1771-yilda uning ikkinchi ko‘zi ham qattiq og‘rib qoladi. Vrachlar unga jarrohlik amaliyoti o‘tkazishadi. Lekin, operatsiya muvaffaqiyatsiz chiqib, olim butunlay ko‘rmay qolgan




Download 10.45 Kb.
Sana01.03.2024
Hajmi10.45 Kb.
#165101
Bog'liq
Elyer
TRANSLATE, 15-mavzu. Taqdimot, 2, Somali, Miynet qatnasiqlari hám is haqi, A.I Oraliq 1 40 tadan 28 ta, Иқтисодиёт фанидан тест саволлари ва жавоблари 2, 133562 yicha tayanch iboralar (1), 2 5199924133697163449, Muminov Z., JUMAMURATOVA QUMAR. Talim turleri, 1576309835, 1.31, amaliyot, Mavzu Zararkunanda dasturlar va ulardan himoyalanish-fayllar.org (1)

1771-yilda uning ikkinchi ko‘zi ham qattiq og‘rib qoladi. Vrachlar unga jarrohlik amaliyoti o‘tkazishadi. Lekin, operatsiya muvaffaqiyatsiz chiqib, olim butunlay ko‘rmay qolgan. U avvaliga faqat oq va qora rangni ajrata oladigan bo‘lib qolgandi. Shu sababli, qora doskaga oq bo‘r bilan yozishnigina uddalardi. Endi unga yozuv-chizuvlarni yuritish uchun yordamchilar kerak edi. Eylerdek olimga shogird bo‘lish uchun har narsaga tayyor bo‘lgan talabalar uchun esa bu ayni muddao bo‘lgan. o‘z shogirdlari - Loksel, Kotelnikov, Fuss, Golovin va Kraft bilan birgalikda, endi ko‘r bo‘lib qolgan bo‘lsa hamki, Eyler avvalgidan kam bo‘lmagan ishtiyoq bilan, yana matematik izlanishlarni davom ettirdi. Albatta, bunda unga, shogirdlarining ko‘magidan tashqari, o‘zining beqiyos o‘tkir xotirasi ham qo‘l kelgan. U aytib turgan paytda u yoki bu masalani, yoki nazariyani qog‘ozga tushirgan shogirdlari, ustozining o‘ta kuchli xotirasidan nihoyatda hayratda qolishganini ko‘p aytishgan edi. o‘sha, ko‘zi ko‘rmay qolgan yillar davomida ham, Eyler shogirdlari yordamida 380 dona maqola va asarlar yozgan. Uning butun umri davomida yozgan ilmiy ishlari esa 900 dan ortadi.

Eylerning 1769-yilda e'lon qilingan "Ortogonal trayektoriyalar haqida" nomli ilmiy ishi kompleks o‘zgaruvchili funksiya yordamida yuzada joylashgan ikkita o‘zaro ortogonal egri chiziqlarni olish masalasini tahlil qiladi. Ushbu asar, chunonchi sfera yuzasidagi meridianlar, parallellar va boshqa ho kazo egri chiziqlarni hosil qilishda mukammal yo‘riqnoma hisoblanadi va matematika tarixida o‘ziga xos me'moriy asar deyish mumkin. Chunki, aynan ushbu asar orqali, ortogonal egri chiziqlar va sferik shakllar yuzalari borasidagi alohida ilmiy yo‘nalish barpo bo‘ldi.

1771-yilda esa Leonard Eylerning "Sirti tekislikka yoyilishi mumkin bo‘lgan jismlar haqida" deb nomlangan yana bir mukammal matematik asari bosmadan chiqdi. Bu asar Eylerdan nafaqat matematika va muhandislik, balki, kartografiya uchun berilgan juda katta tuhfa bo‘lgan desak yanglishmaymiz. Ya'ni, u sfera shaklidagi sirt yuzani tekislikka proyeksiyalash bo‘yicha eng mukammal qo‘llanma ham bo‘lgan edi.

