|
Konlarni loyihalashda matematik modellardan foydalanish
|
bet | 3/4 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 25,59 Kb. | | #113576 |
Bog'liq Ma\'ruza №1518.3. Konlarni loyihalashda matematik modellardan foydalanish
Avval aytib o`tganimizdek, konni ishlashini asosiy texnologik ko`rsatkichlarini hisoblash murakkab jarayon bo`lib, bu hisoblashlar shaxsiy kompyuterlarda bajariladi. Shaxsiy kompyuterlarda hisoblash uchun kondagi bo`ladigan barcha jarayonlarni matematik modelini tuzib, uni dasturini tayyorlab, ana shu dasturni kmopyuterga kiritishga to`g`ri keladi.
Ana shu matematik modellar neftni siqib chiqarish va kamrab olish koeffitsientlari, suv haydash sur’atini, shuningdek ular orasidagi har xil statistik bog`liqliklarning quyi faktorli taxlil natijalarini hisobga olgan holda yaratilladi. Hisoblashlar gidrodinamikani asosiy ikki masalalari – to`g`ri va teskari masalalariga asoslangan bo`lib, har ikki turdagi masalalarni yechimi bir xil yoki bir biriga juda yaqin natijalar bergan taqdirda hisoblashlar to`g`ri ekanligi tasdiqlanadi.
Neft olish koeffitsientini (NOK) hisoblashda qabul qilingan ko`rsatkichlarni qanday qilib tanlanganligi, qaysi usullar bilan aniqlanganligi va ularning qanchalik haqiqiy ekanligini batafsil asoslanib berilishi kerak. Agar NOKni hisoblash uchun statistik usullar qo`llanilgan bo`lsa, albatta hisoblash usullari keltirilgan bo`lishi kerak, ularning ishlatish chegaralari geologik va texnologik omillar o`zgarganda qanday o`zgarishi, statistik usullarda qatnashayotgan har bir omilning o`rtacha qiymati qatlam va kon uchun keltirilishi kerak.
Agar NOKni solishtirish usuli bilan hisoblanayotgan bo`lsa, u holda hamma statistik bog`liqliklarni solishtirilayotgan kon uchun ham to`liq kiritish zarur bo`ladi. Bu solishtirishda ayniqsa geologik va fizikaviy-kimyoviy omillardan tashqari energetik ko`rsatkichlarni (qatlam bosimi, qatlam suvlarining faolligi), ishlash tizimini, neft olish texnikasi va texnologiyasini ham solishtirish kerak bo`ladi.
Shunday qilib, tanlangan matematik modelni nihoyatda katta talabchanlik bilan sinash zarur. To`liq sinovdan o`tgan matematik model uchun keyinchalik ham ishlatish uchun mumkin bo`ladigan hamda o`z ichiga hamma geologik va gidrodinamik ma`lumotlarni olgan doimiy ishlaydigan model bo`lib qolishi kerak.
Doimiy - ishlaydigan matematik model o`z ichiga quyidagilarni olgan bo`lishi kerak:
- uyumning uch o`lchamli to`liq tafsilotiga ega bo`lgan geologo-matematik modelini;
- ishlash jarayonini tavsiflovchi turli ko`rinishdagi ikki o`lchovli va uch o`lchovli, uch fazali va kompozitsiyali matematik modellarni;
- geologik, geofizik va kon-geologik ma’lumotlarni o`z ichiga olgan ma’lumotlar bankini;
- konni ishlash tarixi bo`yicha matematik modellarni moslashtiradigan dasturlarni;
- berilgan texnologik va iqtisodiy mezonlar bo`yicha uch o`lchovli sirqish modellarini konni ishlash jarayonining eng qulay sharoitlarini hisoblash chunki ishlatiladigan usullar va dasturlarni.
Yukorida kursatib utilgan kursatkichlarni uz chichga tulik olgan matematik modellar va dasturlar konlarni bekamu-kust loyixalash ishlarini bajarish uchun yarokli buladi.
|
| |