Namunaviy topshiriqlar
"Oltin kuz", "Bahor keldi", "Kumush qish", "Yozgi ishlar" haqida suhbat.
Naturaga qarab tasvirlash (13 soat)
a) Naturaga qarab rasm ishlash (8 soat)
- o’quvchilarda qalam bilan turli yo’nalishlarda erkin to’g’ri, egri, to’lqinsimon, qiya va aylana shaklidagi chiziqlar o’tkazish malakalarini hosil qilish;
-
rasmni qog’oz yuzasida turlicha joylashtirishga o’rgatish;
-
narsaning shakli, rangi, fazoviy holati, o’lchovlarini o’zaro solishtirish orqali to’g’ri ko’rishga va tasvirlay olishga o’rgatish;
-
narsaning rangini bir me’yorda bo’yash malakalarini hosil qilish;
-
rasm ishlash jarayonida shakl, mutanosiblik, qismlarning o’zaro bog’liqligiga, chiziladigan narsa - qush, hayvonlar, inson tana qismlarining o’lchovlari o’rtasidagi nisbatlarni to’g’ri olishga o’rgatish.
|