir mohiyatini chuqurroq tushunishimizga yordam beradi.
|
| |