Ishni bajarish tartibi.
Sinovlarni utkazish uchun kalinligi 3 mm dan
kam bulmagan erkin tekis
formaga ega bulgan izolyatsion material namunalari olinadi.Namunani yuzasi
unga yakinlashtiriladigan kuchlanish ostida buladigan
elektrodlarni namuna
chetidan 8 mm masofada joylashuvini ta’minlashi kerak.Agar bitta namunada bir
nechta sinovlar utkaziladigan bulsa yuksridagi masofa 15 mm dan kam bulmasligi
kerak.
Namuna yuzasi changdan,namdan,kul
izlaridan tozalangan bulishi, xamda
kuzga tashlanadigan ezilgan,yorilgan,tilingan,arrasimon joylari bulmasligi kerak.
Sinov ishlari quyidagicha o’tkaziladi.
Sinov o’tkazilayotgan namuna taglikka o’rnatilib
unga elektrodlar yaqin
masofaga olib kelinadi. Dastgohga kuchlanish berilishi bilan bir vaqtda kontaktlar
tizimini boshqaruvi va kommutatsion qurilma ham ulanadi. Yoyni yonish rejimi
pog’onalab o’zgartirilib, har bir pog’onadagi davomiylik 60 sekund bo’lishi kerak.
Birinchi uchta pog’onada yoy uzulishli yonishi bilan va to’rtinchi pog’onadan
boshlab esa uzluksizligi bilan xarakterlanadi. Yoyni tok kuchi har bir pog’ona
uchun 10 mA dan oshirib boriladi. Sinovlar namunada tok o’tkazuvchan ulanishlar
hosil bo’lgan vaqtda to’xtatiladi. Sinov vaqtida namuna yoy ta’sirida
erisa yoki
alanga olsa sinov ishlari to’xtatiladi. Alohida o’tkazilgan sinov natijasi sinov
ishlari boshlangan vaqtdan tok o’tkazuvchi ulanishlar hosil bo’lgunga qadar o’tgan
vaqt yig’indisi olinib u. sekundlarda xisoblanadi.
Izolyatsion materialni
uzgaruvchan kuchlanish ostida elektr yoyi ta’siriga chidamliligini aniklashda
yakuniy natija uchun ikkita kiymat kabul kilinadi:ya’niy
namunalar sinovlarini
urtacha arifmetik natijasi va minimal kiymat.