Bilimlar:
- jismoniy tarbiyada inson salomatligi, chidamlilik, chaqqonlik, egiluvchanlik hamda tezkorlik jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni va uyga berilgan topshiriqlarni mustaqil bajarishda xavfsizlikni ta`minlash qoidalarini bilish:
- maydon va maysazorlarda o`rta me`yorda 15 minutgacha yugurishlar;
- jarima to`plarini bajarish va o`yinda o`rganilgan usullarni qo`llab o`ynash;
- pastdan to`pni to`g`riga va aniq uzatish, hujumga o`tib to`pni zarba bilan urish (voleybol);
- qo`l to`pida sherigi tomonidan uzatilgan to`pni ushlash va sakrab darvozaga zarb bilan otish;
- qo`l to`pida ikki tomonlama o`yinda qatnashish va o`yin qoidasini bilish;
- kurashda o`quv-mashq bellashuvlarida qatnashish;
- 100 metr masofaga tezlikda har xil usullarda suzishni bilish;
- ritmik va badiiy gimnastika elementlarini 20 minut davomida bajarish (qizlar uchun).
|