|
Оптималлаштирилган ўқув дастури
|
bet | 321/434 | Sana | 15.03.2017 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #158 |
Jismoniy tarbiya fanidan
Davlat ta`lim standarti
O`quvchilar sog`lomlashtirish va jismoniy tarbiyaga oid quyidagi bilim, ko`nikma va malakalarni egallashlari shart:
- saflanish, yugurish, uzunlikka va balandlikka sakrash, muvozanat saqlash, osilish va tayanish mashqlarini bajara olish;
-
harakatli o`yinlarni va sport o`yinlaridan biror turini o`ynay olish;
- jismoniy tarbiya bo`yicha mustaqil mashg`ulotlar o`tkazish uchun zaruriy bilimga ega bo`lish;
-
o`zini o`zi jismoniy jihatdan nazorat qilishning asosiy ko`nikmalariga ega bo`lish;
-
organizmning asosiy sistemalariga jismoniy mashg`ulotlarni ta`sirini bilish;
-
uzoq davom etadigan yugurishda o`zini o`zi nazorat qilish usullaridan foydalana olish;
- chidamlilikni oshirishga qaratilgan mashqlarni mustaqil bajarish qoidalarini bilish va ularga amal qilish;
-
saflanish mashqlarini bajara olish;
- 100 metrgacha bo`lgan masofaga yugurish, 60-100 metr masofaga bosqich bilan estafetali yugurish, 2 km masofaga noteks joylar bo`ylab, bir me`yorda sekin yugurish mashqlarini bajara olish;
-
yugurib kelib uzunlikka «Oyoq bukish» usulida sakrash mashqini bajara olish;
-
gimnastika, umumrivojlantiruvchi mashqlar va sodda akrobatika mashqlarini bajara olish.
|
| |