1-sinflar uchun Jismoniy tarbiya dasturi bo`yicha yillik soatlar taqsimoti
T/r
|
Dastur
bo`limlari
|
Yil-lik soat
|
I chorak 18soat
|
II chorak 14 soat
|
III chorak
20 soat
|
IV chorak 16 soat
|
IX
|
X
|
XI
|
XII
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
1.
|
Nazariy bilim asoslari
|
DARS JARAYONIDA
|
2.
|
Gimnastika
|
16
|
|
|
|
2
|
4
|
6
|
4
|
|
|
3.
|
Yengil atletika
|
13
|
4
|
3
|
|
|
|
|
|
4
|
2
|
4.
|
Harakatli va sport o`yinlar elementlari
|
37
|
5
|
6
|
6
|
6
|
2
|
2
|
2
|
5
|
3
|
5.
|
Sport o`yinlari (basketbol, voleybol, qo`l to`pi)
|
-
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
6.
|
Futbol o`yini
|
-
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
7.
|
Suzish
|
-
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Jami:
|
66
|
9
|
9
|
6
|
8
|
6
|
8
|
6
|
9
|
5
|
Eslatma: Yuqorida taxminiy taqsimlangan maktabdagi sharoitga qarab soatlarni taqsimlashingiz mumkin.
2-3 sinflar uchun Jismoniy tarbiya dasturi bo`yicha yillik soatlar taqsimoti
T/r
|
Dastur
bo`limlari
|
Yil-lik soat
|
I chorak 18soat
|
II chorak 14 soat
|
III chorak
20 soat
|
IV chorak 16 soat
|
IX
|
X
|
XI
|
XII
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
1.
|
Nazariy bilim asoslari
|
DARS JARAYONIDA
|
2.
|
Gimnastika
|
16
|
|
|
|
2
|
4
|
6
|
4
|
|
|
3.
|
Yengil atletika
|
16
|
5
|
3
|
|
|
|
|
|
5
|
3
|
4.
|
Harakatli va sport o`yinlar elementlari
|
36
|
4
|
6
|
6
|
6
|
2
|
2
|
2
|
4
|
4
|
5.
|
Sport o`yinlari (basketbol, voleybol, qo`l to`pi)
|
-
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
6.
|
Futbol o`yini
|
-
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
7.
|
Kurash
|
-
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
8.
|
Suzish
|
-
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Jami:
|
68
|
9
|
9
|
6
|
8
|
6
|
8
|
6
|
9
|
7
|
4-sinflar uchun Jismoniy tarbiya dasturi bo`yicha yillik soatlar taqsimosti
T/r
|
Dastur
bo`limlari
|
Yillik coat
|
I chorak 18soat
|
II chorak 14 soat
|
III chorak
20 soat
|
IV chorak 16 soat
|
IX
|
X
|
XI
|
XII
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
1.
|
Nazariy bilim asoslari
|
DARS JARAYoNIDA
|
2.
|
Gimnastika
|
14
|
|
|
|
|
5
|
6
|
3
|
|
|
3.
|
Yengil atletika
|
18
|
4
|
4
|
1
|
|
|
|
1
|
5
|
3
|
4.
|
Harakatli va sport o`yinlar elementlari
|
12
|
2
|
2
|
1
|
2
|
1
|
2
|
|
1
|
1
|
5.
|
Sport o`yinlari (basketbol, voleybol, qo`l to`pi)
|
12
|
|
|
4
|
6
|
|
|
1
|
|
1
|
6.
|
Futbol o`yini
|
12
|
3
|
3
|
|
|
|
|
|
3
|
2
|
7.
|
Kurash
|
-
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
8.
|
Suzish
|
-
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Jami:
|
68
|
9
|
9
|
6
|
8
|
6
|
8
|
6
|
9
|
7
|
Futbol o`yini usullari va texnik elementlarini o`rgatishda bolalar bilan mashg`ulotlarni tashkil qilish shakllari katta ahamiyatga ega. Birinchi bosqichda (4-sinf) o`quvchilar bilan ishlashning asosiy metodi guruh bo`lib o`rgatishga qaratiladi. Futbol bo`yicha o`quv darslarida qo`llaniladigan barcha mashqlarni shartli ravishda uch guruhga bo`lish mumkin: maxsus-tayyorgarlik, umumiy tayyorgarlik, musobaqa. Uning yordamida yoshlarni har tomonlama jismoniy rivojlantirish vazifalarini muvaffaqiyatli hal etish mumkin.
