I. Jismoniy tarbiya ta`limining maqsadi va vazifalari




Download 1,7 Mb.
bet322/434
Sana15.03.2017
Hajmi1,7 Mb.
#158
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   434
I. Jismoniy tarbiya ta`limining maqsadi va vazifalari

O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi qonuniga ko`ra (7-modda) davlat ta`lim standarti davlatning ta`lim sohasida o`z fuqarolari oldidagi va har bir fuqaroning davlat va jamiyat oldidagi majburiyatlarini aks ettiradigan asosiy hujjatlardan biridir.

Ta`lim-tarbiya muassasalarida ta`lim uzluksizligi davomida tegishli saviyani ta`minlovchi Davlat ta`lim standarti har bir shaxsga ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va shaxsiy muammolarni hal etishga to`laqonli kirishish imkoniyatini beradi.

Ta`lim muassasasida jismoniy tarbiya fanining maqsadi-o`quvchilarning sog`ligini saqlash va mustahkamlash, jismoniy sifatlar va imkoniyatlarini rivojlantirish, ularda jismoniy madaniyat asoslarini shakllantirishni kafolatlovchi shart-sharoitlar yaratib berishga majburdir.

Umumiy o`rta ta`lim uchun jismoniy tarbiya fani bo`yicha Davlat ta`lim standarti Jismoniy tarbiya fani mazmuniga, o`quv yuklamasi hajmiga (o`quv rejasidagi o`quv soatlari), majburiy jismoniy tayyorgarlik darajasiga (jismoniy sifatlarning rivojlanishi, harakat, malaka va ko`nikmalarning shakllanishi), kun, hafta, yil davomidagi harakat tartibining majburiy hajmiga; o`quvchilarning nazariy tayyorgarligiga (jismoniy tarbiya, gigiena, shifokor nazorati, sport tibbiyoti, o`z-o`zini nazorat va boshqalar) qo`yiladigan talablar yig`indisini belgilab beradi.

Mazkur standart o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalari, shuningdek, shaxsning asosiy ma`naviy, axloqiy va jismoniy sifatlari doirasini tartibga soladi; o`quv tarbiya jarayonida miqdoriy va sifat jihatdan baho berish tartibi va usullarini ko`rsatadi.

Jismoniy tarbiya ta`limining asosiy vazifalari:

- jismoniy madaniyat ta`limning darajasiga mosligi va barcha uchun barobarligini ta`minlash;

- jismoniy tarbiya mazmunining xalqaro mezonlarga mosligini ta`minlash, jismoniy tarbiya va sport sohasida o`quvchilarni jismoniy imkoniyatlari va bilimlariga ko`ra jahon darajasiga olib chiqish;

- jismoniy tarbiya va ta`lim jarayonini ijtimoiy-davlat yo`li bilan tartibga solish;

- turli yo`nalishlarda jismoniy tarbiya va ta`lim jarayonini nazorat qilish va boshqarish;

- ta`limni insonparvarlashtirish;

- jismoniy tarbiya ta`limi sifatini oshirish.

Jismoniy tarbiya o`quvchilar sog`ligini saqlash va mustahkamlash, asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish, hayotiy zarur harakatlar, malaka va ko`nikmalarni shakllantirish, o`z-o`zini jismoniy takomillashtirish istak va ehtiyojlarini shakllantirish, jismoniy madaniyat sohasida ijobiy qiziqishlarni o`stirish faoliyatida asosiy bo`g`in hisoblanadi.

II. Jismoniy tarbiya fanining tarkibi

Jismoniy tarbiya fani umumiy o`rta ta`limda quyidagilardan tarkib topadi:


Download 1,7 Mb.
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   434




Download 1,7 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I. Jismoniy tarbiya ta`limining maqsadi va vazifalari

Download 1,7 Mb.