Ko`nikmalar:
- buyumlar va buyumlarsiz bajariladigan mashqlarni bajarish;
-
6-8 ta mustaqil tuzilgan gimnastik mashqlarni bajarish;
-
saf mashqlarini bajarish, safda har-xil tezlikda yurish hamda burilishlarni bajarish;
-
turnikda tortilish;
-
past startdan yugurishni o`rganish, 200-300 metrga 4-5 marta yugurish. 150 metrgacha yugurish bilan almashlab yugurishni birga qo`shib olib borish, tepalikka va tepalikdan pastga yugurib tushish mashqlarini bajarish;
-
himoya vazifasini har tomondan bajarish, to`pni ilib olish, ko`krakdan uloqtirish, joy almashtirib har tomonlama harakat qilish, to`pni o`ng va chap qo`llarda yerga urib olib yugurish usullarini bajarish;
-
basketbolda himoya vazifasini turli tomonlardan bajarish, to`pni ilib olish, ko`krakdan uloqtirish, joy almashtirib har tomonlama harakat qilish, to`pni o`ng va chap qo`llarda yerga urib olib yurish usullarini bajarish;
-
voleybol to`pini ikki qo`llab pastdan qabul qilish, uzatish usullarini bajarish;
-
voleybol to`pini ikki qo`lda yuqoridan bir-birlariga uzatishda joylarni o`zgartirib mashq bajarish, pastdan bir qo`llab uzatish usulini bajarish;
-
qo`l to`pida 20 metr masofaga to`pni yerga urib olib yugurish (tezlikda) usullarini bajarish;
-
futbol o`yinida, harakatlanish texnikasini to`g`ri bajarish, yugurish, sakrash, yonlanma va chalishtirma qadamlab yugurish mashqlarini bajarish;
- milliy kurash usuli: kurashchilarning turish va siljish holatlari, milliy kurashda ta`qiqlangan harakatlar bo`yicha ma`lumotga ega bo`lish;
- epchillik, chaqqonlik muvozanat saqlash, sakrovchanlik va egiluvchanlik sifatlarini harakatli o`yinlar orqali bajarish;
- suvda va sport inshoatlarida munosabat qoidalarini bilish, suvda burilish va qutidan sakrash mashq usullarini bajarish.
|