O`qituvchi 1-4 sinflarda jismoniy tarbiya darslarida shunday pedagogik vazifani qo`yadiki, bu vazifa harakatli o`yinlar, gimnastik mashqlar va yengil atletikani kompleks qo`llash asosida hal etiladi.
Xalq milliy o`yinlari alohida ahamiyatga ega bo`lib, ular o`quvchilarda asosiy harakat malakalarini shakllantiradi, o`sib kelayotgan yosh avlodni shakllantirishga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Xalq milliy o`yinlaridan samarali foydalanish va ularni tashkil qilish uchun yetarli miqdorda qo`llanmalar bo`lishi kerak.
Shulardan kelib chiqqan holda, o`qituvchilar oldiga quyidagi vazifalarni qo`yish maqsadga muvofiqdir:
— xalq milliy o`yinlari va ulardan foydalanish metodikasiga doir o`zlarining bilim darajalarini oshirish;
— o`quvchilar bilan xalq milliy o`yinlarini o`tkazish va tashkil qilish uchun maktabda zarur sharoitni yaratishga erishish;
— bolalarda xalq milliy o`yinlariga qiziqishni uyg`otish va ularni mustaqil ravishda tashkil qilishni o`rgatish.
Dasturga «Suzish» bo`limi kiritilgan bo`lib, bu bo`limga alohida soat ajratilmagan, biroq maqtabda suzishga sharoit bo`lsa, unga birinchi sinfdan boshlab o`rgatiladi. Soat esa, dasturning asosiy turlari (harakatli o`yinlar, gimnastika, yengil atletika, sport o`yinlari) hisobidan olib boriladi. Mashg`ulot haftasiga ikki marta o`tkaziladi. Suzish darsiga borayotgan o`quvchilarda sovun, mochalka, sochiq, suzish uchun maxsus kiyim bo`lishi kerak. Darsni o`tib bo`lgandan keyin barcha o`quvchilarning hammasi bor yo`qligini tekshirib chiqish kerak.
Suzish turi bo`yicha o`tkaziladigan mashg`ulotga suzishni o`rgatish metodikasini biladigan hamda suvda cho`kishdan saqlab qolish usullarini egallagan mutaxassis jalb qilinishi kerak. Mashg`ulot vaqtida vrach (yoki hamshira) bo`lmog`i, shuningdek, o`quvchi favqulodda jarohatlangan taqdirda birinchi yordam ko`rsatish uchun tibbiy aptechka bo`lmog`i zarur.
Suzish bo`yicha birinchi darslarni quruqliqda o`tqazib, shundan so`ng suvga tushirib, qirg`oqda topshiriq berib o`rgatiladi. Havzaning tozaligi, yechinish xonalarining ozodaligi va gigienik talablarga javob berishi faqatgina o`qituvchi (trener) va tibbiyot xodimlarining nazorat qilib turishlariga bog`liq. Suv havzasi muntazam ravishda xlor aralashmasi va mis kuporosi bilan tozalanib, uning suvi bir-ikki haftada almashtirilib turilishi zarur. Tibbiyot xodimlari tuman sanitariya-epidimologiya stansiyasi xodimlari bilan hamkorlikda suv havzasiga infeksiya tushmasligi uchun belgilangan miqdorda, muntazam suvni tekshirib turishlari lozim. Maktab ma`muriyati esa bu masalada suv havzasi xodimlariga har tomonlama yordam ko`rsatishlari kerak.
Dasturga 1-4 sinflarda milliy raqs elementlari kiritilgan. Bu bo`limga har darsda 10 dan 30 daqiqagacha, sharoitga qarab vaqt ajratilishi kerak.
Masalan: 1-4 sinflarga quyidagi raqs elementlari kiritilgan: "Vohay bola", "Chittigul", "Andijon polkasi", "Lazgi", "Gulnoz", "Sho`x qizlar", "Askariy", "Duloncha" va boshqalar.
Dasturning ushbu bo`limini o`tkazish uchun o`qituvchi, albatta, tayyorgarlik ko`rishi lozim – musiqa kassetaga yozilgan bo`lishi, qizlardan yordamchi (solist) tanlanishi, mashg`ulot paytida o`quvchilar vaqtida rag`batlantirilib, to`g`ri baholanishi zarur.
Yuqorida bayon etilgan dasturning tushuntirish xatidan shu narsa ma`lumki, ya`ni 1-4 sinf o`quvchilarining qanday narsalarga va qanday o`rgatish vazifalarini aniqlab olish zarur.
