|
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONSBog'liq 189-193JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/
Volume–49_Issue-1_March_2024
190
Annotation:
This article presents an analysis of the existing bus routes in the
city of Andijan, the intervals of movement along them, gaps in bus capacity and their
solutions.
Keywords:
Quality, planning, interval, resource, bus, urban transport, service,
safety.
Urbanizasiya jarayonining jadallashuvi, megapolis shaharlarning ko'payishi,
aholi sonining o'sishi natijasida jamoat transportiga bo'lgan talab va ehtiyoj yil sayin
oshib bormoqda. Bu esa, o'z navbatida, jamoat transporti xizmati sifatini oshirish,
madaniyatini yuksaltirish, uni bugungi davr va sharoitga moslashtirishni taqozo
etmoqda. Mamlakatimizda ham, hozirgi o’sib borayotgan aholi sonidan kelib chiqqan
holda, jamoat transportini sifatini yanada oshirish ustuvor vazifalardan biri bo’lib
qolmoqda [1].
Jamoat transportini moliyalashtirishning yangi tizimini tashkil etish chora-
tadbirlari to’g’risida:
Shahar avtobus yo‘nalishlarini brutto-shartnoma asosida tashuvchilarga
biriktirish yuzasidan tenderlarning tender hujjatlari va texnik topshiriqlari O‘zbekiston
Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import
kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan
ekspertizadan o‘tkazilmaydi [2].
-
“bosib o‘tilgan yo‘l” mezoni — tashuvchining yo‘nalish bo‘ylab tashish
jarayonida amalda bosib o‘tgan masofasi o‘lchovi ko‘rsatkichi;
-
brutto-shartnoma — yo‘nalishlarda cheklangan tariflarda yo‘lovchi tashish
xizmatlari uchun “bosib o‘tilgan yo‘l” va “sifat” mezonlaridan kelib chiqqan holda
hisob-kitob qilishni nazarda tutuvchi vakolatli organ va tashuvchi o‘rtasida tuzilgan
shartnoma;
-
cheklangan tarif — shahar yo‘lovchi transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish
uchun mahalliy hokimiyat vakillik organlari tomonidan belgilanadigan yo‘l haqining
cheklangan miqdori [3-6].
Yo‘lovchilarni muntazam tashishlarni amalga oshiruvchi tashuvchilarga va
bunday tashishlarni amalga oshirishga qo‘yiladigan talablar
“ Yo‘lovchilarni muntazam tashishlar Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-
noyabrdagi 482-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yo‘lovchilar va
bagajni tashish
qoidalariga
muvofiq amalga oshiriladi ”.
Avtobuslarning belgilangan harakat jadvalidan va yo‘nalish sxemasidan chetga
chiqishiga faqat avtomobil yo‘llarida va ko‘chalarda vaqtinchalik cheklovlar kiritilgan
yoki avtotransport vositalari harakati to‘xtatilgan davrda yo‘l qo‘yiladi [7,8].
Avtomobil yo‘llarida va ko‘chalarda vaqtinchalik cheklovlar kiritilgan yoki
avtotransport vositalari harakati to‘xtatilgan davrda avtobuslar harakat jadvali va
yo‘nalish sxemasiga o‘zgartirishlar vakolatli organ tomonidan kiritiladi va
tashuvchilarga yetkaziladi.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat transporti tizimini isloh qilish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2023-yil 16-fevraldagi PQ-59-son qarori)ida shahar
yo'lovchi transportlarining imtiyozli harakatlanishini rivojlantirish va aholiga
ko'rsatilayotgan transport xizmati sifatini oshirish borasida bir qator hal qilinishi kerak
|
| |