Cholg`uchilik, raqs harakatlari, ijodkorlik
Chapak, doirachalar, qoshiq, shiqildoq va qayroqchalarda chalib, kuyga ritmik jo`r bo`lish («Chamanda gul», «Yallama yorim», «Olmani otdim»).
Raqs tushish . Musiqaga qadam tashlash («Marsh»).
O`rganilgan asar («Fil») badiiy qiyofasi (obrazi) ni tasvirlash . Sinf konserti.
4-CHORAK (8 soat)
Mavzu: «Xushnavo milliy cholg`ularimiz».
Musiqa tinglash
1. «Chamanda gul». O`zbek xalq kuyi (Cholg`u ansambli).
2. «Raqs» F.Nazarov musiqasi.
3. «Kakligim» N.Norxo`jaev musiqasi.
4. «Gulbahor» O`zbek xalq kuyi (nay).
5. «Choriy chambar» O`zbek xalq kuyi.
6. «Olma atirjon» O`zbek xalq kuyi.
7. «Gulyoraxon» O`zbek xalq kuyi. (tanbur).
8. «Gulyoraxon» O`zbek xalq kuyi. (dutor va tanbur).
9. «Chitti gul» O`zbek xalq kuyi.
Jamoa bo`lib kuylash
1. «Kapalak» P.Mo`min she`ri, D.Omonullaeva musiqasi.
2. «Kakligim» N.Orifjonov she`ri, N.Norxo`jaev musiqasi.
3. «Quvnoqlar qo`shig`i» P.Mo`min she`ri, N.Norxo`jaev musiqasi.
4. «Bolalar va g`ozlar» M.Qo`shoqov she`ri, J.Najmidinov musiqasi.
Musiqa savodi
Yetti tovush nomi, ularning ketma-ketligini bilish. Tovushlar baland-pastligini zinachalar ifodasida tasvirlash, uni Do-major tovush qatorida kuylab ifodalash. Shoir, bastakor va kuy-qo`shiq farqini bilish.
|