|
Оптималлаштирилган ўқув дастури
|
bet | 343/434 | Sana | 15.03.2017 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #158 |
Ko`nikmalar:
- o`qituvchining yordami bilan cho`qqayib tayanish holatidan qo`llarda tik turish holatiga o`tish bilan orqaga o`mboloq oshish mashqini bajarish;
-
past startdan yugurish, 60 metrgacha tez yugurish, 50 metrgacha bosqichlar bo`yicha estafetali yugurish mashqlarini bajarish;
-
yugurib kelib “Oyoqni bukish” usulida uzunlikka sakrash, 10-20 metr masofadan yugurib kelib to`pni (vertikal, gorizontal 2x2 metr hajmdagi to`rtburchakka) uzoqqa va nishonga uloqtirish texnik usullarini bajarish;
-
baketbolda: joyida turib to`p bilan burilishlar, to`pni qabul qilish, uzatish, to`pni yerga urib olib yurish, sakrab to`pni bosh ustidan halqaga tashlash usullarini bajarish;
-
voleybolda: katta qadam bilan o`ngga (chapga) yurib kelib to`xtash, darhol orqaga qaytish, baland kelgan to`pni bir-birlariga turgan joyda sakrab to`r orqali oshirish mashqlarini bajarish;
-
qo`l to`pida: to`pni yashirish, sherik bo`lib uchlikda va o`yin davomida uzatish hamda to`pni qabul qilib olish mashqlarini bajarish;
-
futbolda: dumalab kelayotgan to`pni oyoq yuzasining o`rtasi hamda ichki va tashqi tomonlari bilan tepish, to`pni oyoqning ichki tomoni bilan to`xtatish, to`pni bosh bilan va ko`krakda to`xtatish texnik usullarini bajarish;
-
kurashda: umumrivojlantiruvchi, kuch, egiluvchanlik, chidamlilik sifatlarini rivojlantiruvchi mashqlarini bajarish;
-
suzishda: 150 metr masofaga turli tezlikda har xil usullar bilan suzish mashqlarini bajarish.
|
| |