1-SINF. Bolalarni yakama-yakka bittadan, juft-juft ikkitadan bo`lib, qisqa masofalarga yurish va yugurishlarini aniq bajarishga o`rgatish. Kalta arqonlar, arg`amchilardan sakrashni, baland bo`lmagan to`siqlardan «chuqurcha»ga sakrashni, aniq nishonga uloqtirishni o`rgatish. Turli to`siqlardan, gimnastik o`rindiqdan va shuningdek, devorlarga tirmashib chiqib, oshib o`tishga o`rgatish. Yurish-yugurish, sakrash va uloqtirish mashqlari mujassamlangan harakatli o`yinlarda ishtirok etish. Suvda o`z-o`zini tuta bilishni o`rgatish. Milliy raqs harakatlarini o`rgatish va raqsga tushish. Ertalabki oddiy gimnastik mashqlarni mustaqil bajara olishga o`rgatish.
2-SINF. 20-30 metr masofaga to`g`ri yo`lakdan tez yugurishni; sekin va bir maromda 100-150 metr masofaga hamda yurish va yugurishni 200 metrga; to`pni uzoq va aniq masofalarga uloqtirishni; arg`amchida 30 ga qadar sakrashni, joydan va yugurib kelib uzunlikka sakrashlarni; 25 metr masofaga suzishni; «Andijon polkasi», «Lazgi», «Yalla» musiqalariga raqs tushishni; jamoa hisobida harakatli o`yinlarda qatnashishni bilish va uddalash lozim. Mustaqil ravishda ertalabki gimnastikani bajarish zarur.
3-SINF. Quyidagilarni bajara olishni bilishi kerak: 30-40 metrga yugurish, asta yugurib, me`yoriy tezlikda 200 metr masofali bo`limlarda (100-200 metr yurib-yugurib) 2-3 marta bajarish, sakrash chuqurchasini chetidan yugurib kelib depsinib uzunlikka sakrash; tepaliqdan (50-60 sm) sakrab tushishlar, to`pni uzoqqa va aniq nishonga joydan turib uloqtirish; arg`amchida 60-80 marta sakrash; harakatli o`yinlarda sinf bilan qatnashish, o`yin qoidalari asosini bilish; erkin holatda 25-50 metrga suvdan suzib o`tish; milliy raqslarning asosiy harakatlarini bilish; «Gulnoz», «Sho`x qizlar», «Lazgi», «Yalla», «Qari navo», «Paxtaoy» va hokazo. Ertalabki gigienik gimnastikani bajarish.
4-SINF. Jismoniy tarbiya dasrlarida o`z-o`zini muhofaza qilish qoidalarini bilish barobarida quyidagilarni bajarishi lozim:
— to`g`ri yo`lakdan chaqqon yugurishni, guruh bilan birga 60 metrli masofaga yugurishni, sekin-asta yugurib 200 metrli masofani 3-4 marta (dam olib) me`yorli tezlikda yugurishni, uzunlikka va balandlikka yugurib kelib sakrashni, to`pni uzoq masofaga aniq nishonga 3-4 qadam tashlab uloqtirishni, mokisimon yugurishda berilgan topshiriqni bajarishni, to`pni ilib olib uloqtirishni, to`p bilan harakatlanishni, futbol va sport o`yinlari elementlarining soddalashgan elementlarini almashtirib bajarishni, harakatli o`yinlarni jamoa ishtirokida ona boshi yoki sardor sifatida bajarishni, ertalabki majmuali gimnastikani bajarishni.
1-SINF
Jismoniy tarbiya 66 soat
(haftasiga 2 soat)
GIMNASTIKA
1-usul. Buyumlarsiz mashqlar: asosan beriladigan mashqlar qomatni to`g`ri shakllantirish, qo`llarni har tomonga ko`tarish, gavdani oldinga, orqaga, yonga egish; oyoqlarda o`tirib turish va oyoqlar uchida sakrash.
2-usul. Buyumlar bilan mashqlar: gimnastik tayoqchalar, arg`amchilar, bayroqchalar, katta va kichik to`plar bilan gimnastik narvonlar oldida bajariladi.
Tirmashib chiqish, osilish va tayanishlar.
1. Tirmashib chiqish:
a) gimnastik narvon qiya qo`yilgan gimnastik o`rindiq ustida yuqoriga tirmashib chiqish va pastga tushish (tizzalarda turib chiqish).
b) yonga oyoq-qo`llar yordamida gimnastik narvonga tayangan holda chiqish va pastga tushish.
s) arqonga yoki uzun tayoqqa erkin usulda tirmashib chiqish.
