3- CHORAK (10 soat)
Mavzu: «Zamonaviy musiqa va uning asosiy xususiyatlari»
Musiqa tinglash
1. G.Qodirov. «Maktabjon va oftobjon» vokal simfonik syuitasi.
2. 1-Simfoniyadan parcha. S.Jalil musiqasi.
3. «Ra`no» I.Akbarov musiqasi, S.Akbariy she`ri.
4. «Majnuntol» Xalq musiqasi, E.Shiryayev qayta ishlagan.
5. «Yomg`ir yog`di» U.Azimov she`ri, D.Omonullayeva musiqasi.
6. «Yalla» vokal-cholg`u ansambli qo`shiqlaridan tinglash.
Jamoa bo`lib kuylash
1. «O`zbegimdan aylanay» D.A`zamova she`ri, G.Qo`chqorova musiqasi.
2. «Eh, orzular» P.Tolib she`ri, N.Norxo`jayev musiqasi.
3. «Turkiston farzandimiz» T.Mullaboyev she`ri. D.Omonullayeva musiqasi.
4. «Gulshan diyor - O`zbekiston» Sh.Ramazonov musiqasi, F.Shohismoil she`ri.
5. «Muchal qo`shig`i» S.Barnoyev she`ri, H.Rahimov musiqasi.
6. «Gunafsha» M.Qoriev she`ri, Q. Mamirov musiqasi.
7. «Ozod Vatan - obod Vatan» N.Narzullayev she`ri, T.Olimov musiqasi.
Musiqa savodi
Lad haqida bilim va malakalarini mustahkamlash. Kalit oldidagi alteratsiya belgilari bilan tanishish va belgilarning ahamiyati haqida bilish. Intervallar haqidagi ma`lumotni mustahkamlash. Estrada musiqasining janr va yo`nalishlari haqida umumiy tushunchaga ega bo`lish. Estrada yo`nalishidagi asarlardan kichik parchalarni solfedjio etib kuylash.
|