Tarbiya texnologiyalarini modellashtirish




Download 293,04 Kb.
bet5/14
Sana14.08.2024
Hajmi293,04 Kb.
#269505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
16-mavzu. O‘qituvchining tarbiya texnologiyalari asosida faoliya

Tarbiya texnologiyalarini modellashtirish
Modellashtirish - ob`ektlarda ijtimoiy reallikning muayyan qismlarini tadqiq etish uslubi hamda predmetlar va hodisalarning real mavjud bo`lgan hamda kuriladigan modellarini o`rganish va ishlab chiqishdir. SHunday ekan, tarbiya texnologiyalarini ham ishlab chiqish va amalga oshirishda modellashtirishdan foydalanish ularni yaxlit pedagogik hodisa sifatida uslublarini o`rganib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Modellashtirishning shakli va qo`llanilishi foydalaniladigan modellar va ularni qo`llash sohalariga bog`liq. Tarbiya texnologiyalarining samaradorligini oldindan ko`ra bilish yoki loyihalashtirishda va tadqiq etishda modellashtirishdan foydalanish to`grisidagi muammo “pedagogik modellashtirish” nomini olgan.
Modellar xarakteriga ko`ra predmetli va belgili (informatsion) modellashtirishga bo`linadi. SHartli ravishda ular asl ob`ektning belgilangan funktsional xususiyatlarini ifodalaydi.
Pedagogik faoliyatda maxsus reja asosida olib boriladigan tadqiqot modellari predmetli modellashtirish deb ataladi.
Jadvallar, chizmalar, formulalar kabi modellar belgili modellashtirish sifatida namoyon bo`ladi.
Modellashtirilishi lozim bo`lgan ob`ektning xarakteri va yosh xususiyatlariga ko`ra, avvapo, uning xulq-atvori (unda kechadigan tarbiyaviy jarayonlarga amal qilinishi) modellashtiriladi. Bunda tarbiya texnologiyasining quyidagi ikkita muhim jihatini e`tiborga olish zarur:
1. Barcha tarbiyalanuvchilar o`zlashtirishi lozim bo`lgan tarbiyaviy jarayonni modellashtirish.
2. Pedagogik faoliyatda mukammal tarbiyalanishi mumkin bo`lmagan tarbiyasi ogir o`kuvchilar bilan o`zaro tarbiyaviy faoliyatni modellashtirish.
Tarbiyaviy texnologiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda modellashtirishdan foydalanishning bayon etilgan nazariy asoslaridan tashqari yana bir nechta mustaqil, biroq o`zaro ta`sir ko`rsatuvchi kuchga ega bo`lgan tarbiyaviy jarayonning bir-biri bilan o`zaro bog`liq jihatlarini ajratib ko`rsatish mumkin:
• tarbiyaviy faoliyatda ob`ekt va sub`ektning o`zaro kommunikativ munosabati;
• bir maqsadga qaratilgan va aniq mazmunga ega tarbiyaviy metodlar;
• uzluksiz faoliyatli tarbiyaviy jarayon va uning ijobiy natijalari;
• guruh jamoasi norasmiy etakchisi (lideri)ning tarbiyaviy jarayonga ta`siri

Download 293,04 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 293,04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tarbiya texnologiyalarini modellashtirish

Download 293,04 Kb.