Jismoniy tarbiya fanidan o`quv dasturi
Uqtirish xati
Ushbu o`quv dasturi hozirgacha amalda qo`llanilib kelgan dasturlarga tanqidiy yondashilib, ularning eng yaxshi jihatlari, ilg`or maktab o`qituvchilarining va boshqa mutaxassislarning ijobiy ish tajribalari e`tiborga olingan holda qayta ishlab chiqildi.
Maktabda haftasiga 2 soat o`tkaziladigan jismoniy tarbiya darsi bola organizmiga to`laqonli jismoniy yuklama berish uchun yetarli emasligini hamda ilmiy tadqiqotlarga ko`ra o`quvchilarning kundalik harakatga bo`lgan fiziologik 45 daqiqali jismoniy tarbiya darsi faqatgina 11 % ni hisobga olgan holda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi 1-4 sinf o`quvchilari bilan qo`shimcha mashg`ulot darslarni o`tkazish uchun maktab ixtiyoridagi soatdan foydalanishga, haftasiga 3 soatgacha, agarda qaerda imkoniyat bo`lsa, 4-5 soatli jismoniy tarbiya soatlarini o`tishga ruxsat etildi.
Respublikamizning urf-odati va milliy an`analariga ko`ra, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, o`quvchilarning jinsiga qarab sinfni ikki guruhga bo`lish masalasi hal etildi. Qiz bolalar bilan (8-9 sinflarda) darsni ayol o`qituvchi olib borishi ma`qul deb topildi.
Jismoniy tarbiya darslarini o`tkazishdan maqsad - bolalarning salomatligini saqlash, ularning jismonan yetuk bo`lib yetishishlari uchun shart-sharoitlar yaratish va mashg`ulotlarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish ko`nikmalarini shakllantirish. Qanday holatda bo`lmasin, barcha imkoniyatlardan foydalanib, jismoniy tarbiya darslarini muntazam tashkil etish, ularda o`quvchilarning faol qatnashishini ta`minlash, organizmiga foydali yuklamalar berish juda muhim.
Shunday qilib, 1-sinfdan 4-sinfgacha maktab dasturidagi bo`limlar bo`yicha o`quv yiliga tavsiya qilinadigan o`quv soatlari quyidagicha bo`ladi.
T/r
|
Dastur bo`limlari
|
Sinflar
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1.
|
Nazariy bilim asoslari
|
Dars jarayordda
|
2
|
Gimnastika
|
16
|
16
|
16
|
14
|
3.
|
Yengil atletika
|
13
|
16
|
16
|
18
|
4.
|
Harakatli va sport o`yinlari elementlari
|
37
|
36
|
36
|
12
|
5.
|
Sport o`yinlari (basketbol, voleybol, qo`l to`pi)
|
-
|
-
|
-
|
12
|
6.
|
Futbol o`yini
|
-
|
-
|
-
|
12
|
7.
|
Kurash
|
-
|
-
|
-
|
-
|
8
|
Suzish
|
-
|
-
|
-
|
-
|
|
Jami
|
66
|
68
|
68
|
68
|
|