• 3-rasm. Avtomobilь yo’l uchastkasini bosqichma-bosqich rivojlantirishning sxemasi Avtomobil yo‘llari
  • . Tarmoq modelida transport jarayonlarini modellashtirish
  • -rasm. Avtomobilь yo’li uchastkasining texnik tasniflanishi




    Download 1.65 Mb.
    bet5/6
    Sana20.08.2023
    Hajmi1.65 Mb.
    #79067
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    16 mavzu Yo‘l tarmog’i transport jarayoni infratuzilmasielementi
    QTVL-2207102935434, 13 mavzu Transport kompaniyasida omborni tashkil qilish va ombor, 22 mavzu Transport logistikasi tizimini davlat tomonidan tartibga, 4 Мавзу Юк ташиш, юклаш тушириш ва махсус транспортлар Юк таши, 10 mavzu Transport logistikasi tizimi faoliyati sifati va samaradorligi, 19 mavzu Yo‘lovchilar tashish texnologiyasida logistik yondashuv, 7 МАВЗУ Logistika tizimida turli transport turlarining o‘zaro hamjihatiligi, Chiqarishga tayyor TITUL VA ANNATASIYA .Zarnigor yangisi, mayl bayonoma.Zarnigor, fevral bayonama.Zarnigor, Dissertatsiya Hujjatlari, 3-maruza
    2-rasm. Avtomobilь yo’li uchastkasining texnik tasniflanishi

    SHunday qilib, tashishni optimal taqsimlash uchun turli rivoj darajaga ega bo’lgan mavjud avtomobilь yo’lini rivojlantirishning quyidagi sxemalari qabul qilinadi (3-rasm):



    3-rasm. Avtomobilь yo’l uchastkasini bosqichma-bosqich rivojlantirishning sxemasi

    Avtomobil yo‘llari – bu muhandislik inshootlari majmuasi hisoblanib, hisoblangan yuklama va hisoblangan tezlik bilan transport vositalarining uzluksiz, qulay va xavsiz harakatlanishiga mo‘ljallangan. Bu majmua yer qatlami, yoʻl qoplamasi, koʻpriklar, quvurlar, boshqa sunʼiy inshootlar, yoʻl qurilishi va himoya inshootlari, avtoservis binolari va inshootlari, yoʻl va transport xizmatlaridan iborat bo‘ladi.
    Avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlari elementlarining parametrlari va holati uning texnik darajasini va ekspluatatsiya holatini belgilaydi.
    Avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlaridan foydalanish jarayonida harakatlanuvchi transport vositalari va tabiiy-iqlimning ko‘p yillik omillari ta'sirida bo‘ladi, bu esa mazkur inshootlarning sekinlik bilan o‘z xususiyatini yo‘qotishi va qoldiq deformatsiyalarning to‘planib borishi natijasida buzilishlarga olib keladi. Bunga harakat jadalligi (intensivligi)ning o‘sishi, shuningdek, avtotransport vositalarining o‘qlariga tushadigan yuklama (kuch)ning ortishi va transport oqimida og‘ir vaznli (massali) ko‘p o‘qli transport vositalari ulushining ortishi hamda ularning dinamik xususiyatlarining o‘zgarishi ta’sir etadi.
    Har yili yo‘l ta'mirlash xizmatlari tomonidan avtomobil yo‘llarni saqlash va ta'mirlash bo‘yicha katta hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda, ammo yillari davomida ulardan foydalanishda yo‘l konstruksiyalarida buzilishlar va qoldiq deformatsiyalar hajmi oshib bormoqda va natijada yo‘llarning iste'mol xususiyatlari yomonlashmoqda.
    Yo‘llarni saqlash va ta’mirlash uchun ajratilayotgan mablag‘larning yetarli darajada emasligi, shuningdek, yo‘l qurilish materiallari narxining oshishi tufayli foydalanuvchilar tomonidan yo‘lga qo‘yiladigan talab va uning haqiqiy holati o‘rtasidagi nomuvofiqlik o‘smoqda. Natijada ko‘plab zarur ta'mirlash ishlari o‘z vaqtida olib borilmaydi. Shunday vaqt keladiki, yo‘llarni ekspluatasiya qilish tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan yo‘llarni saqlash va ta'mirlash bo‘yicha odatiy ishlar yo‘llarning transport – ekspluatatsiya ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘yiladigan talablarning o‘sishini bajarilishini ta'minlay olmaydi.
    Yo‘lning geometrik parametrlarini, qoplamaning mustahkamligi va yo‘l qoplamalarining boshqa xususiyatlarini, sun'iy inshootlarni, muhandislik uskunalari va inshootlarini sezilarli darajada yaxshilash, ya'ni yo‘llarni qaytq qurish yoki rekonstruksiya qilish zarurati paydo bo‘ladi.
    Hozirgi vaqtda mavjud yo‘llarni rekonstruksiya qilish muammosi dolzarb bo‘lib bormoqda.
    Avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
    umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridan, shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalaridan, shuningdek boshqa shaxslar foydalanishi uchun ochiq bo‘lgan xo‘jalik avtomobil yo‘llaridan o‘tish;
    muttasil, yil davomida, xavfsiz va qulay sharoitlarda harakatlanish;
    harakatlanishning yo‘l sharoitlari to‘g‘risida tezkor axborot olish;
    avtomobil yo‘lidagi nosozliklar tufayli yetkazilgan zararni belgilangan tartibda undirib olish.
    Avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
    Avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar uchun quyidagilarni bajarishlik shart:
    harakat xavfsizligini va avtomobil yo‘llarini saqlashni ta’minlay oladigan holatdagi transport vositalaridan foydalanishlari;
    ajratilgan mintaqani ifloslantirmasliklari;
    avtomobil yo‘llarining shikastlanish hollariga yo‘l qo‘ymasliklari.
    Avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
    Avtomobil yo‘lining elementlari shikastlanishiga yo‘l qo‘ygan avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi hamda ko‘rsatilgan elementlarning va ularni tiklash ishlari qiymatining o‘rnini qoplaydi.
    Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridan foydalanish tartibi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
    Xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llaridan, shaharlarning, qishloqlarning va ovullarning ko‘chalaridan foydalanish tartibi maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.
    Xo‘jalik avtomobil yo‘llaridan foydalanish tartibi mazkur avtomobil yo‘llari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan belgilanadi.
    Avtomobil yo‘llaridan o‘qiga tushadigan yuk va og‘irligi belgilangan normalardan ortiq bo‘lmagan transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar hamda mexanizmlarning o‘tishiga ruxsat beriladi.
    Transport vositasi o‘qiga tushadigan yuk va o‘lchamlari muayyan avtomobil yo‘li uchun belgilangan normalardan ortiq bo‘lgan transport vositalarining o‘tishi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda haq undiriladi. Avtomobil yo‘li elementlari shikastlangan taqdirda, avtomobil yo‘lidan foydalanish uchun ruxsat berilganligi bunday transport vositalari egalarini javobgarlikdan ozod etmaydi.
    Chet davlatlar transport vositalarining avtomobil yo‘llaridan o‘tishi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
    Avtomobil yo‘llaridan ularning asosiy vazifasi bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda foydalanish avtomobil yo‘llari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qonunchilikka muvofiq belgilanadi.

