18-laboratoriya ishi




Download 114 Kb.
bet1/3
Sana04.04.2024
Hajmi114 Kb.
#187835
  1   2   3
Bog'liq
18-LABORATORIYA ATS (2)
А.Раджабов, М.Ибрагимов, А.Бердышев Энергия тежамкорлик асослари 2009 й, 1-tajriba, Axborot tizimlari mustaqil ish, Autentifikatsiya, Matematika fanidan test 3 -1, Ochiq-dars-saytga, bgTWXAlwNtovOiOIWf9oCSiVUGOHcezJfrNK1u4w, test 9 cizmachilik, 1-mavzu Davlat tilida ish yuritish, 122, 0333, XITOY XALQ RESPUBLIKASINING 1980-2020 YILLARDAGI IQTISODIY RIVOJLANISHI. \'\'XITOY SOTSIALIZMI\'\'.MAVZUSIDA, 4-mavzu Tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va sotishni hisobga olish va tahlil, методика. (2), 2022-2026 ХТБ (1)

18-LABORATORIYA ISHI


Mavzu: Ixtisoslashtirilgan transport vositalariga TXK texnologiyasi.

Avtomobillarga kundalik xizmat ko’rsatish texnologiyasi


  1. Ishdan maqsad

ATK da KXK ishlari, ularni tashkil etish, ishlatiladigan jihozlar bilan tanishish.


  1. Ishning mazmuni:

Laboratoriya ishi ilg’or ATK larning birida o’tkaziladi. Talabalar ATK da qabul qilingan KXK usuli, ishni bajarish jarayonida ihlatiladigan jihozlar, KXK zonasining ishlash tartibi va u erda ishlvchilarning mehnatini tashkil qilish usullari bilan tanishadilar.




  1. Ishni bajarish tartibi.

  1. ATK da KXK ishlarini tashkil qilish jarayoni bilan tanishish.

  2. ATK da avtomobillarga KXK zonasi bilan tanishish.

  3. ATK da avtomobillarni yuvish uchun ishlatiladigan jihozlar, uning tuzilishi va texnik tavsifi bilan tanishish.

  4. Har bir turdagi avtomobilni yuvish uchun suv sarfini aniqlash.

  5. KXK zonasining ish grafigi, ishchilar soni va kunlik ish hajmi bilan tanishish.


5. Umumiy ma’lumotlar
Avtomobillarga KXK ishlari o’z ichiga,harakat xavsizligini ta’minnlashga yo’naltirilgan tekshiruv, nazorat, tozalash, yuvish va kuzatish, hamda yonilg’i, moy, sovutish suyuqligi va ekspluatastion suyuqliklar bilan ta’minnlash ishlarini oladi.
KXK ishlari ATK da avtomobillarni ishga chiqishidan avval ishdan qaytgandan so’ng bajariladi.
Avtomobillarni texnik holatini aniqlash, ular ishga chiqishdan avval va ishdan qaytgandan so’ng tekshiruv nazorat joyida (TNJ) o’tkaziladi.
Avtomobillarga yonilg’i quyish, ulardagi moy, sovutish suyuqligi va ekspluatastion suyuqliklarni me’yoriga keltirish haydovchi tomonidan bajariladi.
Avtomobillarni tozalash, yuvish va quritish ishlari maxsus KXK zonasida uyushtiriladi. Avtomobillarning ishlash sharoitini (yo’l, iqlim va yuk tashish) hisobga olgan holda, ularning kuzov va kabinalarini yaxshi qurinishini ta’minnlash, lak, bo’yoq qoplamlarini muxofaza qilish maqsadida yuqorida qayd etilgan ishlar bajariladi.
Avtomobillarni tozalash-kuzov va kabinalarini changdan va tashilgan yuk qoldiqlaridan tozalash demakdir.
Tashiladigan yuk turiga qarab, tozalash ishlarida cho’tkalar, qirg’ichlar, artish materiallari, chang so’rgichlar ishlatiladi.
Avtomobillarni yuvish-tozalash ishlari bajarilib bo’lingach, kirlardan yuvish yo’li bilan tozalanadi. Lak va bo’yoqlarni yaltirash hususiyatlarini saqlab qolish maqsadida, yuvilayotgan sirt va suv haroratining farqi 18-20S dan oshmasligi zarur.
Avtomobil sirtidan kirlarni faqat suv bilan yuvib tozalab bo’lmaydi, shuning uchun maxsus sintetik kir yuvish vositalaridan foydalaniladi. Avtomobillarni yuvish 2 usul: qo’l bilan va maxsus jihozlar yordamida bajariladi.
Avtomobillarni qo’l bilan yuvish ishlari kichik ATK larda bajarilib, unda shlanka, cho’tka yoki yumshoq materiallar ishlatiladi.
Mexanizastiyalashgan yuvish ishlari yirik ATK larda bajarilib, unda avtomobillarni turiga qarab kerakli mexanizmlar va jihozlar ishlatiladi.
Avtomobillarni quritish: yuvilgan avtomobillar sirtini artish va namlikni ketkazishdan iborat bo’lib, bunda artish materiallari va maxsus quritish jihozlari ishlatiladi.
Avtomobil kuzovini yaltiratish:uzoq vaqt ekspluatastiya qilish va tashqi muhit tahsirida avtomobilning bo’yoq paytlari eskiradi, yoriladi va yaltirash hususiyatini yo’qotadi. Natijada yorilgan bo’yoq qatlamlari orasiga namlik o’tib, metall zanglaydi va chiriydi. Bo’yoq qatlamlar ko’proq ishlashi va sirtida zanglashga qarshi qoplam hosil qilish uchun maxsus yaltiratish vositalaridan foydalaniladi. Yaltiratish quyidagi tartibda bajariladi: tozalab yuvilgan yuza artiladi va quritiladi, keyin yaltiratish pastasi yuzaga surtilib yumshoq mato bilan yaltiraguncha artiladi.




  1. Ishdan maqsad

Download 114 Kb.
  1   2   3




Download 114 Kb.