Namunaviy topshiriqlar
Tabiatning kuz, qish, bahor, yoz faslidagi ko’rinishlarini, gullar, dekorativ qushlar, parrandalar, baliqlar, shahar ko’rinishlarini idrok etish. Borliqni idrok etish jarayonida tanlangan mavzuga oid ob’yektlarning xomaki rasmlarini ishlash. "Yozgi ishlar" mavzusida suhbat.
Naturadan rasm ishlash (13 soat)
Naturaga qarab tasvirlash mashg’ulotlarining vazifasi quyidagilardan iborat:
a) Naturaga qarab rasm ishlash (8 soat)
Tasvirlanadigan narsalarning shakli, ularning taqsimlari, konstruktiv tuzilishi, makondagi holati, rangini rasmda to’g’ri tasvirlash malakalarini o’stirish;
-
to’rtburchak, dumaloq shakllar haqida tushuncha hosil qilish;
-
tik, yotiq, qiya chiziqlar chizish malakalarini yanada o’stirish;
-
tasvirlashda yordamchi chiziqlardan foydalanishga o’rgatish; rangning och va to’q tuslarini ko’rish va aks ettira olish malakalarini rivojlantirish (masalan, to’q qizil, och qizil);
-
bo’yoqlar bilan ishlaganda tasvirning zirh chizig’idan chiqib ketmagan holda bo’yashga o’rgatish.
|