Jamoa bo`lib kuylash
1.«Onajonim» Sh.Sa`diy she`ri, Q. Mamirov musiqasi.
2. «Yoshligim» O`zbek xalq qo`shig`i. Sh.Yormatov va D.Omonullayev qayta ishlagan
3.«O`lkamga bahor keldi» T.Niyoz she`ri, Q.Mamirov musiqasi.
4.«Bahor sarvinoz» Q.Mamirov musiqasi, M.Turobova she`ri.
5.«Keng Turkiston» N.Norxo`jayev musiqasi, P.Mo`min she`ri.
6. «Terimda» F.Nazarov musiqasi, U.Rashid she`ri.
7. «Yoshlik yo`llari chaman» K.Kenjayev musiqasi, X.Muhammad she`ri
8. «Ergash qo`shig`i», «Zaynab va Omon» operasi (parchalar)
Musiqiy savodxonlik
Musiqiy tahlil; musiqaning ifoda vositalari; musiqa janrlari, turlari va usullari; musiqa asboblari tarixi va ularning ijrochilari; turli musiqiy usullarga qaysi kuylar mos tushishiga doir topishmoqli-mashg`ulotlar o`tkazish. Olingan bilim va ko`nikmalarni mustahkamlash.
4-CHORAK (8 soat)
Mavzu: “O`zbekistonning musiqa madaniyati”
Musiqa tinglash
O`zbek xalq musiqalaridan, o`zbek bastakor va kompozitorlarining mustaqillik yillarida yaratgan asarlaridan, jiddiy va yengil zamonaviy musiqa namunalaridan, teatr, kino va TV musiqasidan o`qituvchi va o`quvchi ixtiyoriga ko`ra asarlar tinglash.
|