2. Osilish:
a) gimnastik narvonda o`tirib, qo`llarda osilib turish;
b) osilib turib, tizzalarni bukib ko`tarish.
s) past turnikka bir oyoqda, ikki oyoqda osilib turish.
3. Tayanish.
Gimnastik o`rindiq ustida, qo`llarga tayanib, gavdani oldinga egib, oyoqlarni orqaga ko`tarish.
Tayanib sakrash.
-
Turgan joyda yuqoriga qayishib sakrash, pastga yumshoq tushib to`xtash.
-
Gimnastik o`rindiq ustidan pastga, to`shakka sakrab tushish.
3. O`rindiqdan tayanib sakrab o`tish.
Muvozanat saqlash.
Gimnastika o`rindig`i, yakka cho`p ustida mashqlar bajarish: oyoq uchida qo`l holatlarini o`zgartirib yurishlar, 180° ga burilish va pastga sakrab tushish, turgan joydan yuqoriga sakrab oyoq uchida yumshoq tushish.
Sport zalidagi 5 ta to`siqlardan o`tish.
1 .Uzunasiga qo`yilgan 2 ta gimnastika to`shagi ustida chalqancha yotib, qo`llarni yuqoriga uzatgan holda yonga qorinda yumalab turish.
2. Gimnastik o`rindiq usti (reykasi)dan qo`llarni yonga uzatib yurib o`tish.
-
Qorinda yotgan holda gimnastik o`rindig`ida siljish.
-
Uzunasiga qo`yilgan 3 ta gimnastik to`shak ustida yotib oldinga qo`l va oyoq bilan emaklab yurish.
5. Gimnastika narvoniga qo`l va oyoqlar yordamida tirmashib chiqib, gimnastik to`shak ustiga sakrab tushish.
Quvnoq o`yinlar.
"Kim kuchli?", "Kim chaqqon?", "Kim tez o`raydi" gimnastik gardishlar, to`ldirma to`p va boshqa sport anjomlari bilan estafetalar.
O`quvchilarga qo`yilgan talablar:
1. Turgan joyda «O`ngga!» va «Chapga!» burilish.
2. Yoqoriga sakrab, pastga yumshoqgina tushish.
3. Turnikda 2-3 marta tortilish; qo`llarga tayanib, 5- 6 marta qo`llarni bukish va yozish.
4. Gimnastika qoidalariga rioya qilib mashq bajarish.
O`quv mezonlari:
T/r
|
Sinov mashqlari
|
Natijalari va ballar
|
O`g`il bolalar
|
Qiz bolalar
|
«5»
|
«4»
|
«3»
|
«2»
|
«1»
|
«5»
|
«4»
|
«3»
|
«2»
|
«1»
|
1.
|
Past turnikda tortilish (marta)
|
3
|
2
|
1
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
2.
|
Arg`amchida sakrash
30 soniyada (marta)
|
20
|
15
|
10
|
8
|
5
|
25
|
20
|
15
|
10
|
8
|
3.
|
Gardishni 1 daqiqagacha belda aylantirish. (marta)
|
15
|
12
|
10
|
8
|
5
|
30
|
20
|
10
|
8
|
6
|
4.
|
Turgan joydan uzunlikka sakrash (sm)
|
140
|
100
|
80
|
70
|
60
|
110
|
90
|
70
|
60
|
50
|
5.
|
Qo`llarga tayanib yotish va cho`qqayib o`tirish (marta)
10 soniya ichida (marta)
|
6
|
4
|
3
|
2
|
1
|
4
|
3
|
2
|
1
|
-
|
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. Ertalabki gigienik gimnastika mashqlaridan 4-5 tasini qaytarish.
2. Oyoq uchida sakrash (arg`amchida).
3. 20-30 metrga 2-3 marta yugurish, 200-300 metrga yugurish.
4. Osilish, tayanish mashqlarini har xil usulda bajarish.
YENGIL ATLETIKA
Darslarda jismoniy mashqlarni bajarishning gigienik qoidalari.
Kishi salomatligi uchun ochiq havoda mashqlar bajarishning ahamiyati. Tabiatning sog`lomlashtiruvchi (ekologik) omillari, odam organizmiga ta`siri.
O`quvchilarni sport maydonida, zalida o`zini tutish (yurish-turish) qoidalari.
