|
) Guruh jamoasida norasmiy etakchining (lider) xatti - harakati va xulq-atvori bilan tarbiyaviy
|
bet | 7/14 | Sana | 14.08.2024 | Hajmi | 293,04 Kb. | | #269505 |
Bog'liq 16-mavzu. O‘qituvchining tarbiya texnologiyalari asosida faoliya4) Guruh jamoasida norasmiy etakchining (lider) xatti - harakati va xulq-atvori bilan tarbiyaviy jarayonga ta`sir etishi guruxda tarbiyalanuvchilarning bgfcha hayotiy faoliyatida muhim rol o`ynaydi. Bolalar va o`smirlar jamoasidagi lider (etaklovchi, boshlovchi) o`qituvchi yoki tarbiyachi tomonidan guruxda rasman tayinlanmaydi. Jamoadagi bolalarga norasmiy etakchilik qiluvchi o`quvchi o`qituvchilar oldida e`tibordan chetda yuradi, o`zining qatgiqqo`lligi, xarakteridagi guruhga etakchilik qilishga xos tug`ma qobiliyati, mustahkam irodaga egaligi, qo`rqmasligi bilan guruh a`zolarining xurmatini qozonib, jamoadan ajralib chiqadi va o`zi bilan hammaslak, hamfikr bolalarni etaklaydi. Norasmiy liderning har qanday faoliyati salbiy oqibatlarga olib kelishi yoki ijobiy natijalar berishi ham mumkin. Bunda o`qituvchining mahorati, psixologik tajribasi muhim ahamiyat kasb etadi. O`qituvchining norasmiy liderga nisbatan qattiqqo`lligi, tarbiyaning jazolovchi metodlarini qo`llashi foyda bermaydi, aksincha, zararli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
O`qituvchi o`zining ziyrakligi va chuqur psixologik bilimi, yuksak pedagogik mahorati bilan, avvalo, o`kuvchilar guruhi jamoasidagi liderni aniqlashi, kerak bo`lsa, unga yon bosib, o`z tomoniga og`dirib olishi lozim. Pedagogik mahoratning ishontirish va ta`sir etish usullari asosida norasmiy lider ongiga sezdirmasdan kirib borib o`z ta`sirini o`tkaza olgan o`qituvchi guruh jamoasida bir xil tarbiyaviy muvozanatni saqlay oladi. SHundan keyin tarbiyaviy texnologiyaning ma`qul bo`lgan unsurlarini modellashtirib qo`llashi va cho`chimasdan tarbiyaviy faoliyat olib borib, belgilangan maqsadga erishishi mumkin.
O`kuvchilar jamoasida norasmiy etakchilar bilan birga rasmiy, o`qituvchilar tomonidan tayinlangan yo`lboshchilar ham mavjud. Odatda, rasmiy yo`lboshchilar tarkibini a`lo baholarga o`qiydigan, jamoa ishlarida faol ishtirok etuvchi o`quvchilar tashkil etsa, norasmiy liderlar garchi bu kabi sifatlarni namoyon etmasalarda, ayrim sifatlariga ko`ra tengdoshlarini o`z ortlaridan ergashtiradilar. Norasmiy liderlarning ma`naviy-axloqiy qiyofasi boshqa o`quvchilarga jiddiy ta`sir ko`rsatadi. SHu bois sinf rahbari bilan birga o`quv muassasasi pedagogik jamoasi norasmiy liderlarni aniqlab ular faoliyatini bevosita nazorat qilib borishlari zarur.
O`quvchilar uyushmasiga pedagogik rahbarlik, yuqorida qayd etilganidek, aksariyat holatlarda guruh rahbari tomonidan amalga oshiriladi. SHu sababli guruh rahbari guruhning umumiy hamda har bir a`zosining individual xususiyatlarini bilishi, xulq - atvoridagi har bir o`zgarishni inobatga olgan holda jamoaga yondashishi zarur. Guruh rahbarining norasmiy liderlar va ularning shaxsi haqida to`laqonli ma`lumotlarga ega bo`lishi, ota-onalari bilan muntazam aloqada bo`lishi pedagogik faoliyatni samarali tashkil etishga yordam beradi.
O`qituvchi tarbiyaviy faoliyatining barcha unsurlari o`zaro aloqadorligini va o`zaro bogliqligini nazariy va amaliy jihatdan tushunishga tarbiyaviy jarayonni to`gri yo`naltirishga imkon beradi. Bunda pedagogikada tarbiyaviy o`zaro ta`sir ko`rsatishning shakllari, metodlari, usullari va vositalarini ochib beradigan hamda tarbiyaviy texnologiyalarning “pedagogik vositalari”ni shakllantiruvchi faoliyati va natijalariga, tarkibiy qismlariga alohida e`tibor qaratiladi. O`qituvchi avvalo tarbiyadan kelib chiqadigan maqsadga to`g`ri baho bera olishi kerak.
|
| |