|
Uyumlar ishlashini iqtisodiy ko`rsatkichlarini hisoblash
|
bet | 4/4 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 25,59 Kb. | | #113576 |
Bog'liq Ma\'ruza №1518.4. Uyumlar ishlashini iqtisodiy ko`rsatkichlarini hisoblash
Uyumlar ishlashini texnologik ko`rsatkichlarini bir necha variantlari hisoblangandan so`ng, ishlab chiqarishga tadbiq etilishi kerak bo`lgan varianti iqtisodiy hisoblashlar natijasida aniqlanadi.
Uyumning (yoki konning) iqtisodiy hisoblari odatda quyidagilardan iborat bo`lishi kerak:
- ko`rsatkichlarning iqtisodiy tahlili;
- kapital qurilishga va ishlatishga sarf bo`lgan mablag`larni tahlili;
- soliqlar tizimining tavsifi;
- mablag` bilan ta’minlash manbalari;
- ishlash variantini texnik-iqtisodiy tahlili, tatbiq etilishi kerak bo`lgan variantni tanlash;
- loyixaga to`liq iqtisodiy baho berish.
Bu hisoblashlar uchun ham maxsus hisoblash modellari va dasturlari yaratilib, hisoblashlar ham kompyuterlarda olib boriladi. Iqtisodiy ko`rsatkichlarni hisoblash juda ham murakkab jarayon bo`lmasa ham, lekin hisoblash vaqtida amaldagi davlat qonunlarini, soliqlarini, bank va birja ko`rsatkichlarini, dunyo miqyosida neft va gazni sotish narxlarini, davlatning neft maxsulotlariga bo`lgan ehtiyojini nazarda tutgan holda bajarish kerak bo`ladi.
Tayanch so`zlar
Loyihalashtirish, loyihalashtirish bosqichlari, konni ishlash, konni ishlatish, konni jixozlash, loyihalashtirish bosqichlari, konni ishlatish sur’ati, quduqlarni joylashtirish, texnologik rejim, qatlam energiyasi, suv bosimi energiyasi, gaz bosimi energiyasi, erigan gaz energiyasi, taranglik energiyasi, loyihalash bosqichi, sinov-ishlatish loyihasi, sinov-sanoat ishlash loyihasi, ishlashning texnologik tarxi, ishlash loyihasi, aniqlashtirilgan ishlash loyihasi, ishlash taxlili, uyumni bir tekisda burg’ilash, qo’shimcha qidiruv ishlari, zaxira quduqlar majmui, geologik model, ishlovchi va haydovchi quduqlar, ishlash tizimi, mahsulotni yig’ish, mahsulotni tayyorlash, mahsulotni uzatish.
Tekshirish uchun savollar
1. Konni ishlatishda qo`llaniladigan asosiy hujjatlar.
2. Kon ishlashidagi asosiy texnologik ko`rsatkichlar.
3. Asosiy texnologik ko`rsatkichlarini aniqlash usullari.
4. Ishlash loyihasini tuzishdagi ishlatiladigan modellar.
5. Ishlash variantini tanlashda iqtisodiy ko`rsatkichlarning roli.
|
| |