• Ko`nikmalar
  • Оптималлаштирилган ўқув дастури




    Download 1,7 Mb.
    bet345/434
    Sana15.03.2017
    Hajmi1,7 Mb.
    #158
    1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   434
    Bilimlar:

    - maktab dasturi bo`yicha o`tkaziladigan musobaqa qoidalarini, hakamlikni bilish;

    - estafeta bosqichlarida bir tekis tezlikda yugurish, 60, 100 va 1000, 1500 metr masofalarga yugurishni bilish;

    - kurash bo`yicha o`quv-mashq bellashuvlarida ishtirok etish;

    - basketbolda: himoyaning zona va shaxsiy harakatlanish turlarini bilish (2x3, 3x2, 2x1x2 1x2x2);

    - suzishda 50-100 metr masofaga qatnashib, o`quv me`yorlarining natijasini topshirish;



    - guruh bo`lib turnik va badiy gimnastikadan chiqishlar uyushtirish.

    Ko`nikmalar:

    • saf mashqlarida: ketma-ket qatorda turgan joyida yurishdan oldinga yurishga o`tish, shuning o`zini guruh bo`lib bajarish, bo`lib-bo`lib (10 kishi) bajarish;

    • 30-100 metrgacha bo`laklarda qisqa masofadan yugurish, burilib turib yugurish usullarini bajarish;

    • to`g`riga harakatlanib va burilish bo`yicha yugurishda estafeta tayoqchasini uzatish usullarini bajarish;

    • basketbolda: himoyada faol harakat qilish, to`pni yaqin va o`rta masofadan sakrab savatga tashlash (o`g`il bolalar);

    • joyida turib hamda o`rta masofadan to`pni halqaga tashlash texnikasini bajarish (qiz bolalar);

    • qo`l to`pida: joyni almashtirib to`pni uzatish, “8” bo`lib hujumda harakat qilish, zona bo`lib himoya qilish texnikalarini bajarish;

    • voleybolda: to`r ustida sakrab yon tomondan orqa bilan uzatishlarni, to`rga tegib qaytgan to`pni qabul qilish va uzatish, to`pni sakrab turib uzatish mashq usullarini bajarish;

    • kurashda: harakat sifatlarini rivojlantirish uchun beriladigan mashqlarni bajarish;

    • suzishda: 200 metrli masofaga har xil tezlikda va turli usullarda suzib o`tish.

    Malakalar:

    • 5 metrli arqonga qo`llar yordamida tirmashib chiqish (vaqtga qarab), mashqni 90° burchak hosil qilib bajara olish;

    • muvozanat saqlash mashqlarini bajara olish;

    • qo`shpoyada (brus) tayanch holatda tebranishdan, orqaga tebranish bilan o`ng va chap tomondan sakrab qo`nish (tushish) usullarini bajara olish;

    • qo`shpoyada tayangan holatda qo`llarda siljish, qo`llarni bukib-yozish;

    • 4x100 metrga bosqichli estafeta yugurishni, 600-800 metr masofaga uch martadan (100 metr oralig`ida) yurish va yugurish bilan almashib harakat mashqlarini bajara olish;

    • 10 metr kenglikdagi yo`lakcha bo`ylab to`liq yugurib kelib, to`pni uzoqqa uloqtira olish;

    - yengil atletika bo`yicha mezonlarni topshirish;

    • basketbolda: o`yin elementlariga xos har xil mashq usullarini bajara olish;

    • qo`l to`pida: aralash himoya, asta-sekin hujum qilish, o`yin texnik va taktik usullarini bajara olish;

    • voleybolda: maydonning 4 va 2-zonasidan hujumga o`tib to`pni zarb bilan urish, to`pni yuqoridan raqib tomonga uloqtirish, to`r yonida tepadan kelayotgan to`pga to`siq qo`yish texnik usullarini bajara olish;

    • o`rganilgan mashqlarni o`yin davomida qo`llay olish va o`yinga hakamlik qila olish;

    - futbol bo`yicha o`yin mashqlarini va mezon talablarini bajarish;

    • kurashda: milliy kurash usulida qo`llar bilan qo`lidan ushlab yelkadan tashlash, himoyalanish, qarshi usul, ikki oyog`ining oldidan oyoq yordamida ko`tarib tashlash, yenglaridan ushlab, yelkadan oshirib tashlash texnik usullarini bajara olish;

    • belbog`li kurash usulida yonbosh, himoyalanish, qarshi harakat va taktik tayyorgarlik usullarini bajara olish;

    • raqs elementlarida: tasma, (uzunligi 5 metr) har xil yo`nalishda, yuqoriga pastga, orqaga, chapga, o`ngga, ilon izi, tik va yonbosh, turli balandlikda va burama (spiral) usullarni bajara olish;

    - 50-100 metr masofaga suzish.



    Download 1,7 Mb.
    1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   434




    Download 1,7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Оптималлаштирилган ўқув дастури

    Download 1,7 Mb.