O`quv mezonlari:
1. 30 metrga yugurish:
- o`g`il bolalar - 6,3-6,8-7,3 soniya;
- qiz bolalar - 6,5-7,0-7,5 soniya.
2. Turgan joydan uzunlikka sakrash:
- o`g`il bolalar – 120-100-80 sm;
- qiz bolalar -110 - 90 - 70 sm.
3. To`pni nishonga uloqtirish (6 metr masofadan 5 imkoniyatda):
- o`g`il bolalar - 3-2-1 tekkizish;
- qiz bolalar -3-2-1 tekkizish.
4. 3x10 metrga mokisimon yugurish:
- O`g`il bolalar - 9,5 - 10,0 - 10,8 soniya;
- qiz bolalar -10,0-10,5 - 11,2 soniya.
HARAKATLI O`YINLAR
O`quvchilarga qo`yiladigan talablar:
O`yin boshlanishida diqqat berib, o`yin mazmunini anglab olish va o`yin vaqtida bir-biroviga yordam berish. O`yinchilar o`qituvchining qo`rsatmalariga va sardor boshining qoidalariga rioya qilishlari, o`yin boshlanishida o`z joylarini aniq egallashlari, xushtak berilishi bilan o`yinni to`xtatishga rioya qilishlari va hokazo.
"Charxpalak", "Hamma tezda o`z joyiga", "Danak", "Oyog`ingni ho`l qilma", "Bir qatorga saflaning!", "Kim ko`p yong`oq yig`ish", "To`pli estafeta", "Sakragichli estafeta", "Yashiringanni topish", "Nishonga aniq ot", "Bekinmachoq", "Kim uzoqqa uloqtiradi", "Topishmoq", "Tortishmachoq", "Chamalash", "Qoch bolam, qor keldi", "Qovun polizdan", "O`rta barmoqni top", "Chopon", "Qopqon", "Qirq tosh", "Zag`izg`on", "Olib qochar", "Jambul", "Besh tosh", "Pat", "Qizil bayroq", "Kartoshka ekish", "Qo`ng`iroqcha", "Sakra bodom chumchuqlar", "Keladi-ketadi", "Oq terakmi, ko`k terak", "Echki bolalari", "Bo`yoq sotuvchi", "Hurmacha bog`i", "Quruvchilar", "Kosmonavtlar" va boshqa harakatli o`yinlar orqali chaqqonlik, tezkorlik, umumiy chidamlilikni rivojlantirish hamda sezgirlik va xotira fazilatlarini tarbiyalash.
RAQS ELEMENTLARI
"Andijon polkasi"da qo`l va oyoq harakatlarini bajarish. Raqs jarayonida qo`l va oyoq harakat elementlarini o`rgatish. Musiqa jo`rligida xalq raqsiga mos elementlarni bajarish. "Chittigul", "Chertmak", "O`rdaklar raqsi", "Vals qadamlari".
SUZISH
Suvga botish (suv ostiga tushish), suvga tushish va nafas olish, qutidan sakrash. Oldin quruqlikda, so`ng suvda erkin suzish usulida qo`l va oyoq harakatlari. Narsalar orasidan bolalar velosipedida uchishlar. Badminton, «Laylak va qurbaqalar», «Dengiz jangi».
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. Arg`amchilarda turli sakrashlar.
2. Mustaqil bajarish uchun 2-3 mashq tuzish.
3. «Sehrli nuqtalar»ni bilish va qo`llash.
2-SINF
Jismoniy tarbiya
68 soat (haftasiga 2 soat)
GIMNASTIKA
Umumrivojlantiruvchi mashqlar.
Qomatni to`g`ri shakllantirish uchun qo`l, oyoq mashqlarini bajarishda turli holatlarni to`g`ri bajarish. Caf mashqlarini bajarish. Mashqlar majmuasini buyumsiz va buyumlar bilan bajarish. Gimnastik narvon yonida, gimnastik tayoqchalar, arg`amchilar, qichik to`plar, qum solingan xaltachalar bilan mashq bajarish.
AKROBATIKA
G`ujanak bo`lib o`tirish, oldinga o`mbaloq oshish, kuraklarda tik turish, yon tomonga o`mbaloq oshish, «ko`prik» hosil qilish, qorin bilan yotgan holda ikki oyoq uchini qo`l bilan ushlab, kerishish. Bir oyoqda turib, qo`llarni yonga uzatib muvozanatni saqlash, «qaldirg`och», yarim shpagat turish.
Muvozanat saqlash mashqlari.
