JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS




Download 470,6 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana14.06.2024
Hajmi470,6 Kb.
#263578
1   2   3   4   5
Bog'liq
189-193

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–49_Issue-1_March_2024 
191 
bo'lgan masalalar turibdi [9]. Bular: 
-
bugungi kunda shahar yo'lovchi transport vositalarining shaxsiy transport 
vositalariga nisbatan raqobatbardoshligi bir oz pasaygan. Buning sababi shundaki, 
shaxsiy transport vositalarining jamoat transport vositalariga qaraganda tezligining 
yuqoriligi, yo'lovchilar uchun qulayligi, qatnov muntazamligi, tashish tan narxining 
yo'lovchilarga ma'qulligi kabi sifatlarining ustunligi tufayli tanlaydilar;
- kunning tig'iz paytlarida, jamoat transport vositalarining ushlanib qolishlari, 
ayniqsa, avtobuslarning ushlanib qolishlari vaqtining ortishi, buning natijasida harakat 
tezligining 
pasayishi, 
qatnovlar 
muntazamligining 
buzilishlari 
natijasida 
yo'lovchilarning kutib qolishlari oqibatida vaqt yo'qotishlari yuqoridagi sabablarga olib 
kelmoqda. 
Bularning 
barchasi 
jamoat 
transport 
vositalarining 
iqtisodiy 
ko'rsatkichlariga o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatadi; 
- yo'llarda tegishli yo'l belgilari va yo'l belgi chiziqlari bo'lishiga qaramay, 
transport vositalari serqatnov bo'lgan shahar markaziy ko'chalaridagi qatnov qismining 
birinchi bo'lagi, asosan jamoat transportlari harakatlanadigan bo'lak hisoblanadi
shuningdek, avtobuslarning kirish va chiqish joylari transport vositalarining 
vaqtinchalik turar joylariga aylanib qolgan [10-12]. 
Yuqorida keltirilgan, transport vositalarining xavfsiz harakatlanishiga salbiy ta'sir 
ko'rsatayotgan 
muammolarni 
hal 
qilish, 
transport 
vositalarining 
xavfsiz 
harakatlanishini ta'minlash va yo'l-transport hodisalarining oldini olish borasida 
Andijon shahar Ichki ishlar boshqarmasi yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi (IIB 
YHXB), Andijon viloyat transport boshqarmasi hamda barcha manfaatdor bo'lgan 
tashkilotlar bilan birgalikda chora-tadbirlar ishlab chiqqan holda hal etish albatta o’z 
natijasini ko’rsatadi [13-16]. 
Bulardan tashqari shahar ichi yo’nalishlarida qatnovchi avtobular sig’imi bilan 
bir qator muammolar mavjud. Bu muammolarga quyidagicha yechim topish mumkin. 
Shaharda qatnovchi avtobuslar tuzilishi iloji boricha yo'lovchilarning o'tirib va turib 
ketishiga hamda tushishiga, tushishiga, tez-tez to'xtab, katta tezlanish bilan 
harakatlanishiga moslangan bo'lishi kerak. Shahar ichi yo'nalishlarida qatnovchi 
yo'lovchilar o'rtacha qatnov masofasi qisqa va sutka davomida yo'lovchilar oqimining 
o'zgaruvchan bo'lishi shahar ichi avtobuslarining kuzov saloni rejasi kam o'rindiqli, 
o'tish joylari, avtobusning old va orqa tomonida turib ketishga mo'ljallangan sath 
(maydoncha) keng bo'lishini taqozo etadi. Salonni aytilgandek, rejalashtirish bilan 
yo'lovchilarga xizmat ko'rsatish sifatini deyarli kamaytirmagan holda avtobus sig'imini 
oshiradi. Chiqish va tushish uchun eshiklari keng bo'lishi, yo'lovchilarning chiqish va 
tushish uchun zarur bo'lgan to'xtab turish vaqtini kamaytirish bilan bir qatorda, 
avtobuslar ish unumini ham oshiradi [17-20]. 
Avtobuslar yo‘nalishga chiqishdan oldin o‘zining kunlik harakat rejim (grafik)lari 
bo‘yicha yo‘nalishlarga chiqadi va avtobuslar oraliq intervali ham harakat rejim 
(grafik)ga bog‘liq, yo‘nalishni harakat rejim (grafik)ni oraliq intervalini yo‘lovchilarga 
sifatli va mazmunli xizmat ko‘rsatishlariga qarab baholaymiz. Xususan, Andijon shahri 
yo’nalishlaridagi deyarli barcha avtobuslarning oraliq intervallari talab doirasidan bir 
oz chetlashgan. Bunga quyidagi sabablarni keltirishimiz mumkin: 
-
aholi sonining ko’pligi 
-
avtobuslar sonining kamligi 



Download 470,6 Kb.
1   2   3   4   5




Download 470,6 Kb.
Pdf ko'rish