|
16-mavzu. O‘qituvchining tarbiya texnologiyalari asosida faoliyat olib borishi. Reja
|
bet | 4/14 | Sana | 14.08.2024 | Hajmi | 293,04 Kb. | | #269505 |
Bog'liq 16-mavzu. O‘qituvchining tarbiya texnologiyalari asosida faoliyaTarbiyaning texnologiyaviyligi ta’lim muassasalarida tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish va unga erishishga sharoit yaratadi, nazariy asoslangan uzluksiz davom etadigan tarbiyalash jarayonining shakllari, metodlari, usullari va vositalarini o‘qituvchi to'g'ri tanlab natijalarga erishishini ta’minlaydi. U ilmiy modellashtirish (loyihalashtirish) asosida amalga oshiriladi, modellashtirishda tarbiyaviy maqsadlar bir xil ma’noda beriladi hamda o'qituvchi tomonidan insonning shaxsiy xususiyatlari va sifatlarini rivojlantirishning muayyan bosqichlarini obyektiv ravishda o'lchash va baholash imkoniyatlarini yaratadi.
Tarbiyaning texnologiyaviyligi har qanday pedagogik tizimda — ilmiy muammolar bilan o`zaro munosabatda bo`lgan tushunchadir. Biroq, agar ilmiy muammo tarbiyalanuvchiga bilim berish, ilmiy tafakkurini oshirish hamda ko`nikma va malakalarini shakllantirish kabi maqsadlarni ifodalaydigan bo`lsa, u holda tarbiya texnologiyasi o`qituvchiga o`kuvchilarni tarbiyalash yo`l-yo`riqlari va ularga erishish vositalarini to`g`ri yo`naltirishga yordam beradi.
Tarbiyaning texnologiyaviyligi tarbiyalashga yo`naltirilgan ilmiy muammo sifatida o`kuvchilarda axloqiy sifatlarni shakllantirish va rivojlantirish uchun lozim bo`lgan va komil insonga xos barcha insoniy fazilatlarni muayyan shart-sharoitlarda uzluksiz tarbiyalash asosida takomillashtirishni nazarda tutadi, bu esa ta`lim mazmunining o`ziga xos xususiyatlarini ham belgilaydi.
SHu munosabat bilan tarbiyaviy jarayonni harakatga keltiruvchi kuch, turtki asosan nimada ekanligi to`g`risida savol paydo bo`ladi. Pedagogikada inson tarbiyasiga qo`yiladigan, uning hayotida yuzaga keladigan talablar va uning hukuqiy imkoniyatlari, ijtimoiylashuvi, shaxsiy rivojlanish darajasi o`rtasidagi zidtsiyatlar bunda asosiy manba bo`lib hisoblanadi. Ushbu talablar uning yosh xususiyatlariga muvofiq kelgandagina, insonni tarbiyalash va uni shaxs sifatida rivojlantirish jarayonining boshlanishiga turtki bo`ladi. L.S.Vigotskiy bolaning biror harakatni katgalarning yordamisiz qila olishi mumkin bo`lgan holatini dolzarb rivojlanish hududi deb atagan. Bola o`qish jarayonida biror yangi narsani o`qituvchining yordami bilan salohiyatli tarzda o`zlashtirishga qodir bo`lgan daraja yaqin rivojlanish xududi bilan belgilangan. Hududlar orasidagi masofa zidtsiyatli tarbiyaviy holatni vujudga keltiradi — tarbiyaviy jarayonning bunday holati shaxsni shakllantirishda vujudga keladigan va erishiladigan yutuqlar o`rtasidagi tafovut mavjud bo`lganda yuzaga keladi. Bunday qarama-qarshiliklarning paydo bo`lishiga yo`l qo`ymaslik uchun o`qituvchi-tarbiyachi belgilangan tarbiyaviy maqsadlarni o`z maromida uzluksiz, mukammal amalga oshirishi lozim. SHundagina tarbiyaviy nuqsonlarni bosqichma - bosqich bartaraf etishga shart-sharoit yaratiladi.
O`qituvchining tarbiyaviy maqsadlarni to`g`ri tanlashi volyuntaristik (ko`ngilchanlik) xarakterga ega bo`lmasligi lozim. U pedagogikaning uslubiyoti, jamiyatda ro`y berayotgan o`zgarishlar, ushbu jarayon yuzasidan qabul qilingan qonun va qoidalar asosida belgilanadigan maqsadlar va milliy qadriyatlar to`g`risidagi falsafiy tasavvurlar, shuningdek, jamiyat va davlat taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa o`ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi.
Tarbiya texnologiyasida o`qituvchi tomonidan belgilanadigan maqsadlar turli darajada bo`lishi va bosqichma - bosqich bir biriga bo`ysunishi, ketma ket bajarilishi mumkin. Biroq tarbiyaviy maqsadning asosiy mohiyati — davlat maqsadpari, ijtimoiy buyurtmalardan kelib chiqishi lozim. Aytish mumkinki, asosiy daraja - mamlakatda inson va uning fuqarolari qadr-qimmati to`grisidagi ijtimoiy tasavvurlarni aks «tiradigan maqsadlardir. Ular mutaxassislar tomonidan ishlab chiqiladi, xukumat tomonidan qabul qilinadi, qonunlar va boshqa huiokatlarda qayd etiladi. Keyingi daraja - ta`lim dasturlari va standartlarida aks etadigan maqsadlar, ya`ni davlat ta`lim standartlari, maxsus ta`lim tizimlarining va ta`lim bosqichlarining maqsadlari. Eng quyi daraja — muayyan yoshdagi kishilarni tarbiyalashda maqsadning oirligi.
SHaxsni shakllantirish, boshqarish, tarbiyaviy faoliyat natijasida yuksak ma`naviy va axloqiy xislatlarga ega bo`lgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tasodifiy harakatlar orqali emas, balki, oldindan belgilangan va puxta o`ylab tuzilgan tarbiyaviy maqsadlar asosida olib boriladi. Tarbiyaviy texnologiyada uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o`z o`zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim ahamiyat kasb etadi. SHunday ekan, o`qituvchining tarbiyalash maqsadlarini to`g`ri belgilashi va yo`lga qo`ya olishiga nisbatan g`oyaviy yondashuv ijtimoiy buyurtma asosida belgilanib, amalga oshirilishida mavjud shart - sharoitlarni yaratish talab etiladi.
|
| |