Ikiinchisi sichqoncha ko’rsatkichini jadvalni ichida joylashgan ustun chizig’i ustiga olib boring bunda
sichqoncha ko’rsatkichi shakli ikki tomonga qaragan strelka va vertikal ikkita chiziqdan iborat shaklga aylanadi.
Sichqoncha chap tugmasini shu xolda bosib ustun kengligini o’zgartiring.
Ikkinchi xolda ustunlar bo’yicha jadvalning umumiy kattaligi o’zgarmaydi.
MICROSOFT EXCEL 2013 DASTURIDA ISHLASH
Microsoft Excel 2013 dasturi elektron jadvallar ustida ishlash uchun yaratilgan amaliy dasturdir.
Informatsiyalar ustida ishlayotganda jadval ko’rinishidagi informatsiyalarga murojaat qilishga to’g’ri keladi.
Bunda dastlabki ma’lumotlarga asoslanib natijalar olinadi. Tablitsali informatsiyalar olingan ma’lumotlarni tahlil
qilish imkoniyatini yaratadi.
Hozirda
Microsoft Office firmasining
Windows (7,8) qobig’ida ishlovchi Microsoft Excel 2013 dasturlari
ishlab chiqilgan bo’lib u keng ko’lamda qo’llanilmoqda. Microsoft Office eng ommalashgan programma
vositalariga ega bo’lib, bu programma vositalari ihtiyoriy sohada yuqori darajadagi professional hujjatlar
tayyorlash imkoniyatini beradi.
Excel 2013 dasturi elektron jadval ko’rinishidagi ma’lumotlar bilan ishlash uchun mo’ljallangan bo’lib, u
jadvallar ustida turli amallarni bajarish imkoniyatiga ega. Bu dastur Windows 7 va 8 operatsion qobig’i
boshqaruvi ostida ishlaydi. Excel 2013 hujjatlarni fayl holatida xotirada saqlaydi va fayllarning kengaytmasi .xlsx
ko’rinishida bo’ladi. Excel da bu kabi fayllar “Ishchi kitoblar” (Workbook) deb nomlanadi. Har bir faylda 1 dan
255 ta elektron jadval
List ko’rinishida joylashgan bo’lishi mumkin va ularning har biri “Ishchi varaq” (Sheet)
deb ataladi.