Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim:
- turli buyum va predmetlarning konstruktiv tuzilishlarini, odam gavdasining harakatdagi holati, tanasining turli bo’laklari nisbatlarini (qalamtasvirda, haykaltaroshlikda) to’g’ri tasvirlay bilish;
- berilgan topshiriqqa mos tarzda kompozitsiyaning rangshunoslik yechimini to’g’ri hal eta olish, misol uchun, manzarada turli holat hamda kayfiyatlarni tasvirlashda rang va uning tuslaridan foydalana olish;
- kompozitsion faoliyatda chiziq, chizgi, dog’ yorug’-soya kabi grafik tasvir vositalarini, hajm, fazo va prespektivani tasvirlashda, rang, uning tuslari va koloritini tasvir mazmuniga mos tarzda, havo perspektivasini ifodalashda qo’llay olish;
- yaxlit kompozitsiya, obraz yaratishda ranglarning mutanosibligini saqlay olish;
- tasviriy san’at turlari (grafika, rangtasvir) va janrlarida (manzara, portret, natyurmort) rasm ishlay olish;
- tasviriy san’atning tur va janrlariga muvofiq tarzda tasviriy vosita va usullardan amaliy faoliyatda maqsadga muvofiq tarzda foydalana bilish;
- kompozitsiya yaratishda yordamchi vositalar (qoralama, eskiz)dan mustaqil tarzda foydalana olish;
- tasviriy faoliyat (rangtasvir)da issiq va sovuq ranglar gammasidan foydalana bilish;
- mustaqil tasviriy faoliyatda kompozitsiya qonuniyatlariga amal qilish;
- adabiy asar syujeti asosida portret-illyustrasiya ishlay bilish, unda mazmun va tasvir mutanosibligini ifodalay olish.
6 - sinf San’atshunoslik asoslari:
- o’rta asrlar san’ati. San’atdagi usul va yo’nalishlar (me’morlikda roman, gotika usullari);
- Sharq me’morligidagi shakl va usullar (peshtoq, gumbaz, minora);
- Sharq miniatyura san’ati: O’rta Osiyo, Hindiston, Eron, Arabiston, Turkiya miniatyura maktablari;
- Sharq miniatyura san’atida umumiylik va o’ziga xoslik;
- miniatyurada sintetik jarayonlar (syujetli kompozitsiyalar, naqqoshlik, xattotlik va boshq.);
- miniatyura markazlari (Buxoro, Hirot, Tabriz va bosh.);
- Sharq miniatyura san’atida umumiylik va o’ziga xoslik;
-Sharq miniatyura san’atining yirik namoyondalari (Mirak Naqqosh, Kamoliddin Behzod, Murod Muhammad Samarqandiy);
- O’zbekiston zamonaviy miniatyura san’ati. O’zbek miniatyurachi rassomlari (Sh.Muhammadjonov, N.Xolmatov, H.Nazirov, A.Tursunov, Sh.Shoyoqubov va bosh.);
- miniatyura san’ati namunalari (Dehlaviy, Firdavsiy, Nizomiy, Navoiy, Bobur, Sharofutdin ali Yazdiy asarlari misolida), ular saqlanadigan yirik muzeylar (Nyu-York-Metropoliten muzeyi, Parij-Fransiya milliy kutubxonasi, London-Britaniya muzeyi, Sankt-Peterburg-Ermitaj, Hindiston, Turkiya muzey va kutubxonalari, Toshkent Sharqshunoslik kutubxonasi va h.z.);
- dastgoh rangtasviri, uning turlari, ijodkorlari, rassomning kartina yaratish jarayoni;
- tasviriy san’atda buyuk siymolar tasviri (M.Nabiev - Amir Temur, Beruniy, Bobur, Ibn Sino portretlari; I.Jabborov - Amir Temur haykali, Toshkent, Samarqand, A.Ikromovning Mirzo Ulug’bek; T.Quryozov - Jaloliddin Manguberdi;
J.Umarbekov - Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro yoshligi; O.Qozoqov - Kamoliddin Behzod);
- Uyg’onish davri Yevropa tasviriy san’ati (Leonardo da Vinchi, Rafael, Mikelandjelo, A.Dyurer va bosh.);
- XIX asr oxiri XX asr boshlari rus tasviriy san’ati (A.Bryullov, Tropinin, I.Shishkin, I.Levitan, A.Vasilev, V.Kuinji, B.Savrasov, I.Repin, V.Serov, A.Surikov va bosh.);
- O’zbekiston tasviriy san’ati (O’.Tansiqboev, N.Karaxon, R.Timurov, N.Qo’ziboev, R.Ahmedov, M.Nabiev, Ch.Ahmarov, J.Umarbekov, B.Jalolov, A.Ikromjonov va boshq.);
- haykaltaroshlik turlari (dastgoh, mahobatli va dekorativ haykaltaroshlik).
|