Musiqa ijodkorligi
O`qituvchi ijrochiligiga jo`rnavozlik qilish. Kuy tavsifiga mos raqs harakatlarini bajarish.
2-CHORAK (7 soat)
Mavzu: «Yakkanavozlik va yakkaxonlik
Cholg`uchilar va honandalar ansambli»
Musiqa tinglash
1. «Chamanda gul» O`zbek xalq qo`shig`i (dutorchi qizlar dastasi).
2. «Norim-norim» O`zbek xalq kuyi
3. «Xorazm lazgisi» Xorazm xalq kuyi (dasta).
4. «Gullola» I.Akbarov musiqasi
5. «Ufori ganji qorabog`» Xorazm xalq kuyi (afg`on rubobi)
6. «Dilxiroj» (dutor)
Jamoa bo`lib kuylash
1. «Xakkalar» N.Orifjonov she`ri, N.Norxo`jayev musiqasi
2. «Yangi yilim–yaxshi yilim» P.Mo`min she`ri, D.Zokirov musiqasi.
3. «Kichkintoymiz - gijingtoymiz» P.Mo`min she`ri, K.Kenjayev
musiqasi.
4. «Archa qo`shig`i» Z.Diyor she`ri, X.Muhamedova musiqasi.
Musiqa savodi
Nota yo`lida «Mi-lya» tovushlarining joylashuvi. Sozanda va xonandaning ijrosini, yakkanavoz hamda yakkaxonning farqini bilish. Butun va yarim nota, ularning cho`zimini bilish.
Cholg`u asboblarida ijro etish va musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish
Chapakda va bolalar cholg`u asboblarida chalib, musiqa ohangiga ritmik jo`r bo`lish («Oftob chiqdi olamga»).
|