Agar qiymatlarni kiritish vaqtida xatoga yo’l qo’yiladigan bo’lsa
klavishshasi yordamida
xatoni to’g’rilashingiz mumkin. Agar Siz yacheykani tark etgandan so’ng xatoni ko’rsangiz uni to’g’rilash uchun
yacheyka ustiga kelib F2 klavishshasini bosib uni qayta taxrirlashingiz mumkin. Bunda strelkalar yordamida
yacheyka ichida xarakatlanishingiz mumkin. Taxrirlashdan chiqish Enter klavishshasini bosish orqali amalga
oshiriladi.
«Avtozapolnenie» imkoniyatidan foydalanish. Qiymatlarni kiritishda ma’lum ketma-ketlikda keluvchi
qiymatlarni avtozapolnenie yordamida to’latishingiz mumkin. Buning uchun S3 yacheykaga 1 sonini va S4
yacheykaga 2 soning kiriting. S3 va S4 yacheykalarni birgalikda belgilang. Belgilangan soxa o’ng past tomonidagi
qora kvadratchani sichqoncha yordamida oling. Qo’yib yubormasidan S15 chi yacheykagacha torting.
E3 yacheykaga 1 ni va E4 yacheykaga 7 sonini kiriting va yuqoridagi amalni E3 va E4 yacheykalar uchun
bajarib ko’ring. Bunda qiymat boshqacha o’zgarganini ko’rasiz. Ixtiyoriy yacheyka biron Oy nomini (masalan:
Yanvar) rus alifbosi yordamida yozing va uni qo’shni yacheykaga tortib ko’ring. Xafta kunlari uchun xam shu
ishni bajarish mumkin. Faqat xafta kunlari rus yoki ingliz tilida yozilgan bo’lishi kerak. Excel xali o’zbek tilini
bilmaydi.