Namunaviy topshiriqlar
Bayroqcha, soat, baliqcha, havo sharlari, tandir non, o’rik, tol, shaftoli, olcha barglari, mevali daraxtlarning gullari, bahorgi gullarning o’ziga qarab rasmini ishlash.
b) Naturaga qarab haykal ishlash (5 soat)
- haykaltaroshlikda ishlatiladigan materiallar va asboblar bilan tanishtirish;
-
o’quvchilarning narsalarni (shakli, hajmi, o’lchovlarini) o’zaro taqqoslash orqali loy va plastilin bilan ishlash malakalarini shakllantirish;
-
haykaltaroshlikka doir maxsus atamalar bilan tanishtirish.
Namunaviy topshiriqlar
O’yinchoqlar-tuya, echki, o’rdakcha, toychoq, xo’roz, buzoqcha, jo’jalarning haykalchasini va baliq relefini o’ziga qarab haykalini yasash.
Kompozitsion faoliyat (17 soat)
Kompozitsiya mashg’ulotlarining vazifalari quyidagilardan iborat:
a) Rangtasvir kompozitsiyasi (5 soat)
- o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlari va fantaziyasini o’stirish;
-
rasm chizishda bolalarni qog’ozdan maqsadga muvofiq ravishda foydalana olishga o’rgatish;
-
rasmda tasvirlanayotgan narsalarning ko’rinishlarini mazmunan bir-biriga bog’lay bilish va ularni qog’oz yuzasida tasvirlay olishga o’rgatish;
-
mazmunli rasmda tasvirlanayotgan qismlarni shakl va rang jihatidan muvozanatini saqlay bilishga o’rgatish;
-
odamlar, hayvonlar, daraxt va boshqa shu kabilarning tana tuzilishini hamda ularning o’zaro bog’liqligini, ulardagi go’zalliklarni rasmlarda tasvirlay olishga o’rgatish;
-
bolalarni axloqiy, estetik jihatdan tarbiyalashga ko’maklashish.
Namunaviy topshiriqlar
"Kuz sahovati", "Bahorgi ishlar", "Kapalaklar raqsi", "O’rik gulladi", "Elkanli qayiqlar", "Kuzgi shudgor", "Qahraton qish", "Varrak uchirish", "Ikki echki", "Sholg’om", "Mosh boshqa maqtanmaydi" nomli hikoyalar asosida rasm ishlash.
b) Dekorativ kompozitsiya (6 soat)
- o’quvchilarning tasviriy malaklarini o’stirish; yo’lsimon naqshlarning xususiyati bilan tanishtirish;
-
bo’yoqni suv bilan eritish va u bilan kerakli yuzalarni tekis bo’yash;
-
mo’yqalamning uchi bilan ishlashga o’rgatish; naqsh unsurlarining takrorlanishi yoki qaytarilishi (shakli va rangi jihatidan) to’g’risida ma’lumot berish; ertak va hikoyalarning mazmuniga mos holda rasm ishlash yuzasidan dastlabki tushunchalar berish va amaliy ishlarni bajarishga o’rgatish;
-
o’quvchilarda shakl va rangni sezish hislarini o’stirish;
-
naqshlarning go’zalligini his qilishni rivojlantirish; tabiiy materiallar va rangli qog’ozlardan kesish, qirqish va yopishtirish orqali turli dekorativ bezaklar, naqshlar tuzishga o’rgatish.
Rangshunoslik yuzasidan esa quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
-
o’quvchilarni asosiy va hosila ranglar bilan tanishtirish; asosiy va hosila ranglar haqida tushuncha berish, asosiy ranglarning tuslarini (masalan, och qizil, qizg’ish, to’q qizil va h.k.) suv bilan aralashtirish orqali rang hosil qilishga o’rgatish;
-
asosiy ranglarni o’zaro aralashtirish orqali hosila ranglarni (yashil, binafsha, zarg’aldoq ranglar) topa bilish malakalarini rivojlantirish;
-
asosiy va hosila rang tuslarini tevarak-atrofdagi narsalardan topa bilish va nomlarini ayta bilishga o’rgatish;
|