4. Umummaktab tadbirlari:
- bayramlar, sport turlari bo`yicha musoboqalar, spartakiadalar, viktorinalar va boshqalar;
5. Mustaqil mashg`ulotlar:
- ko`pincha uy vazifalarini bajarish tarzida, bolalar va o`smirlar sport maktabi sport sho`balaridagi mashg`ulotlar. Safarlar, o`yinlar va boshqalar.
Mashg`ulotlarning barcha shakllari haftasiga boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun 8-10 soat, 5-9 sinf o`quvchilari uchun 10-12 soat harakat tartibini ta`minlab berish kerak.
Belgilangan hajm o`quvchilarning ko`rsatilgan guruhlari uchun yetarli darajada zarur va minimal darajada majburiydir. Nosog`lom, jismoniy rivojlanish va tayyorgarligi past darajali o`quvchilar uchun maxsus (individual-differensial) rejim o`rnatiladi.
III. O`quvchilarning jismoniy tayyorgarligi darajasini belgilovchi bilim, ko`nikma malakalar
|