Yakka cho`p va gimnastik o`rindiq ustida oyoq uchida yurish, 180° ga burilib yonboshlab qadamlab yurish, qo`yilgan to`plar ustidan xatlab yurish, sakrab tushish.
Boshga qumli xaltacha qo`yib, qo`llarni yonga uzatib o`rindiq ustidan yurish.
Gimnastik sakrash mashqlari.
Turgan joyda 30 sm balandlikdagi o`rindiq ustidan pastga yumshoqgina sakrab tushish. Gimnastik ko`prikcha ustidan oyoq uchida tizzalarni bukmasdan sakrash, 2-3 metr naridan qadamlab kelib, ko`prikcha ustidan yuqoriga sakrash va to`shakka yumshoq kelib tushish.
Sport zalida 5 tadan iborat to`siqlardan o`tish mashqlari.
1-sinfda ko`rsatilgan 5 to`siqdan o`tish mashqlarini takrorlash.
Quvnoq o`yinlar.
AKROBATIKA mashqlari elementlari bilan estafeta o`tkazish.
Arg`amchi va gardishlar bilan "Mashqni ko`r, eslab qol va bajar", "Man qilingan harakat". O`qituvchi ko`rsatgan 8-10-12- mashqlarni bajarish.
O`quvchilarga qo`yiladigan talablar:
1. Dars vaqtida olgan bilim va egallagan malakalarini, uyga bergan vazifalarini, ertalabki gimnastika mashqlarini bajara olish.
2. Arg`amchi bilan sakrash.
O`quv mezonlari:
T/r
|
Sinov mashqlari
|
Natijalari va ballar
|
O`g`il bolalar
|
Qiz bolalar
|
«5»
|
«4»
|
«3»
|
«2»
|
«1»
|
«5»
|
«4»
|
«3»
|
«2»
|
«1»
|
1.
|
Past turnikda tortilish (marta)
|
4
|
3
|
2
|
1
|
0
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
2.
|
Arg`amchida sakrash
1 daqiqada (marta)
|
40
|
30
|
20
|
10
|
7
|
50
|
40
|
30
|
20
|
10
|
3.
|
Gardishlarni 1 daqiqagacha belda aylantirish (marta)
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
40
|
30
|
20
|
12
|
8
|
4.
|
Turgan joydan uzunlikka sakrash (sm)
|
150
|
120
|
100
|
90
|
80
|
120
|
100
|
90
|
80
|
70
|
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. Baland turnikda tortilish (2-3 marta).
2. Turgan joyda balandga sakrash va yumshoqgina tushish.
3. Har kuni ertalabki gimnastika mashqini qaytarish.
4. 15-20 metrga tezlanib yugurish.
YENGIL ATLETIKA
Nazariy ma`lumotlar:
Jismoniy mashqlarning salomatlikni mustahkamlashga, jismoniy sifatlarni rivojlntirishga, qaddi-qomatni yaxshilashga, ish qobiliyatini oshirishga ta`siri. Yurish va yugurishda nafas olish. 2-sinf o`quvchilarining kun tartibi, ovqatlanish va unga qo`yiladigan talablar. Yengil atletika mashg`ulotlarida o`zini tutish (yurish-turish) qoidalari.
O`quvchilarga qo`yilgan talablar:
Yengil atletika mashg`ulotlarida o`zini tutish qoidalarini bilishi. Yuqori startdan yugurishni bilish. To`ppa-to`g`ri tez yugurishni bilish. 30 metrga yugurishda o`zining natijasini bilish. 3 daqiqa davomida bir me`yorda va asta-sekin yugurishni bilish. To`pni uzoq masofaga uloqtirishni bilish.
O`quv mezonlari:
1. 30 metrga yugurish:
- o`g`il bolalar - 6,0 - 6,5 - 7,0 soniya;
- qiz bolalar - 6,3 - 6,8 - 7,3 soniya.
2. 1000 metrga yugurish - vaqti hisobga olinmagan.
3. To`pni uzoqqa va nishonga uloqtirish (6 metr masofadan 5 imkoniyatda):
- O`g`il bolalar - 20 - 17 - 13 metrdan 4 - 3 - 1 marta tekkizish;
- qiz bolalar - 15 - 12 - 8 metrdan 4 - 2 - 1 marta tekkzish.
4. Turgan joydan uzunlikka sakrash:
- O`g`il bolalar - 130 - 120 - 110 sm;
- qiz bolalar -120 - 110 - 80 sm.
5. Yugurib kelib uzunlikka sakrash:
- O`g`il bolalar - 230-200-170 sm;
- qiz bolalar - 200-190-150 sm.
