• Tezlashtirilgan turg‘unlik sinovlari
  • Davomiy sinovlar (real vaqt davomidagi sinovlar).
  • 18-ma’ruza Dori vositalarining biosamaradorligiga sharoit va saqlash muddatining ta’siri. Dori vositalarining turg’unligini aniqlash Reja




    Download 18.02 Kb.
    bet2/2
    Sana25.01.2023
    Hajmi18.02 Kb.
    #39401
    1   2
    Bog'liq
    18маърузасаноат
    3-modul, 7-biologiya 2023, 7-fizika 2023, 2-ma\'ruza, Pedagogik dasturiy vositalar fanidan oraliq nazorati savollari, BIZNING 1, I Variant, amalyot.1, 12qw, Relyatsion algebra va relyatsion xisoblash elementlari-fayllar.org, 2-amaliy mikro..., Loyiha pasporti. eliktr stansiya, mikromary=uza, mustaqil ish2
    Stress-testlar odatda, yangi dori moddasini (substansiya) bir seriya namunasi sinovlarida qo’llaniladi. Buning asosiy maqsadi turg'unlikni boshqa usullarda aniqlash uchun zarur bo’ladigan boshlang'ich ma’lumotlarga ega bo'lish. Stress-testlar yordamida destruksiya reaktsiyalarini xarakteri va ketishi aniqlanadi, boshlang‘ich dori moddasi va uning parchalanish mahsulotlarini aniqlash uchun optimal analitik usullar tanlanadi. Stress-testlarning oddiy harorati: 50, 60 va 70°C, ya’ni tezlashtirilgan sinovlardan 10°C harorat yuqori, namlik 75% dan kam bo’lmagan darajada. Lekin bu sharoitlarda kuzatiladigan kimyoviy reaksiyalarning xarakteri har doim ham mo‘tadil sharoitda kuzatiladigan reaksiyalar bilan mos kelavermasligini inobatga olish lozim. Yorug‘likka sezuvchan dori moddalari uchun fototurg‘unlik sinovlari o ‘tkazilishi nazarda tulilishi lozim.
    Tezlashtirilgan turg‘unlik sinovlari — yangi dori vositalarini yaratish jarayonida texnologik usullar va sifat ko‘rsatkichlarini o‘rganish, qadoqlash-o‘rash tizimini tanlashni tezlashtirish maqsadida qo‘llaniladi. Tezlashtirilgan sinovlar davomiy sinovlardan farqli ravishda yuqori haroratlarda olib boriladi, lekin 15°C dan kam bo'lmagan haroratda va kutilayotgan namlikdan yuqori namlikda o‘tkaziladi. Normativ hujjatni ro‘yxatdan o‘tkazish davrdagi tayyorlashda tezlashtirilgan sinovlar, asosan, tadqiqotlar natijalarini tasdiqlash uchun qo‘llaniladi. Bu mavjud davomiy sinov natijalaridan ko‘ra yuqoriroq boshlang‘ich yaroqlilik muddatini belgilash imkonini beradi. Ro‘yxatdan o‘tkazishdan keyingi davrda o‘tkaziladigan tezlashtirilgan sinovlar oldindan tasdiqlangan ishlab chiqarish sharoitlarini o‘zgartirish mumkinligini tasdiqlash maqsadida o'tkaziladi. Lekin keyinchalik ushbu natijalar real vaqt davomidagi sinovlar bilan tasdiqlanishi mumkin.
    Ayrim termolabil dori moddalari va dori turlarini (emulsiya, surtmalar) tezlashtirilgan sinovlarini o‘tkazish imkoniyatlari juda cheklangan. Ular uchun turg‘unlikning asosiy aniqlash usuli davomiy sinovlar hisoblanadi. Shu bilan birga tezlashtirilgan sinovlarni ijobiy natilajari dori vositasini oddiy sharoitda saqlash davomida qisqa muddatli chetlanishlar sodir bo‘lganda turg‘unligini saqlab qolish mumkinligi haqidagi xulosa qilishga imkon beradi.
    Davomiy sinovlar (real vaqt davomidagi sinovlar). Ushbu sinovlarning natijalari dori vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tkazishdan keyingi davrda optimal yaroqlilik muddatlarini belgilash va tasdiqlash uchun muhim asoslardan biri hisoblanadi. Ular dori vositasining muomalada bo‘lishi natijasidagi saqlash sharoitlariga maksimal darajada yaqin sharoitlarda o‘tkaziladi.
    Download 18.02 Kb.
    1   2




    Download 18.02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    18-ma’ruza Dori vositalarining biosamaradorligiga sharoit va saqlash muddatining ta’siri. Dori vositalarining turg’unligini aniqlash Reja

    Download 18.02 Kb.