    3. Tarmoq modelida transport jarayonlarini modellashtirish


    Yo’l uchastkalari rivojlanish darajasini oshirish sxemalarini qabul qilish quyidagi mulohazalarga tayanadi: yo’l uchastkasini rivojlantirishning har bir bosqichi yoki yo’l kategoriyasini oshirish, yoki qoplama turini yaxshilash yoki bir vaqtda ham yo’l kategoriyasini oshirish, ham qoplama turini yaxshilashni anglatadi.


    Masalani qo’yilishi va modelini ishlab chiqish uchun transport tarmog’iga oid asosiy tushuncha va ko’rsatkichlarni kiritamiz.
    Avtomobilь va temir yo’l transporti tarmog’ini asosiy tushunchasi-bu turli yo’l zvenolari (yoylari) kelib tutashadigan (birlashadigan) manzillar (uzellar)dir. Bunday punktlarni biz tutashma manzillar (TM) deb ataymiz. TMlar-bu yuk jo’natuvchi yoki qabul qiluvchi, yuklarni bir transport turidan boshqasiga uzatuvchi, temir yo’l yoki avtomobilь yo’llarini turli yo’nalishdagi zvenolari o’zaro kesishadigan manzillardir. Tarmoqning TMlari sifatida istiqbolda ishga tushirilishi mumkin bo’lgan yuk jo’natuvchi, qabul qiluvchi yoki bir transport turidan boshqasiga yuk o’tkazuvchi manzillarni ham qabul qilish mumkin.
    Masalani yoritish uchun quyidagi belgilanishlar kiritamiz.

    Tarmoq






    uzellar to’plami



    yuk jo’natuvchi



    qabul qiluvchi

    , 

    mazkur to’plam va manzillar to’plamini o’z ichiga oladi


    Download 1.65 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 1.65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Avtomobilь yo’li uchastkasining texnik tasniflanishi

    Download 1.65 Mb.