• 19.3. Gaz yig’ish va taqsimlash punkti.
  • Bir konning o’zida mustaqil gaz yig’sh tarmoqlari orqali alohida gazni




    Download 381,79 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/5
    Sana18.12.2023
    Hajmi381,79 Kb.
    #122725
    1   2   3   4   5
    Bir konning o’zida mustaqil gaz yig’sh tarmoqlari orqali alohida gazni 
    yig’ish quyidagi holatlarda qo’llaniladi: 
    a) agar bitta gotizont o’zida “quruq” gaz, boshqasi kondensatli gaz to’plagan 
    bo’lsa, hamda gazi tarkibida sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan geliy bo’lgan 
    gorizontlar mavjudligida; 
    b) mahsuldor qatlamlarning birida gaz tarkibida korroziyani keltirib 
    chiqaruvchi elementlar: oltingugurt, karbonat angidrit va organik kislotalar; 
    c) mahsuldor gorizontlardagi qatlam bosimlari anchagina farq qilganda (har 
    xil bosimli gazlarni turli iste’molchilarga jo’natish yoki ejektorlardan samarali 
    foydalanish uchun). 
    19.3. Gaz yig’ish va taqsimlash punkti. 
    Quduqdan chiqayotgan gaz yig`ish tarmoqlari va kollektorlar orqali gaz 
    yig`ish punkti (GYP) va nazorat-taqsimlash punkti (KTP) ga yig`iladi. Bu yerda 
    gazning bosimini o`zgartirish va nazorat qilish ishlari ham amalga oshiriladi. Bir 


    qator gaz bosimi past hollarda gaz kompressor stantsiyasiga uzatiladi, u yerda 
    kerakli bosimgacha siqilib katta bosimli tizimga o`tkaziladi. Ko`p hollarda 
    quvurlarni tejash va ortiqsha bosimlardan foydalanish uchun gaz ejektorlaridan 
    foydalaniladi. 
    Sho’rtan koni yig’uv punkti va unga ulangan quduqlar to’g’risida qisqacha 
    ma’lumot berib o’tamiz. 
     «Sho’rtan-18» loyihasi bo’yicha, ishlashning umumiy muddati - 46 yil, sh.j. 
    o’sib boruvchi qazib chiqarish davri - 11 yil, doimiy qazib chiqarish – 18 yil. 
    “Sho’rtan” konining ishlatiladigan quduqlari soni - 124. Quduqlar har biri 5-6 
    quduqlardan iborat doira shaklidagi batareyalarga guruhlanadi («Sho’rtan-16»). 
    Quduqlar GDTQ ga bo’yicha, ya’ni 168 mm li diametrdagi shleyflar bo’yicha 
    bitta yig’uv punkti (YP) ga 5-6 quduqlardan gaz ulanadigan kollektorli-ko’p qatorli 
    sxema bo’yicha ulanadi. Gaz 273 mm li diametrdagi ishchi kollektor bo’yicha 
    yig’uv punkti dan GDTQ ga kelib tushadi. Yig’uv punktidan quduqlar 
    mahsulotlarini o’lchash uchun 168 mm diametrli o’lchash kollektori ko’zda tutilgan. 
    «Sho’rtan-16» loyihasi bo’yicha GDTQ-1 ga 10 ta yig’uv punkti, GDTQ-2 ga 16 
    yig’uv punkti ulanadi. 
    Gaz yig’ishning barcha tizimi GDTQ kirish qatorlarida o’rnatilgan ehtiyot 
    saqlovchi klapanlarning o’rnatilgan bosimi - 121 kgf/sm
    2
    maksimal bosimga 
    mo’ljallangan. 
    GDTQ-1 da gaz separatsiyalashning ikkita maydonchasi joylashtirilgan. Bitta 
    maydonchada, har biri 3 mln.m
    3
    /sutka unumdorlikdagi ishchi gazseparatorlarning 4 
    ta bloki o’rnatilgan. Ikkinchi maydonda har biri 3 mln.m
    3
    /sut unumdorlikdagi 
    birlamchi ishchi separatorlarning 6 ta bloki va bitta o’lchov separatori ko’zda 
    tutilgan.
    GDTQ-2 da kirish qatorlarining ikkita maydonchasi joylashtirilgan. 
    Birinchisiga 8 tadan ishchi va 8 tadan o’lchov kollektorlari ulanadi, ikkinchisiga 8 
    tadan ishchi va 5 tadan o’lchov kollektorlari va har biri 5 mln. m3/sut
    unumdorlikdagi 3 tadan ishchi gazseparatori, sh.j. 1 ta – o’lchov separatori 
    o’rnatiladigan, gaz separatsiyalashning ikkita maydonchasi ulanadi.
    Haqiqatda konda 15 ta yig’uv punkti va 7 ta batareya mavjud. Bunda GDTQ -
    1 ga 9 ta yig’uv punkti: 1, 2, 3, 12, 14, 15, 22, 26, 29 ulangan. GDTQ-2 ga 4, 6, 9, 
    10, 20, 24 yig’uv punktilar va 5, 17, 19, 30, 16, 34, 21 batareyalari ulangan.
    GDTQ-1 da ( 426 mm x 22 mm li suv chiqarish kollektori ishga tushirilgan . 
    Suv chiqarish kollektoriga 273 mm li sharli kranlarni ulagan holda, 1, 2, 3, 4, 
    14, 15, 22, 26, 29 yig’ish punktlari suv chiqarish kollektoriga chiqarilgan.
    Kranlar raqamlari: YP-6 №18 bog’. №19 KQB ; YP-20 №7 bog’. №8 KQB ; 
    YP-1 №327 bog’. №328 KQB ; YP-9 №13 bog’. №14 KQB ; YP-20 №9 bog’. №10 
    KQB ; YP-2 № 327 bog’. № 328 KQB ; YP- 10 № 2 bog’ № 3 KQB ; BT - 5 № 19 
    bog’. № 20 KQB ; YP- 29 № 308 bog’. № 307 KQB ; YP-12 №324 bog’. №323 
    KQB ; YP-26310 bog’. №309 KQB ; YP-14 №315 bog’. №316 KQB ; YP-14 №315 
    bog’. №316 KQB ; BT-17 №25 bog’., №26 KQB ; YP-15 №322 bog’. №321 KQB 
    ; YP-3 №313 bog’. №314 KQB ; BT-19 №21 bog’. №22 KQB ; YP-22 №312 bog’. 
    №311 KQB ; BT-30 №23 bog’. №24 KQB ; YP-4 bog’.№146 KQB ; 


    Batareyalardan gaz Du-273 ishchi kollektori bo’yicha GDTQ-2 ning KQB ga 
    kelib tushadi, shuningdek batareyalardan Du-168 o’lchov kollektori tortilgan. № 
    17,19 batareyalaridan gaz bitta Du-325 ishchi kollektori bilan GDTQ-2 ning KQB
    ga kelib tushadi, o’lchov kollektoriga esa № 22 quduq ulangan.
    GDTQ-1 va GDTQ-2 dan gazni tashish Du-426 va 720 kollektorlari orqali 
    amalga oshiriladi.

    Download 381,79 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 381,79 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bir konning o’zida mustaqil gaz yig’sh tarmoqlari orqali alohida gazni

    Download 381,79 Kb.
    Pdf ko'rish