2-sinf
Bilimlar:
- jismoniy mashqlarni bajarish qoidalarini bilish;
- jismoniy mashqlarning salomatlikni mustahkamlashda, jismoniy sifatlarni rivojlantirishda, qaddi-qomatni to`g`ri shakllantirishga bo`lgan ijobiy ta`sirini bilish;
- maktabda va uyda jismoniy mashqlarni bajarish vaqtida shikastlanishni oldini olish qoidalarini bilish va gimnastik saflanish, qayta saflanish, bir kishilik qatordan ikki, uch, to`rt kishilik qatorga saflanish mashqlarini bajarishni bilish.
Ko`nikmalar:
- har-xil dastlabki holatlardan (tizzaga tayanib, tayanib o`tirib, orqaga o`girilib turgan holatda) buyruq va signallar orqali yugurishlarni bajarish;
- tennis yoki kichik hajmdagi to`pni 6 metr masofadagi, balandligi 3 metr to`siqdan oshirib uloqtirish mashq usullarini bajarish;
- 6 metr masofadan to`pni aniq nishonga uloqtirish mashqlarini bajarish;
- arg`amchida turli sakrash mashqlarini bajarish;
- joyidan turib ikki oyoqlab depsinib sakrashni va yugurib kelib 30 sm rezinkali to`siq ustidan sakrab o`tish;
- futbolchining harakatlanishi, to`g`riga yugurish, signal bo`yicha to`xtash, qarama-qarshi tomonga yugurish, ilon izi bo`lib yugurish mashqlarini bajarish;
- erkin suzish usuli mashq elementlarini bajarish.
|