6. 3x10 metrga mokisimon yugurish:
- O`g`il bolalar - 9,1-9,8-10,4 soniya;
- qiz bolalar - 9,6-10,4-11,0 soniya.
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. Ertalabki gigienik gimnastika mashqlarini bajarish (mashq maktabda jismoniy tarbiya darsida o`tkaziladi).
2. 6 -7 daqiqa davomida asta-sekin yugurish.
3. Sonni va tizzani baland ko`tarish bilan yugurish (turgan joyda), 2x10 marta.
4. To`pni devorga to`g`ri uloqtirish - 10- 15 marta.
5. To`xtamasdan 2x10 dan 20 marta sakrash.
6. Tayanib cho`qqayib o`tirish, qo`lga tayanib yotish va turish, 7- 10 marta.
7. Turgan joydan uzunlikka sakrash - 10 martagacha.
8. Arg`amchi bilan sakrash (ikki oyoqda) - 50 martagacha sakrash.
HARAKATLI O`YINLAR
Nazariy ma`lumotlar:
Harakatli o`yinlarning bolalar organizmiga ta`siri, ularning sog`lom jismoniy rivojlanishida, chiniqishida, qaddi-qomatini tiklanishida, harakat faoliyatining o`sishi, ishchanlik hamda jismoniy ko`nikma, malaka va sifatlarining rivojlanishi; harakatli o`yinlarning tarbiya va ta`lim jarayonidagi roli, o`yin qoidalari va ularga rioya qilish, o`qituvchi hamda ona boshiga ko`maklashish.
O`quvchilarga qo`yiladigan talablar:
Harakatli o`yinlarning tartib - qoidalarini bilish; to`plar, arg`amchi, zambarak va boshqa jihozlarni to`g`ri va aniq ishlata bilish.
"Sinfdaman!", "Boy o`g`li", "Topchi, kimning ovozi", "Bolalarda tartib qat`iy", "Tez joyingizga!", "Oq ayiqlar", "Tezda saflan!", "Qutqar", "Insiz quyon", "Nina, ip va tuguncha", "Charxpalak", "Karnaymi, surnaymi?", "Kim uzoqqa otadi?", "Tulkilar va na`matak", "Qurbaqa va laylak", "Mergan ovchi", "Musiqaga jo`r bo`lib yurish", "Botqoqliqdan o`tish", "Ovchilar", "Qirq tosh", "Qafasdagi qushlar", "Pohta-pochta", "Do`ngdan-do`ngga sakrash", "Meni qutqar!", "Signalga quloq sol!", "Uh chopar ot", "Kim kiyadi?", "Hushyor posbon", "Tulki", "Durra", "Olib qochar", "To`pni boshdan oshirib uzat", "To`pni oyoqlar orasidan uzatish", "Bo`sh joy", "Joyga tez qaytish", "G`ozlar va oqqushlar", "Ikki tovuq", "Yo`lakchalar ustidan sakrash", "Masofani kim sakrab o`tadi?", "Man qilingan mashq", "Simsiz telefon", "Beshtosh" va boshqa o`yinlar ishtirokida (1-sinfdagi) harakat sifatlari va fazilatlarni tarbiyalash va rivojlantirish.
RAQS ELEMENTLARI
Milliy musiqa ritmlarini ijro etish: «Andijon polkasi», «Lazgi», «Qadamlarda sakrab oldinga va o`ng tomonlarga yurish». Qo`l va oyoq harakatlarini musiqaga moslab borish. Ritmik gimnastika elementlari va aerobika: «Vals», «Polka qadamlari», «O`rdakchalar raqsi».
SUZISH
Erkin suzish usuli elementlarini o`rganish. 25 metrga erkin usulda suzish. «Laylak va qurbaqalar», «Baliqchi va baliqlar», «To`pli quvlashmachoq», «Dengizchi».
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. Arg`amchida turli sakrashlar.
2. 3-4 mashqni uyda mustaqil bajarish.
3. «Sehrli nuqtalar» ni bilish va qo`llash.
3-SINF
Jismoniy tarbiya 68 soat
(haftasiga 2 soat)
GIMNASTIKA
Nazariy ma`lumotlar:
1. Jismoniy mashqlarning inson sog`ligini mustahkamlashda, qomatining to`g`ri rivojlanishida, jismoniy ish qobiliyatlariga ta`siri.
