|
Neft va gaz konlarining ishlatishdagi asosiy texnologik ko`rsatkichlar tavsifi
|
bet | 2/4 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 25,59 Kb. | | #113576 |
Bog'liq Ma\'ruza №1518.2. Neft va gaz konlarining ishlatishdagi asosiy texnologik ko`rsatkichlar tavsifi
Yuqorida aytib o`tgan loyiha ishlarining barchasida bajariladigan asosiy hisoblashlar konning texnologik ko`rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
- neft, gaz, kondensat va suv olish miqdori va ularning ishlash davridagi o`zgarishi;
- suv, gaz yoki boshqa omillarni qatlamga haydash miqdori va ularning ishlash davridagi o`zgarishlari;
- neft, gaz olish va suv yoki boshqa omillarni haydash quduqlari majmui, ularning konda joylashish turi hamda ishlash davridagi o`zgarishlari;
- qatlam bosimi, suvlanganlik, gaz omili, kabi ko`rsatkichlarning o`zgarishi.
Bu texnologik ko`rsatkichlarni hisoblash qatlamdagi namoyon etilayotgan energiyani turiga ko`ra har xil usullar bilan bajariladi.
Asosiy texnologik ko`rsatkichlardan suvlanganlik va gaz omili haqida qisqacha tushuncha berib o`tamiz.
Suvlanganlik deb, quduq mahsulotidagi suv miqdorini (Qsk) umumiy suyuqlik (Qsk) miqdoriga bo`lgan nisbatiga aytiladi, ya’ni
(Qsuv / Qsk) * 100 = (Qsuv / Qn + Qsuv) * 100, (18.1)
Suvlanganlik foiz miqdoriga o`lchanadi.
Gaz omili deb, quduqdan olinayotgan neftning bir massa birligidan ajratib olinadigan gaz miqdoriga aytiladi, ya’ni
G = Qr / Qн [m3/t yoki m3/m3] (18.2)
Texnologik ko`rsatkichlar ichida aniq hisoblanishi shart bo`lgan yana ikki ko`rsatkich ma’lum ahamiyatga ega bo`lganligi uchun ular haqida ham to`xtalib o`tamiz.
Quduqlar majmuini yuqori aniqlik bilan hisoblash qolgan barcha hisoblashlarni yuqori aniqlikka ega bo`lishini ta’minlanadi. Quduqlar majmuida har bir turdagi quduqlar alohida hisoblanadi. Neft olish quduqlarining soni tanlangan ishlash usuli bilan bevosita bog`langan bo`lib, quduqlar to`rining zichligi tanlab olingan besh nuqtali, yetti nuqtali va to`qqiz nuqtali quduqlar joylashish tizimiga hamda kon maydoni va uning zaxirasiga qarab keng ko`lamda o`zgarishi mumkin.
Neft olish quduqlarining soni aniqlangandan so`ng ular ichidan zaxira quduqlar ajratiladi. Odatda zaxira quduqlar konning katta kichikligiga qarab umumiy quduqlar sonidan 10-15% qilib ajratiladi va ularni kondagi olinishi mumkin bo`lgan neft zaxirasining 70-75% olingandan so`ng burg`ilash ko`zda tutiladi. Zaxira quduqlarni ajratib, ularni konni ishlash davrining uchinchi va turtinchi davrida burg`ilanishidan maqsad konning neft beraolishlik imkoniyatini uchinchi va to`rtinchi ishlash davrida ham yuqori saqlash, qatlamdagi ba’zi sizdirilishda qatnashmayotgan maydonlarni ishlashga jalb etishdan iborat.
Neft quduqlarini soni aniqlangandan so`ng ularni ishga tushish tartibi kam aniqlanishi shart, ya’ni yilma-yiliga qancha neft olish qudug`i ishga tushadi va qanchasi ishlatishdan chiqaziladi. Xuddi shuningdek, gaz oluvchi va suv haydovchi quduqlar ham hisoblanishi shart. Bulardan tashqari nazoratchi va pezometrik quduqlarni soni, ularni kon maydonida joylashish nuqtalari aniqlanadi.
Texnologik ko`rsatkichlar ichida yana bir asosiy ko`rsatkich qatlam bosimi bo`lib, uni o`zgarishi neft olish sur’atiga, maxsulotning suvlanganligi va gaz omilini o`zgarishiga juda katta ta’sir ko`rsatadi. Shuning uchun qatlam bosimining o`zgarishi ham aniq hisoblanishi shart.
Asosiy texnologik ko`rsatkichlarni hisoblash tenglamalari va umuman hisoblash jarayoni murakkab bo`lib, bu jarayon qatlamdagi suyuqliklarni sizishini, qatlamning geologik xususiyatlarini, suyuqliklarning fizikaviy-kimyoviy xossalarini hisobga olgan holatda shaxsiy kompyuterlarda bajariladi.
Shuni ham aytish kerakki, hisoblash jarayonlari kondagi hamma holatlarni jamlab turib maxsus model aosida bajariladi. Odatda hozirgi hisoblashlar ikki o`lchamli ko`p komponentli matematik modellarda olib borilmoqda. Uch o`lchamli yoki ko`p o`lchamli, ko`p komponentli matematik modellar ustida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari hanuzgacha tugallangani yo`q.
|
| |