16-mavzu. Yo‘l tarmog’i transport jarayoni infratuzilmasielementi sifatida




Download 1.65 Mb.
bet2/6
Sana20.08.2023
Hajmi1.65 Mb.
#79067
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
16 mavzu Yo‘l tarmog’i transport jarayoni infratuzilmasielementi
QTVL-2207102935434, 13 mavzu Transport kompaniyasida omborni tashkil qilish va ombor, 22 mavzu Transport logistikasi tizimini davlat tomonidan tartibga, 4 Мавзу Юк ташиш, юклаш тушириш ва махсус транспортлар Юк таши, 10 mavzu Transport logistikasi tizimi faoliyati sifati va samaradorligi, 19 mavzu Yo‘lovchilar tashish texnologiyasida logistik yondashuv, 7 МАВЗУ Logistika tizimida turli transport turlarining o‘zaro hamjihatiligi, Chiqarishga tayyor TITUL VA ANNATASIYA .Zarnigor yangisi, mayl bayonoma.Zarnigor, fevral bayonama.Zarnigor, Dissertatsiya Hujjatlari, 3-maruza
2-jadval
GAZ-53 avtomobillari ishiga yo‘l sharoitining ta’siri

Ko‘rsatkichlar

Takomillashgan qoplamali yo‘llar

Tosh yotqizilgan yo‘llar

Yaxshilangan tuproq yo‘llar

Ish unumi, t/soat birligi

18,1

16,5

11,5

100 kmga yonilg‘i sarfi

27,0

27,4

33,2

Ta’mirlararo yo‘l bosish, mkm

20

75

60

O‘tishi, ming km

45

36

30

Texnik tezligi, km/soat

42

34

26

Yuk aylanishi tannarxi, so‘m/tkm

53,2

63,5

82,3

O‘zbekistondagi jami avtomobil yo‘llar tarmog‘i 184 ming kilometrdan ziyod uzunlikda bo‘lib, undan 42 ming 676 kilometri umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, 116 ming 560 kilometri ichki xo‘jaliklararo, qishloq, shahar va ovullarning avtomobil yo‘llariga to‘g‘ri keladi. 24 ming 750 kilometr esa idoraviy inspektorlik yo‘llari tarmog‘i hisoblanadi.
Avtomobil yo‘llari SHNQ 2.05.02-2007–«Avtomobil yo‘llari»ga asosan xalq xo‘jaligidagi ma’muriy ahamiyati va vazifasiga ko‘ra hamda texnik toifasiga ko‘ra tasnifga ega.
Ma’muriy ahamiyatiga ko‘ra avtomobil yo‘llari quyidagilarga bo‘linadi:
1. Xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari;
2. Davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari;
3. Mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari.
Xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari, bu Respublikalar markazlarini o‘zaro bog‘lovchi, shuningdek yirik sanoat markazlari va yirik madaniyat markazlarini bog‘lovchi, qo‘shni davlatlar bilan transport va sayohat uchun bo‘ladigan aloqalarni ta’minlovchi yo‘llardir.
Davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari, bu yo‘llar Respublika markazlarini aholi 100 mingdan 500 minggacha bo‘lgan shaharlar bilan bog‘laydi.
Mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari, viloyatlar markazlarini, tuman markazlarini, aholisi 10 mingdan 50 minggacha bo‘lgan qishloq va shaharlar bilan umum davlat va respublika ahamiyatidagi yo‘llar bilan, o‘zaro tuman markazlarini, aholi yashaydigan punktlar, qishloqlarini bog‘laydi.
Avtomobil yo‘llari vazifasiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:

  1. Shahar va poytaxtlarni bog‘lovchi magistrallar;

  2. I va II sinf aeroportlariga shaxobcha yo‘llari;

  3. Yirik shaharlarni aylanib o‘tuvchi xalqa magistarllari;

  4. Yirik shaharlarga kirib kelish yo‘llari;

  5. Ommaviy dam olish joylariga va tarixiy obida, yodgorliklarga shaxobcha yo‘llari;

  6. Shaharlar atrofidagi aylanma va xalqa yo‘llari;

  7. Shaharlarga kirish yo‘llari;

  8. III va IV sinf aeroportlariga shaxobcha yo‘llari;

  9. Magistral yo‘llar;

  10. Mahalliy yo‘llar.

Texnik tasnifiga binoan avtomobil yo‘llari beshta texnik kategoriyaga bo‘linadi (3-jadval). Har bir kategoriyadagi yo‘llar qurilishida ulardan sutka davomida o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lgan avtomobillar soni, avtomobillarning bunday yo‘ldagi hisobiy tezliklari (120-140 km/soat) e’tiborga olinadi. Ushbu kategoriyaga asosan yo‘l qoplamalari takomillashtirilgan kapital, yengillashtirilgan va o‘tkinchi bo‘lishlari mumkin. Yuqorida ko‘rsatilganlarga ko‘ra ko‘pgina avtomobil transporti vositalaridan unumli foydalanish, ko‘p jihatdan yuqorida qayd qilingin ko‘rsatkichlarga bog‘liqdir.

Download 1.65 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 1.65 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



16-mavzu. Yo‘l tarmog’i transport jarayoni infratuzilmasielementi sifatida

Download 1.65 Mb.