2. Inson mushaklarini bo`shashtirilishining ahamiyati.
3. Har xil nojo`ya harakatlardan shikastlanishning oldini olish usullari.
Qomatni rostlaydigan, ertalabki badan tarbiya mashqlari majmuasini bajarishga, to`ldirma to`plar bilan (1,5-2 kg) mashq bajarishga o`rgatish. Boshni chap va o`ng tomonlarga aylantirish. Gavdani (chapga, oldinga, orqaga, o`ngga) har xil tomonga egish.
AKROBATIKA
Har xil dastlabki holatlardan oldinga o`mbaloq oshishlarni, g`ujanak bo`lib o`tirgan holatdan orqaga dumalash, oldinga dumalab dastlabki holatga qaytishni, sidirg`asiga 2-3 marta o`mbaloq oshishni o`rgatish.
Dastlabki holat asosiy turish, to`xtamasdan ikki marta oldinga o`mbaloq oshishi, orqaga dumalash bilan kuraklarda tik turish, shu holatda oyoqlarni bukish, birdaniga «ko`prik» hosil qilish va bir qo`lda tayanib, yondan orqaga burilish bilan cho`qqayib tayanishga o`tish va gavdani to`g`rilab yuqoriga sakrab, yumshoq qo`nish.
Tirmashib chiqish va oshib otish mashqlari:
Qiya joylashtirilgan gimnastika o`rindig`i ustidan qo`llarda tortilib tirmashib chiqishda qo`l kuchini rivojlantirish, arqonga 3 usulda tirmashib chiqishni o`rgatish. Gimnastik narvonga orqa bilan qo`llarda osilib 30 soniya mobaynida turish. Qo`llarda osilib, tizzalarni yuqoriga ko`tarish. Baland turnikda tortilish (o`g`il bolalar), gimnastika o`rindig`ida tayanib, qo`llarni bukish va yozish (qiz bolalar).
Muvozanatni saqlash mashqlari:
1 metr balandlikdagi yakka cho`p ustida yoki gimnastik o`rindiq ustida oyoq uchida yurish, yonboshlab qadam tashlab yurish, 180° cho`qqayib o`tirish, saokrab tushish. Yurib, o`rindiq o`rtasida «qaldirg`och» hosil qilish.
Tayanib sakrash mashqlari:
O`g`il bolalar - balandligi 90 sm «xari» ustiga sakrab chiqish va yuqoriga kerilib yumshoq sakrab tushish; oyoqlarni yozib sakrash. «Kozyol» (xari) ustiga tayanib, sakrab chiqish va yumshoq kerilib tushish.
Qiz bolalar - balandligi 80-90 sm «ot» ga qo`llarga tayanib chiqish va yuqoridan qerilib yumshoq sakrab tushish.
Sport zalida 5 to`siqdan iborat to`siqlardan o`tish mashqlari:
1. Uzunasiga qo`yilgan gimnastik to`shakda 2 marta oldinga o`mbaloq oshish.
2. 60 sm balandlikdagi eniga turgan «xari» ustiga tizzalar bilan chiqib, gimnastik to`shak ustiga sakrab tushish.
3. 60-70 sm balandlikdagi yakka cho`p ustiga chiqib, qo`llarni yonga uzatib, oxiriga borish va to`shak ustiga sakrab tushish.
4. 3 ta gimnastik to`shakni uzunasiga qo`yib, 35-40 sm balandlikda har bir to`shakni o`rtasidan ikki yon tomonga arqoncha (rezinka) bilan tortib qo`yish va rezinkalarga tegmasdan emaklab o`tish.
4. 5-7 metr oraliqda kichik to`pni belgilangan doira shaklidagi nuqtaga uloqtirish (bu mashqni eni 80 smli va uzunasi 2 metrli chuqur ichidagi gimnastik to`shakka sakrab tushish bilan almashtirish mumkin).
QUVNOQ O`YINLAR VA ESTAFETALAR
1. 3-4 ta o`rgatilgan akrobatika mashqlaridan o`quvchilar xohishiga qarab o`yin va estafeta otkazish.
2. «Bosh joy», to`plarni qo`lda urib olib yurish va ma`lum joyga tashlash estafetasini o`tkazish. 3-sinfda yurish, burilish mashqlarini bilish.
3. Ertalabki gimnastika mashqlar majmuasini bilish.
-
Safda yurish, burilish mashqlarini bilish.
-
Yugurish, sakrash va turli to`siqlardan o`tishda turli estafetali o`yinlarni bilish.
-
Akrobatikadan o`quv kombinatsiyasini bilish.
O`quv mezonlari
|