Quyidagi ko’nikmalarni egallashlari zarur:
- turli buyum va predmetlarning konstruktiv tuzilishlarini, odam gavdasining harakatdagi holati, tanasining turli bo’laklari nisbatlarini (qalamtasvirda, haykaltaroshlikda) to’g’ri tasvirlay bilish;
- berilgan topshiriqqa mos tarzda kompozitsiyaning rangshunoslik yechimini to’g’ri hal eta olish (masalan: manzarada turli holat hamda kayfiyatlarni tasvirlashda rang va uning tuslaridan, shuningdek, kontrast, issiq-sovuq ranglardan maqsadli foydalana olish);
- kompozitsion faoliyatda chiziq, chizgi (shtrix), rang surtmasi, dog’, yorug’-soya kabi grafik tasvir vositalarini, hajm, fazo va perspektivani tasvirlashda, rang va uning tuslari va koloritini tasvir mazmuniga mos tarzda tasvirlashda, havo perspektivasini ifodalashda qo’llay olish;
- grafika va rangtasvirda manzara ishlay olish;
- plastilin va loydan relefsimon (qabariq) tasvir ishlay olish;
- yaxlit kompozitsiya, obraz yaratishda ranglarning mutanosibligini saqlay olish;
- tasviriy san’at turlari (grafika, rangtasvir) va janrlarida (manzara, portret, natyurmort) rasm ishlay olish.
|