Kompozitsion faoliyat:
- mavzu asosida mustaqil kompozitsiya ishlashda asosiy va yordamchi vositalarni o’rinli qo’llash. Kompozitsiya mavzusini ochib beruvchi asosiy ob’ektlardan oqilona foydalanish (bo’rttirish, badiiylashtirish, stilizatsiyalash va h.k.);
- individual va jamoa bo’lib kompozitsiya ishlash. Bo’laklar, elementlarni bir butunga bo’ysundirish;
- xalq amaliy san’ati namunalari asosida turli shaklda (yo’lsimon, kvadrat, aylana) naqsh kompozitsiyalarini tuzish va uning mazmuniga mos rang, rang tuslaridan foydalanish;
- adabiy asarlarning mazmuni asosida illustrativ rasm ishlash;
- uning kompozitsiyasini topish ijodiy jarayonning (qoralama, eskiz ishlash) mohiyatini anglash va undan tasviriy ijodiy faoliyatda foydalanish;
- bayram va turli sanalarga oid dekorativ kompozitsiya ishlash;
- rangli qog’ozlarni buklash va qirqish orqali turli shakl va naqsh elementlarini hosil qilish, ularni har xil rang va shaklda ustma-ust, yonma-yon yopishtirib naqsh kompozitsiyasini hosil qilish;
- haykaltaroshlik materiallaridan mavzuiy kompozitsiya ishlash.
|