1773-yil Eylerga juda musibatli keladi. Avvaliga uning uyi yonib ketdi. Yong‘inda olimning bor-budi, mol-mulki, shuningdek ilmiy ishlari hamda qo‘lyozmalari kunpayakun bo‘lgan. Unga va oilasiga jamoatchilik va hukumat yordami bilan darhol moddiy ko‘mak ko‘rsatilgan va boshpana berilgan. Lekin, yonib ketgan ilmiy qo‘lyozmalarni tiklashning iloji bo‘lmagan albatta. Eyler bu paytda ancha keksayib qolganidan, biroz xotirasi ham sustlashgan edi. Shunga qaramay, olim shogirdlariga yana ko‘plab o‘sha yo‘qotilgan qo‘lyozmalardagi narsalarni qayta eslab, yozdirib olgan. Shuningdek, shunday katta musibatdan keyin ham olim o‘zini tezda qo‘lga olib, yana tadqiqotlarini davom ettirishga kirishgani, unga nisbatan odamlarning, ayniqsa yosh shogirdlarining hurmatini oshirgan edi. Yong‘indan bir necha oy o‘tib, Eylerga ko‘z nurini qaytarish maqsadida o‘z davrining eng mohir okulisti tomonidan maxsus jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi. Jarrohlikdan keyin olim yana tiniq ko‘ra boshlashi mumkin edi. Lekin, u aytilgan muddatgacha ko‘zini ochmay va kitob o‘qimay turishi shart bo‘lgan. Biroq, Eyler o‘zining qiziquvchanligi evaziga, vrach aytgan qat'iy ehtiyot choralarga rioya qilmay qo‘ydi. Ya'ni, olim belgilangan muddatdan ancha avval ko‘zidagi to‘siqni o‘zboshimchalik bilan olib tashlab, yana kitob o‘qishni va oq qog‘ozga yozuv-chizuvlar qilishni boshlab yubordi. Tabiiyki, endigina operatsiya qilingan ko‘z bunday zo‘riqishni ko‘tara olmagan va Leonard Eyler butunlay ko‘r bo‘lib qolgan. Dard ustiga chipqon bo‘lib, o‘sha yilning o‘zida ham uyidan, ham ko‘z nuridan ayrilgan Eylerning xotini ham qazo qiladi. Eyler xotinini juda yaxshi ko‘rgani va bu musibatdan keyin uzoq vaqtgacha o‘ziga kelolmay yurganini uning shogirdlari ko‘p eslashgan.

Umuman olganda, Eylerni yaxshi tanigan do‘stlari va xususan, shogirdlarining u haqida yozgan esdaliklarida, olim juda ham oilaparvar, bolalari va nabiralarini juda ham yaxshi ko‘radigan ota sifatida eslanadi. Biz odatda Eyler haqida gap borganda, uning insoniyat tarixidagi eng buyuk matematik olimlardan biri sifatida yodga olamiz. Lekin, Eylerga zamondosh bo‘lgan olimlar esa, Eylerni eng avvalo o‘z oilasini faqat halol luqma bilan ta'minlagan asl erkak, oilaparvar va bolajon inson sifatida qayd etishadi. Xususan, uning shogirdi va keyinchalik kuyoviga aylangan matematik olim N.I. Fuss ustozi va qaynotasi haqida quyidagicha xotirlagan: "Eylerning jismoniy baquvvatligi va mustahkam sog‘ligiga ko‘pchilik havas va ayrimlar hasad ham qilardi; uning oxirgi yillarda yo‘liqqan musibatlariga qanday bardosh berganini bilasizmi? Bunda unga o‘zining mo‘tadil xushfe'l xarakteri, doimiy tabiiy bardamligi, hamda, ochiqko‘ngillik bilan, barchaga tabassum qiladigan ajoyib yumshoq fe'li qo‘l kelgan. Bilasizmi, men hayotda Eyler singari boshqa fe'li keng odamni uchratmadim. U bilan suhbatlashishning o‘zi kishiga maroq va zavq berardi. Qachon uning xonadoniga borsak, quchog‘ida nevaralaridan biri o‘tirgan, atrofida esa boshqa kattaroq nevaralari uymalashib yurgan bo‘lardi. Ustozimiz esa ularga qandaydir kulgili narsalarni aytib berayotgan va bundan butun xonadon ahli xush kayfiyatda, xursand yurgan bo‘lardi. Shuningdek, Eyler, jonivorlarni ham juda yaxshi ko‘rardi. Uyida albatta mushuk, o‘zi yaxshi ko‘rgan ot zotidagi bir necha toyga Eyler mehr bilan parvarish qilardi. o‘g‘illari va nevaralariga esa shaxsan o‘zi matematikani o‘rgatardi. Bu uning asosiy ilmiy ishlariga hech qanaqasiga xalaqit bermasdi".

Albatta bu juda ham qiziq va hurmatga sazovor holatdir.



Leonard Eyler 1783-yilning 18-sentyabr kuni o‘z shogirdlari qurshovida, ilmiy muhokama jarayonida to‘satdan yuz bergan insult tufayli olamdan o‘tgan. Uni Sankt-Peterburgdagi lyuteran qabristoniga dafn etilgan.

Albatta, matematiklar, ushbu ilmning eng yetuk namoyondalaridan bo‘lgan Eylerdek buyuk matematikning xotirasini abadiylashtirish uchun ko‘plab ishlarni amalga oshirishgan. Xususan, hozirda Pomir tog‘laridagi eng baland cho'qqilardan biri Eyler cho‘qqisi deb ataladi; Oydagi Eyler krateri va (2002)Eyler asteroidi ham olimning nomini abadiylashtirish uchun qo‘yilgan shon-sharaf yodgorliklaridandir.
Download 10.45 Kb.




Download 10.45 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1771-yilda uning ikkinchi ko‘zi ham qattiq og‘rib qoladi. Vrachlar unga jarrohlik amaliyoti o‘tkazishadi. Lekin, operatsiya muvaffaqiyatsiz chiqib, olim butunlay ko‘rmay qolgan

Download 10.45 Kb.